2-ma’ruza 2-mavzu: ontologiya, gnoseologiya va ong falsafasi. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja



Download 125,5 Kb.
bet14/15
Sana30.10.2022
Hajmi125,5 Kb.
#858520
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2-ma\'ruza

Kategoriya so`zi yunoncha bo`lib, lug`aviy ma'nosi «guvoh», «ta'rif», «ifodalovchi» demakdir. Falsafiy kategoriyalar ob'ektiv olamdagi narsa va hodisalarning umumiy, muhim tomonlarini, xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiruvchi tushunchadir. Umuman, kategoriyalarni falsafa tarixida ilmiy mavzu sifatida o‘rganishni aynan Arastu boshlab berganligi e‘tirof qilinadi. Kategoriyalar masalasi Arastu tomonidan «Metafizika» asarida batafsil ishlab chiqilgan. Ma‘lumki, ungacha Yunonistonda ko‘proq politika va ritorika (notiqlik san‘ati) fanlari sistemalashgan, ya‘ni fan sifatida tizimga tushirilgan edi. Chunki o‘sha davrda qo‘shinni, mamlakatni va odamlarni boshqarish uchun siyosat va nutq madaniyati sirlarini bilish katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ammo o‘sha davrlarda falsafaning qonunlari, kategoriyalari va asosiy tayanch tushunchalari muayyan tizimga tushirilmagan, izchil bayon qilingan bilimlar sistemasi sifatida shakllantirilmagan edi. Hatto Yunonistonning mashhur olimi va mutafakkiri Suqrotni ham ana shunday, hali go‘yoki shakllanmagan fan bilan shug‘ullangani va yoshlarni bu ilm yo‘liga boshlab, ularning noto‘g‘ri tarbiyasiga sabab bo‘lganlikda ayblagan ham edilar. Bu hol Suqrotning buyuk shogirdi Arastuning mazkur fanni aniq sistema tarzida ifodalashga kirishishi uchun turtki bo‘lgan. Olim falsafaning qonun va kategoriyalarini birinchi marta sistemalashtirgan, ta‘riflagan va falsafani fan darajasiga ko‘targan. O‘sha davrdan boshlab falsafa o‘z qonunlari, tamoyillari, kategorial tushunchalariga ega bo‘lgan fanga aylangan. Sharqda bu masalaga Forobiy, Beruniy va Ibn Sinolar ham katta ahamiyat berganlar.
XVII-XIX asrlarga kelib, falsafiy kategoriyalar tahlilida yangi davr vujudga keldi. Xususan, I. Kant qarashlarida kategoriyalar «sifat» (reallik, inkor, chegaralash), «miqdor» (birlik, ko‘plik, yaxlitlik), «munosabat» (substantsiya va xususiyat, sabab va harakat, o‘zaro ta‘sir), «modallik» (imkoniyat va imkoniyatsizlik, voqelik va novoqelik, zaruriyat va tasodif) tarzida izohlangan. Kantdan farqli o‘laroq, Hegel esa mantiqiy kategoriyalarni: «borliq» (sifat, miqdor, me‘yor), «mohiyat» (asos, hodisa, mavjudlik), «tushuncha» (ob‘ektiv, sub‘ektiv, absolyut g‘oya) tarzida izohlagan. Har bir fan o`zining kategoriya, ya'ni tushunchalar tizimiga ega bo`lib, u orqali materiya harakati shakllarining u yoki bu qonuniyatlarini o`rganadi.
Dialektika kategoriyalari, boshqa fanlar kategoriyalaridan bir qator muhim xususiyatlari bilan farq qiladi. Bular qo‘yidagilardan iborat:
Birinchidan, dialektika kategoriyalari- ob'ektiv olamning eng umumiy qonunlar taraqqiyotining in'ikosidir.
Ikkinchidan, dialektika kategoriyalari eng umumiy tushunchalar sifatida inson fikri shakllari bo`lib, shu taxlitda ular mantiqiy mazmunga ham egadirlar.
Uchunchidan, dialektik kategoriyalar ilmiy bilishda muhim metodologik vazifani bajardi, ob'ektiv dunyoni yangidan yangi sirlarini ochishga yordam berdi.
To`rtinchidan, dialektik kategoriyalarning shakllanishi va rivojlanishi asosida moddiy, hissiy faoliyatning yi`indisi bo`lgan amaliyot yotadi.
Falsafada o`z xususiyatlariga ko`ra «juft kategoriyalar» deb ataladigan; umumiy bog`lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalovchi tushunchalar ham bor. Ular narsa va hodisalarning muayyan yo`nalishidagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, davriy takrorlanib turuvchi bo`lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalaydi. Falsafa kategoriyalari mazmunidagi ichki birlik, bog`lanish, aloqadorlik va munosabatlarning yaxlitligi bilish jarayonining uzliksizligini ta'minlaydigan umumiy qonuniyat tarzida vujudga kelgan.
Endi falsafada o`z xususiyatlariga ko`ra «Juft kategoriyalar» deb ataladigan, umumiy bog`lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalovchi tushunchalarga juda qisqacha to`xtalib o`tamiz.
1. Alohidalik, xususiylik va umumiylik Bu falsafiy kategoriyalar borliqdagi narsa va hodisalarning har biriga xos alohida ma'lum guruhga xos maxsus va hammasiga xos umumiy tomonlari, xususiyatlari hamda ular o`rtasidagi bog`lanish va aloqadorlikni ifodalaydi. Alohida narsa va hodisagagina xos bo`lib, bu narsa va hodisani boshqa narsa va hodisadan farq qiluvchiga alohidalik deyiladi. Ko`pchilik narsa va hodisalarga xos bo`lgan o`zaro o`xshash , bir xil, takrorlanuvchi belgi va xususiyatlar birligini aks ettiruvchi tushuncha umumiylik deb ataladi. Narsa va hodisalarga xos maxsus tomonlar xususiyatlari birligi xususiylik kategoriyasida ifodalanadi.

Download 125,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish