U massadan atom og’irlikka o’tdi, ya’ni atom og’irlikni elementlarning massalarini ifodalovchi kattalik deb oldi.Hamma elementlarning atom og’irliklarini ortib borishi tartibida bir qatorga terdi. Bunda u ko’pgina qiyinchiliklarga duch keldi.Chunki o’sha paytda ko’pgina elementlar hali kashf etilmagan va ma’lum elementlardan ba’zilarining atom og’irliklari to’g’ri aniqlanmagan edi. - U massadan atom og’irlikka o’tdi, ya’ni atom og’irlikni elementlarning massalarini ifodalovchi kattalik deb oldi.Hamma elementlarning atom og’irliklarini ortib borishi tartibida bir qatorga terdi. Bunda u ko’pgina qiyinchiliklarga duch keldi.Chunki o’sha paytda ko’pgina elementlar hali kashf etilmagan va ma’lum elementlardan ba’zilarining atom og’irliklari to’g’ri aniqlanmagan edi.
- D.I.Mendeleyev mantiqiy xulosa yuritib barcha qiyinchiliklarni yengdi va elementlarning atom og’irliklarini ortib borish tartibida bir qatorga terib, bu qatorda ma’lum intervallarda ba’zi elementlarning xossalarini takrorlanishini,ya’ni elementlarning xossalaridagi davriylikni topdi hamda elemenlarni davrlarga bo’ldi. D.I.Mendeleyev elementlarning birikmalar hosil qilish xususiyatini, valentliklarini, birikmalarning shakli hamda xossalarini tekshirdi va hamma elementlarning xossalaridagi davriylikni kashf etdi,uni davriy qonun deb atadi.
D.I.Mendeleyev elementlarning xossalari birikmalarining shakli va xossalari atom o’girliklari bilan davriy bog’liqdir, deb ta’rifladi va bu qonun asosida kimyoviy elementlar davriy sistemasini tuzdi.Shunday qilib, D.I.Mendeleyev elementlarning massasini asos qilib oldi va elementlarning xossalari, o’xshashliklari,atom og’irliklari orasidagi bog’liqlikni ochib berdi. - D.I.Mendeleyev elementlarning xossalari birikmalarining shakli va xossalari atom o’girliklari bilan davriy bog’liqdir, deb ta’rifladi va bu qonun asosida kimyoviy elementlar davriy sistemasini tuzdi.Shunday qilib, D.I.Mendeleyev elementlarning massasini asos qilib oldi va elementlarning xossalari, o’xshashliklari,atom og’irliklari orasidagi bog’liqlikni ochib berdi.
- D.I.Mendeleyev davriy sistemani tuzgan vaqtida faqat 63 ta element ma’lum edi, shuning uchun u davriy jadvalda noma’lum elementlarga bo’sh kataklarni qoldirdi. Hozirgi kunda bu elementlar topilib jadvaldagi o’z o’rniga joylashtirilgan. Elementlar davriy sistemasi davriy qonunning grafik ifodasidir. Davriy sistemada 1-o’rinda eng yengil element vodorod turadi, uning atom massasi 1,0079, shu sababli uning tartib raqami 1 dir. 2-o’rinda esa geliy uning atom massasi 4,003, 3-o’rinda litiy, atom massasi 6,941.Vodorod va geliy I-davrni tashkil qiladi, litiydan neongacha bo’lgan elementlar esa 2-davrni , natriydan argongacha bo’lgan elementlar 3- davrni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |