1
YARIM O’TKAZGICHLAR TAQIQLANGAN ZONASI KENGLIGINI
ANIQLASH
Ishning maqsadi
: Yarim o’tkazgichlar elektr o’tkazuvchanligining temperaturaga
bog’likligini o’lchash asosida uning taqiqlangan soha kengligini tajribada aniqlash.
Qisqacha nazariy ma’lumot
Yarim o’tkazgichli elektronikada eng ko’p qo’llaniladigan elementlar
Mendelyev davriy sistemasidagi IV gurux elementlaridan kremniy va germaniy
hisoblanadi. Har qaysi germaniy va kremniy atomi 4 tadan valent elektronlariga ega
bo’ladi. Turg’un 8-elektronli konfiguratsiya hosil qilishi uchun unga 4 ta elektron
yetishmaydi. Bu kamchilik kristalldagi 4 ta yaqin qo’shni atomlarning elektronlarni
almashish yo’li bilan to’ldiriladi
(1,a-rasm).
Bu rasmda valent bog’lanishning
tekislikdagi panjarasi soddalik uchun keltirilgan. Aslida esa bu panjara uch o’lchamli
bo’ladi
(1,b-rasm).
Yarim o’tkazgichlarning elektr o’tkazuvchanlik mexanizmini sodda qilib
quyidagicha tushintirish mumkin: past temperaturalarda yarim o’tkazgich dielektrik
hisoblanadi, ya’ni elektronlar juft bog’lanish hosil qilishga qatnashadi va kristall
bo’ylab ko’chib yura olmaydi. Ammo temperatura oshishi bilan elektronlarning bir
qismi valent bog’lanishdan «o’zilib» chiqadi va kristall bo’ylab erkin harakatlanish
imkoniyatiga ega bo’ladi. Bunda, bog’lanishda ishtirok etayotgan qolgan valent
elektronlari bo’sh qolgan bog’lanishga ko’chib estafetali (bir-biriga uzatish) o’tish
yo’li bilan kristall bo’ylab ko’chish imkoniyatiga ega bo’ladi
(2-rasm).
1-rasm.
Germaniy kristalida kovalent bog’lanishning hosil bo’lishi.
2
2-rasm.
Valent elektronlarining estafetali ko’chish modeli.
Bunday qo’pol ko’rinishdagi tushintirishga zamonaviy yarim o’tkazgichlar
nazariyasi o’zgacha yondoshdi. Bu nazariyaga ko’ra, valent elektronlari atomlar
o’rtasidagi bog’lanishga mustahkam ravishda lokallashgan emas, balkim butunlay
valent bog’lanish sistemasi bo’ylab, «elektron bulutini» hosil qilgan holda ko’chib
yuradi, faqatgina bu «elektron bulut»ning zichligi qo’shni atomlar o’rtasida 2 ta
elektronning bo’lishiga o’rta hisobda mos keladi. Bu nuqtai nazardan qaraganda har
bitta valent elektron bir vaqtning o’zida butunlay kristallga tegishli bo’ladi, ya’ni
elektronlar jamoalashgan bo’ladi. Jamoalashgan elektronlar, birinchidan, ularning
kristall bo’ylab ilgarilanma harakat tezligi bilan, ikkinchidan esa ular ko’chib yura
oladigan valent «bulut»i doirasidagi fazo sohasi bilan bir-biridan farq qiladi. Shuning
uchun har qaysi valent elektronlarining ilgarilanma harakat kinetik energiyasi va
panjara tugunlari bilan o’zaro ta’sir potentsial energiyasi natijasida hosil bo’layotgan
to’liq energiyasi turlicha bo’ladi. Bu esa atomdagi bitta valent elektroni hosil
qiladigan energetik sath o’rniga kristalda bir-biriga juda ham yaqin bo’lgan energetik
sathlar sistemasi, ya’ni energetik soha paydo bo’ladi. Bu ruxsat etilgan sohaga valent
sohasi deyiladi. Bunday sohalar boshqa atomlar sathlari hisobiga paydo bo’ladi,
ta’kidlaganimizdek elektronning energetik spektri elektronning taqiqlangan energiya
sohasi bilan ajralib turuvchi ruxsat etilgan energiya sohalari sistemasidan iborat
bo’ladi. Atomlarning qisqa energetik sathlarining asta-sekin kristallda atomlarning
joylashishiga qarab atomlarning bir-biriga
a (a-atomlar orasidagi masofa)
masofagacha yaqinlashib kelishi bilan energetik sohaning hosil bo’lish kartinasi 3-
rasmda keltirilgan.