Yarimo‘tkazgichlarda
-valent zona batamom to‘lgan, lekin keyingi bo‘sh
zonagacha bo‘lgan masofa kichik (2 eV dan kichik). Mutlaq nol temperaturada
yarimo‘tkazgichning valent zonasi batamom to‘la, o‘tkazuvchanlik
zonasi esa
bo‘sh bo‘lganligi sababli elektrik o‘t-kazuvchanlik nolga teng. Temperatura
ortishi bilan issiqlik ta’si-rida o‘tkazuvchanlik zonasiga o‘tayotgan elektronlar
soni eksponensial ravishda orta boradi. o‘tkazuvchanlik zonasidagi elektronlar
soniga
mos
ravishda
valent
zonadagi
kovaklar
soni
va
demak,
yarimo‘tkazgichning elektrik o‘tkazuvchanligi ortadi. Xususiy (kirishma-siz)
yarimo‘tkazgichlar uchun o‘tkazuvchanlik
zonasidagi elektronlar soni
n
0
va
mos ravishda valent zonadagi kovaklar soni
p
0
temperaturaga qarab
quyidagicha o‘zgaradi :
kT
W
Be
p
n
2
0
0
0
(1.3)
bu erda,
V
-yarimo‘tkazgichga tegishli o‘zgarmas kattalik.
Elektrik o‘tkazuvchanlik erkin zaryad tashuvchilarning
konsen-tratsiyasiga
mutanosib ekanligi ma’lum:
0
0
ep
p
en
n
(1.4)
bu erda,
n
va
p
-elektron va kovaklar harakatchanligi,
e
-elektron zaryadi.
U holda yarimo‘tkazgichlarning elektrik o‘tkazuvchanligi tempe-raturaga
bog‘liq ravishda quyidagi qonuniyat bilan o‘sadi
kT
W
Ae
2
0
(1.5)
bu erda,
A
-o‘zgarmas doimiy. Demak, yarimo‘tkazgichning elektrik o‘t-
kazuvchanligi temperatura ortishi bilan juda keskin ortar ekan. Bu
yarimo‘tkazgichlarning o‘ziga xos muhim xususiyatlaridan biridir.
Yarim o‘tkazgichlarni boshqa materiallardan
ajratib turadigan xossa
ularning elektronlari holati, jumladan uyg‘otish elektron spektlarida taqiqlangan
ularning zonalarining mavjudligi. Qattiq jismda elektronlarning mikroskopik holati
elektron zonali strukturalar atamalarida tasvirlash qulay. Mazkur bo‘limning
maqsadi eng keng tarqalgan yarimo‘tkazgichlar ya’ni Si
va III-V birikmalarining
zonali strukturalarini o‘rganishdan iborat. Biz kristall qattiq jismda elektronlar
mexanikasiga qisqacha kirishdan boshlaymiz.
Tarkibida 10
23
atomlar sm
3
bo‘lgan qattiq jismdagi elektronlarning xossalari
juda murakkab. Elektronlar uchun to‘lqinli tenglamalarni echishdek qiyin masalani
soddalashtirish uchun qattiq jismning translyasion va aylantiruvchi simmetriyani
qo‘llash kerak. Guruhlar nazariyasini bu masalani engillashtiruvchi
instrument
hisoblanadi. Biroq guruhlar nazariyasi bilan yarimutkazgichlar soxasida
ishlaydigan xar bir fizik ham tanish emas.
Shuning uchun biz mazkur bo‘limda gurux nazariyasining asosiy
konsepsiyasi va belgilarini muhokama qilamiz
Bizning yondashuv guruhlar
nazariyasining g‘oya va natijalarini yarimutkazgichlarda qo‘llanishini qat’iy
dalillarsiz bayon qilishdan iborat bo‘ladi. Asosiy e’tibor belgilarga qaratiladi,
chunki belgi va atamalar yarimo‘tkazgichlarni tadqiq kilish bo‘yicha kitoblar
hamda ma’noda zonali struktura
diagrammalari xaritalarga, guruh nazariyasi
belgilari esa ulardagi ramzlarga o‘xshaydi. Agar bu ramzlarning ma’nosi tushunarli
bo‘lsa, zonali struktura diagrammalari yarimo‘tkazgichlar elektron xosalarini
o‘rganish uchun qo‘llanilishi mumkin.
Biz yana o‘tkazgichlarning zonali strukturasini
eng ommalashgan
metodlarini tahlil qilamiz. Hisoblash texnikasining zonali strukturalarni hisoblash
metodlarida taqribiy hisoblash qo‘llanadi. Bu taqribiy hisoblash bilan
yarimo‘tkazgichlar elektron xossalarining ayrim aspektlarini ta’kidlashga va
boshqa aspektlarining qiymatini esa pasaytirishga harakat kiladilar. Shuning uchun
turli hisoblash metodlarini o‘rganishdan maksadimiz
ularning afzalliklari va
kamchiliklarini tushunishdir. Shu tariqa biz yarim o‘tkazgichlarning elektron
xossalarining turli chegaralarini yorita olamiz.