2. Sistema, struktura va element. Sistema- bu borliqdagi o`zaro bog`liq, muayyan tartibdagi bir- biriga ta'sir va aks ta'sir qilib turuvchi narsalar, hodisalar va jarayonlarning qonuniyatli birligidir. Struktura esa shu sistemani tashkil etgan narsalar, hodisalar va jarayonlarning tartibi, tuzilishi, tarkibi, joylanishi va ifodalanishidir. Element sistemani tashkil qilgan strukturaning o`zaro bog`lanish, aloqadorlik, munosabat jihatlarini ta'minlaydigan nisbatan mustaqil tarkibiy qismdir.
3. Mohiyat va hodisa. Mohiyat narsa va hodisalarning ichki, eng muhim o`zaro bog`lanishlari shu bo`lanishlarning qonuniy aloqadorliklarini ifodalaydi. Hodisa esa shu narsa va jarayonlarni tashkil etuvchi tomonlar, xususiyatlar va bo`lanishlarning namoyon bo`lish shakli, mohiyatining ifodalanishidir. Bilishning vazifasi borliqning ko`pdan- ko`p hodisalari, ularning tashqi tomonlari va belgilari ostida yashirinib yotgan mohiyatlarini izlab topishdan iborat.
4. Mazmun va shakl. Mazmun - narsa yoki hodisani aynan shu narsa yoki hodisa sifatida ifodalovchi jarayonlar, muhim elementlar va o`zgarishlarning Shakl- Mazmunning mavjudligi usulini, uning tuzilishini ifodalovchi, narsa va hodisalarning ichki va tashqi tomonlarining birligidan iborat.
5 Sabab va oqibat. Sabab- biror narsa va hodisani rivojlanish jarayonining oqibatidir, boshqacha aytganda bir hodisadan oldin kelib uni vujudga keltirgan hodisa yoki hodisalar guruhi sabab deb ataladi. Sababni bevosita yoki bavosita ta'siri bilan yuz beradigan hodisa oqibat deyiladi.
6. Zaruriyat va tasodif. Narsa va hodisalarning mohiyatidagi, ularning ichki, muhim bog`lanishlaridan muayyan sharoitda qa'tiy ravishda kelib chiqadigan, kelib chiqishi muqarrar voqea yoki hodisa zaruriyat deyiladi. Narsa va hodisalarning mohiyati bilan bog`liq bo`lmagan, yuz berishi ham bermasligi ham mumkin bo`lgan hodisa yoki voqea tasodif deb ataladi.
7. Imkoniyat va voqelik Voqelik bu hozir real mavjud bo`lgan, yashab turgan narsa va hodisalardir. Lekin bu hodisalar rivojlanish jarayonida birdaniga hozirgi holatda bo`lmay, balki dastlab imkoniyat holatida bo`lgan bo`lib, ular o`zlarini ma'lum kelib chiqish davriga, vaqtiga, tarixiga ega. Voqelik o`zining paydo bo`lish davridan oldin imkoniyat shaklida mavjud bo`ladi. Imkoniyat- bu voqelikni kurtak holatdagi ko`rinishidir, u yuzaga chiqmagan voqelikdir. Imkoniyat voqelikka birdan aylanmaydi. U eski voqelik ichida, avvalo, kurtak shaklida mavjud bo`lib, so`ng rivojlanib borib tobora reallasha boradi va ma'lum davrda, ma'lum shart- sharoit tufayli voqelikka aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |