2-ma’ruza. Ilm fan va uning tasnifiy belgilari. Ilmiy izlanishning tuzilmasi



Download 281,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana05.05.2023
Hajmi281,95 Kb.
#935283
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-маъруза (1)

Ko‘chirmalar
- ma’lumotlarning alohida qismlari (bo‘limlar, boblar, 
paragraflar, sahifalar) bo‘yicha qisqacha (to‘liq) mazmuni. Ko‘chirmalarning 
bahosi juda yuqori. Ular matnni to‘liq konspekt qilishni almashtirishi mumkin


ularning qisqartirib yozilishi kichik hajmda ko‘p miqdorda ma’lumot to‘plash 
imkonini beradi. Muvaffaqiyatli qilingan ko‘chirma ilmiy xodimning keyingi 
ijodiy faoliyati uchun asos bo‘lishi mumkin. 
Annotatsiya
- manbaning qisqacha mazmuni. Annotatsiyalar ko‘rilayotgan 
hujjat haqida umumiy ma’lumot beradi. Ular o‘rganilayotgan mavzuning turli 
masalalari bo‘yicha alohida kartalarda to‘plash uchun qulaydir. Annotatsiyalar 
yordamida matnni xotirada tezda tiklash mumkin. 
Konspektlar
- axborot mazmunining batafsil ifodalanishi. Konspektlarni 
tuzishning asosiy jihati – o‘rganilayotgan mavzuga nisbatan eng muhim 
tomonlarini ajratishdir. Konspektlar mazmunli, to‘liq va iloji boricha qisqa bo‘lishi 
kerak. Yozuvning to‘liqligi uning hajmi bilan emas, berilgan ma’lumot uchun 
muhim bo‘lgan barcha qismlarning to‘liqligi bilan belgilanadi. 
Konspekt qisqa bo‘lishi uchun matnni o‘z kuchi bilan tuzish kerak, bu esa 
o‘qilgan matnni tushunishni, tahlil qilishni talab qiladi va tadqiqotchiga katta foyda 
keltiradi. Konspekt yozishda uning ma’nosini yo‘qotmagan holda so‘zlarning 
qisqartirilishidan foydalansa bo‘ladi. Bu holda bir nechta so‘zlarni ketma-ket 
qisqartirish tavsiya etilmaydi. Qisqartirilgan matnda barcha tinish belgilarini 
saqlab qo‘yish kerak. Har bir tadqiqotchi o‘z qisqartirish lug‘atiga ega bo‘lish juda 
samarali. 
Konspekt to‘g‘ri rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak. Har bir ishni alohida 
daftarda konspektlashtirish maqsadga muvofiqdir. Yozuv varaqning bir tomonida, 
qog‘ozning kengligida hoshiyalarni hisobga olgan joylashgan bo‘lishi kerak. Matn 
abzatslarga va 1, 2, 3, ... va a, b, c, d, ... ko‘rinishidagi ierarxik bo‘linishlarga ega 
bo‘lishi kerak. Asosiy fikrlarni ta’kidlash uchun pastki uzluksiz yoki punktir 
chiziqlar qo‘llash maqsadga muvofiqdir. 
Ba’zan konspekt yangi materiallar bilan, o‘zining takliflari, tahlillari va 
boshqalar bilan, to‘ldirilishi mumkin. Bu holda matnda tegishli raqamlar qo‘yilib, 
qo‘shimcha matnlar hoshiyada yoki sahifaning orqa (bo‘sh) tomoniga kiritiladi. 
Konspekt tuzishning ikki yo‘li mavjud. 
Birinchisi - mavzu bo‘yicha tanlangan ma’lumotlar birin-ketin ravishda 
ishlab chiqiladi. Boshida, har bir ma’lumot uchun konspekt tuziladi, keyin ular 
bitta obzorga oid tadqiqot ishiga yig‘iladi. Garchi bu usul keng tarqalgan bo‘lsa-da, 
u yetarli darajada samarali emas, chunki ko‘p vaqt talab etadi; 
Ikkinchisi - tanlanadi. O‘qish uchun tanlangan ma’lumotlar to‘liqligi, 
dolzarbligi va yangiligi nuqtai nazaridan bir qatorda joylashtiriladi. Boshida ilmiy 
darajasi yuqori bo‘lgan eng to‘liq zamonaviy ma’lumotlar ishlab chiqiladi. 
Mundarija yordamida mavzuning to‘liq rejasi tuziladi. Keyinchalik muhimligi 
pastroq, ikkilamchi ma’lumotlar ko‘zdan kechiriladi va ular bilan asosiy manba 
rejasi to‘ldiriladi. Ikkilamchi ma’lumotlar takrorlanadigan bo‘lsa, ular tushib 
qoldiriladi. Ikkinchi usul umumlashgan konspektni tayyorlash uchun vaqtni 
qisqartiradi. 
Olingan ma’lumotlarni tahlil qilish - eng muhim vazifalardan biridir. 
Barcha ma’lumotlarni tasniflash va tizimlashtirish zarur. Manbalarni 
xronologik tartibda yoki tahlil qilinadigan masalalar bo‘yicha tizimlashtirish 
mumkin. 


Birinchi holda, mavzu bo‘yicha barcha ma’lumotlar bosqichma-bosqich 
tizimlashtiriladi. Buning uchun ushbu mavzuni rivojlanish tarixidagi sifatli 
sakrashlar bilan ifodalangan ilmiy bosqichlarni ajratish maqsadga muvofiq. 
Har bir bosqichda adabiy manbalar chuqur tahlil qilinishi kerak. Buning 
uchun aql-zakovotga, bilim darajasiga ega bo‘lish kerak. Bunday tanqidiy tahlil 
bilan turli g‘oyalar, faktlar, nazariyalar bir-biri bilan solishtiriladi. Tadqiqotchining 
o‘rganilayotgan masala tarixida shunday bosqichni, uning keyingi tadqiqotlarning 
yo‘nalishini sifat jihatdan o‘zgartirib yuboradigan g‘oyalar paydo bo‘ladigan 
darajasidagi chegarasini, aniqlay olish qobiliyati bebahodir. 
Faol tahlil qilish jarayonida tadqiqotchida o‘z nuqtai nazari va fikri paydo 
bo‘ladi, birinchi va ikkinchi navbatda tekshirilishi kerak bo‘lgan eng dolzarb 
masalalar aniqlanadi, tasavvur shakllanadi. Bularning barchasi asta-sekin ilmiy 
tadqiqotning kelajakdagi gipotezasining poydevorini tashkil etadi. 
SHunday hollar bo‘ladiki, tahliliy tekshiruv jarayonida tadqiqotchi o‘z 
fikrlarini bildirmasdan faqat manba bo‘yicha mualliflarni sanab o‘tadi va ishning 
annotatsiyasini keltiradi. Axborotni bunday passiv, rasmiy o‘rganish mutlaqo 
mumkin emas. 
Tahlilning yana bir varianti – tematikdir. Barcha axborotlar ko‘rilayotgan 
mavzu masalalari bo‘yicha tizimlashtiriladi. Bunda, ITAning so‘nggi nashrlari, 
iloji boricha bu masala bo‘yicha tadqiqot natijalari umumlashtirilgan 
monografiyalar ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, maxsus qiziqish uyg‘otadigan 
manbalar tanlanib tahlil qilinadi. 
Obzorning ikkinchi varianti soddaroq, tez-tez ishlatiladigan bo‘lib kamroq 
vaqtni talab qiladi. Biroq, mavzu bo‘yicha mavjud bo‘lgan axborotni to‘liq tahlil 
qilish imkonini bermaydi. 
Axborotni tahlil qilishning bosh g‘oyasi ilmiy tadqiqotning taklif etilayotgan 
maqsadini dolzarbliligi va istiqbolliligini asoslash bo‘lishi kerak. 
Har bir manba ushbu mavzuni hal qilish va rivojlantirish uchun tarixiy ilmiy 
hissa qo‘shganligi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. SHu bilan birga, ularda 
eksperiment nazariyasining roli va ishlab chiqarishga berilgan tavsiyalarining 
ahamiyati bo‘yicha diqqat bilan tahlil qilinadi. 
Axborotni qayta ishlash natijalari asosida metodologik xulosalar chiqariladi, 
unda tanqidiy tahlil natijalari umumlashtiriladi. Xulosalar quyidagi masalalarni 
qamrab olishi kerak: mavzuning dolzarbligi va yangiligi; mavzu bo‘yicha nazariy 
va eksperimental tadqiqotlar sohasidagi so‘nggi yutuqlar, joriy nazariy va 
eksperimental muammolarning eng dolzarb masalalari, shuningdek, hozirgi vaqtda 
ishlab chiqarishga joriy etish uchun zarur bo‘lgan tavsiyalar; ishlanmalarning 
texnik maqsadga muvofiqligi va iqtisodiy samaradorligi. 
Ushbu xulosalar asosida umumiy tarzda ilmiy tadqiqotning maqsadi va aniq 
vazifalari shakllantiriladi. Odatda bitta tadqiqotchining tadqiqotiga taalluqli 
vazifalar soni 3 dan 8 gacha o‘zgarib turadi. Bu ishlarda ilmiy rahbarga muhim 
o‘rin beriladi. U qidiruv ishlarini chegaralaydi va boshqaradi, ma’lumotlarning 
katta oqimlarida (ayniqsa, boshlang‘ich tadqiqotchiga) keraklisini ajratib olishga 
yordam beradi, ikkilamchi manbalarni tashlab yuborishga yordam beradi. 
Bu bilan ilmiy tadqiqotning ikkinchi bosqichi yakunlanadi. 

Download 281,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish