belgilarga tayangan holda emas , balki lisoniy-funksional holatlarga asoslanib amalga oshiriladi . Bunday holat fonemaning
nutq oqimida bo'linmaydigan , eng kichik mustaqil birlik sifatida tilning barcha strukturasi bilan , oxir oqibatda , ma'no
bilan zich aloqada bo'lishidan kelib chiqadi . Fonema alohida so'z yoki morfema yoxud alohida
til birligi sifatida
idrok qilinadi. Bu haqda L.R. Zinder shunday degan edi : "... agar rus tilining ta, to so'zlarini ikki qismga ajratish ulardagi t,
a, o qismlarning alohida morfema ekanligi bilan belgilansa, da, do so'zlaridagi bo'linish shu so'zlar tarkibiga kirgan
fonemalarning boshqa so'zlarda mustaqil ma'noviy birliklar bo'la olishi bilan belgilanadi. Birinchi misolda biz
morfologik-fonetik bo'linishning , ikkinchi misolda esa sof fonetik bo'linishning guvohi bo'lamiz " .
6. So'zlarning minimal juftliklari . Minimal juftliklar deganda ma'nolari har xil, fonetik tarkibi bir tovush bilan
farqlanadigan ikki so'z nazarda tutiladi : ves - ves' ,
tom - tam , stol - stol' kabi . Ko'rinib turibdiki , s , s ', o , a , l , l'
tovushlari har xil fonemalardir , chunki ayni shu fonemalar " ves " ni " ves' " dan , " tom " ni " tam " dan , "
stol " ni " stol'" dan farqlamoqda. Bunday minimal juftliklarning muayyan tilda borligi shu tildagi tovushlarning fonemalik
maqomini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
7. Fonemalar bir-biriga qarama-qarshi qo'yiladi . Bunday qarama-qarshilik fonemalar orasidagi farqlovchi belgilarga
asoslanadi . Ma'lumki , fonemalarning bir necha belgilari mavjud bo'lib , shulardan biri ular uchun farqlovchi ( differensial )
belgi , boshqalari farqlanmaydigan ( nodifferensial ) belgi sanaladi . Masalan : rus tilining " d " undoshida til oldi ,
portlovchi , jarangli palatallashmagan, nazal emas, nafas chiqarmaydigan, lablanmagan kabi belgilar bor. Shulardan til oldi
( u lab tovushlariga va til orqa undoshlariga qarama-qarshi qo'yiladi ) , portlovchi ( u sirg'aluvchi va titroq tovushlarga
qarama-qarshi qo'yiladi ) , jarangli ( u jarangsiz undoshga qarama-qarshi qo'yiladi ) , palatallashmagan ( u
palatallashgan tovushga qarama - qarshi qo'yiladi ) , nazallashmagan ( u nazallashgan undoshlarga qarama-qarshi qo'yiladi )
belgilari differensial alomatlar sanaladi , ammo lablanmaslik belgisi differensial alomat emas , chunki rus tilida ayni shu
holatda ( til oldi fokusida - J.H. ) hosil qilinadigan lablangan " d " yo'q .
Shuningdek , rus tilidagi " d " ning nafas
chiqarmaslik belgisi ham differensial alomat sanalmaydi , chunki rus tilida nafas chiqarishga asoslangan " d " undoshi
yo'q.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki , muayyan tildagi fonemalar-ning differensial va nodifferensial belgilari tarkibi
boshqa tildagi fonemalarning shunday belgilariga mos tushmaydi . Bu hol har bir tilning fonologik tizimidagi o'ziga
xoslikdan kelib chiqadi.
8. Fonemalar sistemasi . Barcha tovushlar ( unlilar va undoshlar ) u yoki bu differensial belgilari asosida o'zaro
guruhlanib , korrelyativ qatorlarni ( o'zaro munosabatda bo'lgan tovushlar tizimini ) hosil qiladi , bunday korrelyasiyalar
sistemaga birlashadi. Masalan , ovozning borligi yoki yo'qligi belgisiga ko'ra undoshlar jarangsiz
va jarangli tovushlar
korrelyativ qatorlarini ( p - b , t - d , g - k , z - s kabi ) , palatallik ( yumshoqlik ) belgisi borligi yoki yo'qligiga qarab
undoshlar qattiq va yumshoq tovushlar korrelyativ qatorlarini ( t - t ' , d - d ' , s - s ' , z - z ' kabi ) hosil qiladi. Ayrim
tovushlarda bunday zidlanish yakkalangan bo'lishi mumkin. Chunonchi , rus tilida ts va ch ' undoshlari jarangli va
jarangsiz undoshlar korreliyasiyasiga kiritilmaydi , chunki " ts " va " ch ' " ning jarangli paralleli yo'q ; bu ikki tovush
palatallik belgisi asosida shakllangan qatorga ham a'zo emas , chunki " ts " ning yumshoq paralleli , " ch? " ning
esa qattiq
paralleli yo'q . Shuning uchun " ts " va " ch? " undoshlari til oldi-tish ( bir fokusli ) va til oldi - tanglay ( ikki fokusli )
zidlanishidagi alohida ( yakkalangan ) oppozitsiya bilan cheklanadi.
Rus tili vokalizmida ham ma'lum oppozitsiya va korrelya-siyalar mavjud : tilning yotiq ( gorizontal ) harakatiga
ko'ra ( i - old qator , o` - aralash qator...) , tik ( vertikal ) harakatiga ko'ra ( i - yuqori tor , a - quyi keng... ) , lablarning
ishtirokiga ko'ra ( i - lablanmagan , u - lablangan... ) kabi zidlanishlar va shu zidlanishlar asosida shakllangan korrelyativ
qatorlar ( i - e , i - u , e - o ... kabilar ) shular jumlasidandir.
9. Boshqa tillardan o'zlashtirilgan so'zlar muayyan til fonemalari tarkibining rivojiga ta'sir o'tkazishi mumkin. Buni
qattiqlik-yumshoqlik belgilari asosida shakllangan til orqa k - k ', g - g ' , x - x ' undoshlari korrelyasiyasida ko'rish
mumkin. Bu korrelyasiya tarkibidagi zidlanishlarning yumshoq a'zolari ( k ' , g ' , x ' ) asosan boshqa tillardan
o'zlashtirilgan so'zlar ( likyor , manikyur , Gyugo , Kyaxita kabilar ) ta'sirida yuzaga kelgan .
10. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan belgilar hisobga olinib , Leningrad fonologiya maktabida fonemaga quyidagicha ta'rif
beriladi : tarixan tarkib topgan , nutq oqimida boshqa bo'laklarga parchalanmaydigan , fonologik tizimda bir-biriga qarama-
qarshi qo'yiladigan , mustaqil ahamiyatga ega bo'lishi mumkin bo'lgan , so'z yoki grammatik formalarning tovush
tarkibiga kirib , ularni o'zaro farqlash imkonini beradigan til birligi fonema deyiladi . Nutqdagi turli
fonetik pozitsiyalarda
fonemaning turli ottenkalari qatnashadi .
Moskva fonologiya maktabida fonema nazariyasi
9-§. XX asrning 20-yillari o'rtasida Moskva fonologiya maktabi shakllanadi. Bu maktab vakillari S. - Peterburg (
Sobiq Leningrad ) maktabi vakillaridan farqli ravishda fonemaga morfologik nuqtai nazardan yondashadilar . Ma'lumki ,
I.A. Boduen de Kurtene 1870 yilda nutq tovushlarini morfologiya va so'z yasalishi doiralarida tadqiq qilish kerakligini
aytgan edi. 1917 yilda u bu fikrini yana bir bor ta'kidlab , fonemaning lingvistik mohiyati faqat morfema tarkibidagina
aniqlanadi , deydi. Uning bunday qarashlari keyinchalik Moskva fonologiya maktabining fonema nazariyasiga asos bo'ladi.