I. A. Boduen de Kurtene 1881 yilda nashr etilgan " Slavyan tillari qiyosiy grammatikasining ayrim bo'limlari " ( "
Nekotoro`ye otdelo` sravnitel'noy grammatiki slavyanskix yazo`kov " ) nomli asarida fonemani " So'zning umumiy
antropofonik xususiyatlarga ega bo'lgan fonetik qismidir , bu qism bir tildagi korrelyativ aloqalarni yoki bir necha til
o'rtasidagi korrespondent aloqalarni aniqlashda bo'laklarga ajratilmaydi " deb ta'riflaydi . Shu asarning o'zida u
fonemaga " antropofonik xususiyatlar yig'indisi " , " fonetik tip " , " mavxum umumlashma " degan ta'riflarni ham
beradi .
Keyinroq I.A. Boduen de Kutuyene fonemani etimologik-morfologik birlik sifatida qaray bishlaydi . Uningcha ,
tovushlarni grammatik shakllar paradigmasidan va ijtimoiy omillardan uzib olib
tadqiq qilish mumkin emas , chunki ana
shu paradigmalar va omillar fonetik qonunlarning yuzaga kelishini belgilaydi . Olim tovushlarning morfema
tarkibidagi almashinuvi ( al'ternatsiyalar ) qonuniyatiga asoslanib , fonema bir butun tovush shaklidagina
emas ( masalan , vorot , rov so'zlarida bo'lganidek ) , balki tovushning bir qismi ( masalan , syadu so'zidagi yumshoq " s
" sad so'zidagi qattiq " s " ning bir qismi ) bo'lishi yoki hatto morfema va so'z tarkibida bo'laklarga ajralmaydigan
holga kelib qolgan ikki va undan ortiq tovush qo'shilmasidan ( masalan , vrahat' , vorotit' so'zlaridagi " ra " va " oro " dan
) tarkib topishi ham mumkin, bunda morfema tarkibidagi fonemalar ajralmas butunlik sifatida almashinadi , deydi . Biroq
shu joyning o'zida u " fonema " tushunchasining ikki xil ekanligini - 1) antropofonik ( akustik - artikulyasion )
xususiyatlar umumlashmasidan iboratligini , 2) morfemaning harakatchan komponenti va muayyan
morfologik
kategoriya belgisi bo'lishini ham aytib o'tadi . Shunday qilib , u fonemaning antropofonik ( akustik-artikulyasion )
aspektlari borligini tan oladi . Uni morfologik aspektdan farqlash lozimligini uqtiradi .
XIX asrning 90 - yillaridan boshlab , I.A. Boduen de Kurtenening fonemaga oid qarashlarida psixologizm
elementlari ko'proq ko'zga tashlanadi. Olim real hodisa sifatida tilning o'zini emas , balki tafakkur egasi bo'lgan insonni
tushunadi . Uning fikricha , faqat insonning psixik mexanizmini tahlil qilish orqaligina til qonunlarini , til mexanizmining
vazifalari va taraqqiyotini anglab olish mumkin .
Shundan kelib chiqib , o'zining fonema haqidagi dastlabki fikrlarini
o'zgartiradi va fonemaga sof psixologik ta'rif beradi. Bu ta'rifda fonema nutq materialida bevosida kuzatib bo'lmaydigan
hodisa sifatida tavsiflanadi : 1894 yilda ( polyak tilida ) yozilgan " Fonetik al'ternatsiyalar nazariyasi yuzasidan tajriba " (
" Opo`t teorii foneticheskix al'ternatsiy " ) nomli asarida u fonemani tovushlarning psixik ekvivalenti deb ta'riflaydi , 1912
yilda e'lon qilingan " Fonema " nomli maqolasida , shuningdek , " Tilshunoslikka kirish " kitobida ham olim shu fikrida
qoladi: "...bizning psixikamizda tovush xususida, aniqrog'i, tovushni talaffuz qilish paytidagi murakkab ish kompleksi
haqida doimiy tasavvur shakllangandir. Biz uni fonema deb ataymiz",- deydi u o'z kitobida.
Yuqoridagi ma'lumotlardan quyidagilar ma'lum bo'ldi:
1. I.A. Boduen de Kurtenening fonemaga oid dastlabki qarashlarida tovushlarning ( demak , moddiy-material
hodisalarning ) o'zaro aloqalari va munosabatlari birinchi o'ringa qo'yilgan. Keyinroq esa bunday munosabatlarning faqat
grammatik shakllar paradigmasi bilan bog'lab qaralishi maqsadga muvofiq ekanligi aytilgan.
2. XIX asrning 90 - yillaridan boshlab olim fonemaga nutq materialida bevosita kuzatib bo'lmaydigan hodisa
sifatida qarab , uni psixologik jarayon mahsuli sifatida baholaydi .
3. I.A. Boduen de Kurtenening fikricha , tilning sistema sifatida o'rganilishi qiyosiy-tarixiy metodga emas ,
statik (tavsifiy) metodga asoslanishi kerak , chunki til sistemasi til komponentlarining barqaror holatiga tayanadi. Olimning
bu fikri tahlilning qiyosiy-tarixiy metodi hukmron bo'lib turgan o'sha davr uchun yangilik edi ,
ayni paytda bu fikr
F. de Sossyurning tilda sinxroniya bilan diaxroniya qat'iy farqlanishi va chegaralanishi lozim degan g'oyasiga ham mos
tushardi .
4. I.A. Boduen de Kurtene jonli tillarni va tovushlar fiziologiyasini o'rganish jarayonida nutq tovushlarining ikki
xil belgisi - ma'noni farqlaydigan va ma'noni farqlamaydigan belgilari borligini aniqlagan , ularning til mexanizmida
qanday vazifa bajarishini aniqlash lozimligini ham ta'kidlab o'tgan edi. Keyinroq bu belgilar fonologiyada differensial va
integral belgilar nomini olgan .
5. Xulosa qilib shuni aytish kerkki , I.A. Boduen de Kurtenening fonema tushunchasini kashf etishi, fonemadagi
konstitutiv (farqlovchi ) belgilarni aniqlashi tilshunoslikda buyuk kashfiyotlar bo'ldi . Unda olimning fonemaga oid
quyidagi qarashlari o'z ifodasini topgan :
a) fonema - mavhum hodisa ,
ilmiy abstraksiya mahsuli ;
b) fonema til sistemasi tarkibida relyasion qiymatga ega , shunga ko'ra u tilning strukturaviy elementi deb
qaralishi kerak ;
v) fonemalar morfemalar bilan bog'lab qaralishi lozim , chunki ular jonli til elementlari , masalan , semasiologik
va morfologik darajadagi birliklar - morfemalar tarkibidagina lisoniy qiymatga ega bo'ladi va lisoniy birlik deb qaraladi ;
g) fonema morfemaning harakatchan komponenti va ma'lum morfologik kategoriya belgisi sifatida fonologiya
bilan morfologiya o'rtasidagi bog'lovchi zveno sanaladi. I.A. Boduen de Kutnenening bu fikri uning til sistemasidagi quyi
(fonologik) va yuqori (morfo- logik ) bosqichlar o'rtasida aloqa borligiga , bunday aloqalar mexa-nizmini aniqlashga jiddiy
e'tibor berganligini ko'rsatadi . Ayni shu qarashlar keyinchalik tilshunoslikdagi fonologiya bilan
morfologiya o'rtasida yana bir bosqich - morfonologiya bor degan g'oyaning yuzaga kelishiga asos bo'lgan.
6. I.A. Boduen de Kurtenening yuqorida keltirilgan qarashlari va g'oyalari tahlil qilinar ekan , ularda
quyidagi muhim holatlar ko'zga tashlanadi : a) olim tilda nutq tovushlaridan boshqa
elementlar borligini sezgan ,
tilshunoslarning e'tiborini shu elementlarga tortishga harakat qilgan . Bu elementlarni u keyinchalik fonema deb
nomlagan ; b) u fonemani goh " antropofonik ( akustik-artikulyasion ) xususiyatlar umumlashmasidan iborat birlik " , goh
" morfemaning harakatchan komponenti va muayyan morfologik katigoriya belgisi " , " morfema tarkibida lisoniy
qiymatga ega bo'lgan til birligi " , goh " tovushning tipik ekvivalenti " , " mavhum umumlashma " deb ta'riflagan.
Bunday qarashlar asosida keyinchalik fonologiyada psixologik fonema nazariyasi , morfologik fonema nazariyasi ,
al'ternatsiyalar nazariyasi shakllangan , ular o'z navbatida Praga struktural tilshunosligining , shuningdek , Leningrad (
hozirgi S. - Peterburg ) va Moskva fonologiya maktablarining tarkib
topishi va rivojlanishiga , eksperimental (
instrumental ) fonetikaning taraqqiyotiga sezilarli ta'sir o'tkazgan .
7. I. A. Boduen de Kurtenening ilg'or g'oyalari uning shogirdlari G. Ulashin , T. Benni , V. Doroshevskiy ,
Ye.D. Polivanov , L.V. Shcherba ishlarida yanada ko'proq rivojlantirildi va fonologiya ilmining hozirgi darajaga
erishuvida muhim omil bo'lib xizmat qilib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: