Mustaqil mehnat – axborot ustida ishlashning muhim omilidir. Har bir sahifa
asta-sekinlik bilan tahlil qilinishi, qo‘yilgan maqsadga qarab chuqur mulohaza
qilinishi kerak. O‘qilgan axborot to‘g‘risida chuqur fikrlash, mustaqil tahlil qilish
tadqiqotchining hukmlarini tasdiqlashga, fikrini, tushunchasini, tasavvurini
mustahkamlashga imkon beradi.
Adabiyotni ustida ishlashning juda muhim omili - qat’iylik va tizimlilikdir.
Ko‘pincha, ayniqsa, murakkab yangi matnni o‘qiyotganda, uning birinchi
martadan aniq tushunish qiyin. Yozilganlarni to‘liq tushunish uchun o‘qish va
qayta o‘qishimizga to‘g‘ri keladi.
Ketma-ket, tizimli o‘qish o‘rganilayotgan materialni o‘zlashtirishni
yaxshilaydi. Diqqatning bo‘linishi mantiqan sozlangan fikrni buzadi, charchoqqa
olib keladi.
Rejaga muvofiq tizimli ravishda fikrlab va tahlil qilib qat’iy o‘qish, tizimsiz
o‘qishdan ko‘ra samaraliroqdir.
Axborot ustida ishlash jarayoni aqliy mehnat qobiliyatiga bog‘liq. Oxirgisi -
o‘z ish vaqtini to‘g‘ri taqsimlash mahorati, mohirlik bilan fiziologik tanaffuslardan
foydalanishga bog‘liq. 1-2 soat ishdan keyin 5-7 daqiqa davomida tanaffus qilish,
tana va yuzni suv yoki chuqur nafas olish bilan mashq qilish tavsiya etiladi.
Bularning hammasi markaziy asab tizimini rag‘batlantiradi va mehnat qobiliyatini
yaxshilaydi. Ba’zan o‘qiyotganda 2 yoki 3 daqiqaga to‘xtab dam olish foydali
bo‘ladi.
Matn ustida ishlayotganda, har bir joy aniq bo‘lishi kerak. Ba’zi hollarda
materiallarni o‘qilgan kuni yoki keyingi kuni takrorlash, keyin esa faqat davriy
ravishda eng katta qiziqish uyg‘otadigan qismlarini takrorlash yaxshiroq bo‘ladi.
Hajm jihatdan katta bo‘lmagan matnni to‘liq takrorlash yaxshiroqdirdir. Katta
hajmli matnlarni boshida butunlay o‘rganiladi, keyinchalik qiyin qismlarigina
takrorlanadi.
Ilmiy-texnik axborotlar (ITA)ni ustida ishlashning ajralmas talabi - bu
o‘qilganlarning yozib olinishidir. Bu o‘qilganni yaxshiroq tushunishga va
o‘zlashtirishga; axborotni qabul qilish jarayonini uzaytirishga, demak yaxshiroq
eslab qolishga; xotirada unutilgan matnlarni qayta tiklashga; fikrlashni
rivojlantirishga, matnni tahlil qilishga; tadqiqot qilinayotgan mavzu uchun eng
muhim ma’lkmotlarni ajratib olishga imkon beradi.
Biroq, yozib olish qo‘shimcha vaqtni oladi. Odatda bu ish noto‘g‘ri
bajariladi. Masalan, juda qisqa yozish, o‘rganilayotgan ma’lumotni haddan ziyod
umumlashtirishga, va aksincha, ortiqcha tafsilotlar bilan yozish nafaqat vaqtni
yo‘qotish, balki asosiy fikrni tushunamaslikka va uni aks ettira olmaslikka olib
keladi. Ba’zan asosiy fikrni yozganda, matnning ma’nosi ikkilamchi narsalar bilan
almashtiriladi yoki matn ma’nosi buziladi. SHuning uchun o‘rganilayotgan matnni
to‘g‘ri yozib olish juda muhimdir.
ITA
ustida
ishlayotganda
ko‘chirmalardan,
annotatsiyalardan,
konspektlardan foydalanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: