N.F. Yakovlevning
fonemaga oid qarashlari Ruben Ivanovich Avanesov ( 1902 - 1982 ) va Vladimir
Nikolayevich Sidorov ( 1903 - 1968 ) ishlarida yanada rivojlantiriladi . Ularning " Yozma til muammolari munosabati
bilan orfografiya islohoti " ( " Reforma orfografii v svyazi s problemoy pis'mennogo yazo`ka " , 1930 . ) nomli
maqolasida fonema " Tildagi morfemalarni farqlovchi tovush sifatlaridir " , - deb ta'riflaydi . Mualliflar tovushlarning ikki
turi - pozitsiyaga bog'liq ravishda yuzaga keladigan kombinator turlari va morfemalarni farqlay oladigan mustaqil turlari
borligini ham aytishadi . Keyinchalik ( 1945 yilda nashr etilgan " Rus adabiy tili grammatikasi ocherki " da ) tovushlar
mustaqil va nomustaqil turlarga ajiratiladi : mustaqil tovushlar , mualliflarning ta'kidlashicha , so'zlarni farqlaydi , shunga
ko'ra fonemalar deb nomlanadi ; nomustaqil tovushlar esa fonetik qurshov ta'sirida yuzaga keladi.
Mualliflarning fonema pozitsiyalari haqidagi fikrlari ham e'tiborga loyiq . Ularning fikriga ko'ra , fonemalar ikki xil
holatda - kuchli va kuchsiz pozitsiyalarda qo'llanadi . Kuchli pozitsiyada fonemaning sifat belgilari (asosiy ko'rinishi) ko'p
o'zgarmaydi . Masalan , urg'uli bo'g'in unli fonema uchun kuchli pozitsiya sanaladi , chunki bu pozitsiyada ( urg'uli
bo'g'inda ) unli fonema o'zining sifat belgilarini deyarli yo'qotmaydi . Kuchsiz pozitsiyalarda esa fonema o'zining o'zgargan
ko'rinishlarida namoyon bo'ladi . Bunday ko'rinishlar ikki turga - variatsiya va variantlarga ajratiladi : 1. Variatsiya-lar.
Fonemaning bu ko'rinishi boshqa fonemaga mos kelmaydi . Masalan , rus tilidagi " o` " unlisi qattiq undoshdan so'ng
qo'llangan " i " ning variatsiyasidir ... Shuningdek , rus tilidagi k ' , g ' , x ' tovushlari til orqa k , g , x undoshlarining "
i " , " e " unlilaridan oldin qo'llanadigan yumshoq variatsiyalaridir... Har qanday fonema nutqda o'zining u yoki bu
variatsiyasida reallashadi , bu variatsiya-larning barchasi birgalikda boshqa fonemaga qarama-qarshi qo'yiladi .
Chunonchi , " o` " tovushi " i " fonemasining variatsiyasi sifatida rus tilining boshqa unli fonemalariga qarama-qarshidir :
mo`l - m'il ; m?l - m'al ; mol - m'?l ; m'el kabi . Demak , fonema variatsiyalari o'z vazifalariga ko'ra ( so'zlarni farqlovchi
belgi sifatida ) fonemaning asosiy ko'rinishiga tengdir , ular fonemaning asosiy ko'rinishi bilan sinonimik munosabatda
bo'ladi. 2. Vari-antlar. Fonemalarning bu ko'rinishlari variatsiyalardan farqli ravishda , boshqa fonemalar bilan o'xshash
jihatlarga ega bo'ladi . Masalan , " s " va " z " fonemalari so'z oxirida mo''tadillashib , bir " s " ko'rinishida
namoyon bo'ladi : glas ( < glas ) va glas ( < glaz ) kabi ; prut va prud so'zlari oxirida ham shu hol kuzatiladi:
prut < prut va prut < prud kabi . Demak , variant bilan variatsiyalarning farqlari shundaki , variantlar tilning fonetik
sistemasini belgilaydi , variatsiyalar esa bu jihatdan neytraldir .
Variantlar , odatda , ikki fonemaning kuchsiz pozitsiyada mo''tadillashuvi natijasida paydo bo'ladi , bu ikki fonema
variantga nisbatan giperfonema sanaladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |