2-Ma’ruza
Энергетик сатҳлар ва соҳалар.
Эркин ток ташувчиларнинг пайдо бўлиш механизмлари
Qattiq jismlar zonalar nazariyasining elementlari
Kristalldagi energiyaviy zonalarning o‘ziga xos xususiyatlari va taqiqlangan
zonaning kengligiga qarab kristallarning elektrik xossalari qanday o‘zgarishini
qarab chiqaylik.
Dielektriklarda
-valent zona batamom to‘lgan,
undan yuqorida yotgan
zonagacha bo‘lgan masofa katta. Bu holda elektronlar valent zonadan
o‘tkazuvchanlik zonasiga o‘ta olmaydi
va shu sababli elektrik
o‘tkazuvchanlikda ishtirok eta olmaydi. Buning uchun elektron valent zonadan
chiqib bo‘sh zonaga-o‘tkazuvchanlik zonasiga o‘tishi kerak. Demak, zonalar
orasidagi
masofa
W
0
qancha katta bo‘lsa, elektronning valent zonadan
o‘tkazuvchanlik zonasiga o‘tishi uchun shuncha ko‘proq energiya talab qilinadi.
Xo‘sh, bu energiyani elektron qaerdan olishi mumkin
Ma’lumki, berilgan temperaturada qattiq jismning atomla-ri (gaz
atomlari kabi) ma’lum bir issiqlik energiyasiga ega bo‘la-di. Masalan,
biror
atomning,
W
0
- isiqlik energiyasiga ega bo‘lish ehtimoli
exp(–W
o
/kT)
ga
mutanosibdir. Ana shu issiqlik energiyasi hisobiga
gaz molekulalari gaz
egallagan hajm bo‘ylab yugurib yursa, qattiq jismda esa, atomlar o‘z muvozanat
holati atrofida to‘xtov-siz tebranib o‘zaro ta’sirlashib turadi. Bunday o‘zaro
ta’sirlashish natijasida atom o‘z issiqlik energiyasini elektronga batamom yoki
qisman berishi mumkin. Agar, ana shu energiya elektronning valent zonadan
o‘tkazuvchanlik zonasiga o‘tishi uchun kifoya qilsa, u vaqtda
1-rasm. Valent zonada valent bog‘lanishdagi bo‘sh o‘rin "kovak" ning
paydo bo‘lishi
o‘tkazuvchanlik zonasida erkin elektron va valent zonada valent bog‘lanishdagi
elektronning bo‘sh joyi, uni bundan keyin "kovak" deb ataymiz (1- rasm), yuzaga
keladi.
Hisoblarning ko‘rsatishicha,
taqiqlangan zonasi
W
0
ga teng bo‘lgan
yarimo‘tkazgichda birorta atomning elektronini valent zonadan o‘tkazuvchanlik
zonasiga chiqarib yuborishi uchun zarur energiyaga ega bo‘lish ehtimolligi
quyidagicha:
p
=
C
c
C
v
exp(-
W
c
kT)
bu erda,
-atomlar bilan elektronlarning "to‘qnashish" takroriyligiga bog‘liq
doimiy,
S
s
-bo‘sh zonaning quyi qirg‘og‘i atrofidagi bo‘sh joylar soni,
S
-
valent
zonaning yuqoridagi qirg‘og‘i atrofidagi elektronlar soni,
k
-Bolsman doimiysi,
T
-mutlaq temperatura.
Ushbu munosabatdan ko‘rinishicha, taqiqlangan zonaning kengligi
W
0
qancha
katta bo‘lsa, elektronlarning o‘tkazuvchanlik zonasiga o‘tish ehtimolligi (va
demak, ko‘rilayotgan kristallning elektrik o‘tkazuvchanligi)
shu qadar kichik
bo‘lar ekan.
Taxminiy hisoblashlar shuni ko‘rsatadiki, taqiqlangan zonaning kengligi
W
0
2
eV bo‘lganda yuqoridagi ehtimollik amalda uchraydi-gan har qanday
temperaturalarda nihoyatda kichik bo‘lar ekan. Shu sababli taqiqlangan zonasi
kengligi 2 eV dan katta bo‘lgan moddalar elektr tokini o‘tkazmaydi
va ular
dielektriklar deb ataladi. Shu narsa ravshanki,
W
0
=2
eV chegara shartli
ma’noga ega bo‘lib, aslida dielektriklar bilan yarimo‘tkazgichlar orasida bu
qadar keskin chegara yo‘q.