2-ma’ruza 2-mavzu: ontologiya, gnoseologiya va ong falsafasi. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja



Download 125,5 Kb.
bet1/15
Sana30.10.2022
Hajmi125,5 Kb.
#858520
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2-ma\'ruza


2-MA’RUZA


2-MAVZU: ONTOLOGIYA, GNOSEOLOGIYA VA ONG FALSAFASI. FALSAFANING METOD, QONUN VA KATEGORIYALARI.
Reja:
1. Borliq tushunchasining mohiyati va ma'nosi. Bilish – voqelikning in'ikosi. Bilishning asosiy bosqichlari.
2. Harakat tushunchasi. Harakatning asosiy shakllari va ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik. Fazo va vaqt
3. Falsafada qonun tushunchasi va uning mohiyati. Tabiat va jamiyat qonunlarining bir-biridan farqi.
4. Falsafiy qonunlar va ularning o'ziga xos xususiyatlari. Dialektikaning asosiy qonunlari:
5. Falsafiy kategoriyalar mohiyati va xususiyati.


Tayanch so‘z va iboralar: ontologiya, borliq va yo‘qlik, mavjudlik, obyektiv reallik, olam, real olam, virtual olam, abstrakt olam, konkret olam, ijtimoiy olam, olamning moddiy birligi, mavjudlik, tabiat borlig‘i, monizm, dualizm, plyuralizm, materializm, idealizm, substansiya muammosi, inson borlig‘i, ma‘naviy borliq, sotsial borliq, materiya, rivojlanish, harakat, ijtimoiy harakat, fazo, vaqt, tabiat, noosfera, mikrodunyo, makrodunyo va megodunyo, ong, ongni diniy tushunish, vulgar materializmi, ijtimoiy ong, individual ong, odatiy ong, nazariy ong, ijtimoiy psixologiya, ijtimoiy ong shakllari, diniy ong, axloqiy ong, siyosiy ong, iqtisodiy ong, estetik ong, bilish, gnoseologiya, epistemologiya, bilish ob’ekti, bilish sub’ekti, bilish predmeti, bilish bosqichlari, hissiy bilish, aqliy bilish, agnostitsizm, gnostitsizm, sensualizm, rasionalizm, irratsionalizm, bilish shakllari, intuitiv bilish, mantiqiy bilish, tushuncha, hukm, xulosa, g‘oyibona bilish, ilmiy bilish usullari, haqiqat, mutlaq haqiqat, nisbiy haqiqat.
Borliq tushunchasi. Faylasuflar qadim zamonlardan buyon «borliq» va «yo’qlik» haqida bahs yuritishgan. Ular borliqning vujudga kelishi, mohiyati, xususiyatlari va shakllari haqida ko’plab asarlar yozishgan. Xo’sh, borliq nima? Bu savol bir qarashda juda oddiy ko’ringani bilan unga shu cho’qqacha barcha kishilarni birday qanoatlantiradigan javob topilgani yo’q. Bu holat borliqqa turlicha nuqtai nazarlardan qarashlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Masalan, ayrim faylasuflar borliqni moddiylik, moddiy jismlar bilan bog’lab tushuntirishadi. Ularning nuqtai nazarlaricha, borliq-ob‘ektiv realliknigina qamrab oluvchi tushunchadir. U holda fikr, inson tafakkuri, o’y-xayollarimiz borliq tushunchasidan chetda qolar ekanda, degan savolga ular, bunday tushunchalar ob‘ektiv reallikning hosilasidir, deb javob berishadi.
Falsafaning borliq haqidagi ta‘limotni izohlaydigan qismi—ontologiya deb ataladi. (Bu tushunchani falsafada birinchi bor X. Volf qo’llagan). Olam va borliq masalalarini falsafaning ana shu sohasi o’rganadi. Yo’qlik hech nima demakdir. Hamma narsani hech narsaga aylantiruvchi, hamma narsaning ibtidosi ham, intihosi ham yo’qlikdir. Bu ma‘noda yo’qlik cheksizlik, nihoyasizlik va mangulik bilan birdir. Yo’qlik chekingan joyda borliq paydo bo’ladi. Demak, borliqning bunyodkori ham, kushandasi ham yo’qlikdir. Borliq yo’qlikdan yo’qlikkacha bo’lgan mavjudlikdir. Yo’qlikni hech narsa bilan qiyoslab bo’lmaydi. Fanda yo’qlik nima, degan savolga javob yo’q.
Olam quyidagicha namoyon bo`ladi:
- Faqat moddiy jismlardan iborat bo`lgan olamni biz moddiy olam yoki fizik olam deb ataymiz.
- Odamning ruhiy-ma'naviy dunyosini qamrab oluvchi olamni ma'naviy olam deyishadi.
- Olamning mavjudligi shubhasiz bo`lgan va barcha e'tirof etadigan qismi real olam deyiladi.
- Inson bilan birgalikda mavjud bo`lgan olam aktual olam deyiladi.
- Kelajakda mavjud bo`lish imkoniyati bor, bo`lishi mumkin bo`lgan olam potensial olam deyiladi. Masalan, sizning bugungi kundagi talabalik yoshligingiz aktual olamga mansub bo`lsa, kelajakda bilim olib mutaxassis bo`lib yetishingizni esa potentsial olamga mansub deyiladi.
- Kelajakda mavjud bo`lishi ehtimol bo`lgan olam virtual olam (virtual, lotincha virtwalis - ehtimoldagi) deyiladi.
- Aniq ma'lum bo`lgan olam konkret olam deyiladi.
- Tasavvurdagi, idealdagi, orzudagi olam obrazi abstrakt olamga mansubdir.
- Insoniyat jamiyatidagi ijtimoiy faoliyatlar o`zaro munosabatlari, ideallari, maqsadlari, orzu umidlari bilan birgalikda ijtimoiy olamni tashkil etishadi.
-Individual olam, ayni paytda ijtimoiy olamni ham, tashqi olamni ham o`zida aks ettiradi. Bular bir biri bilan chambarchas bog`liqdir.

Download 125,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish