2-ma’ruza 2-mavzu: ontologiya, gnoseologiya va ong falsafasi. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja



Download 125,5 Kb.
bet5/15
Sana30.10.2022
Hajmi125,5 Kb.
#858520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2-ma\'ruza

Fazo va vaqtning xususiyatlari. Fazo va vaqt borliq miqdoriy va sifatiy jihatlarni ifodalashiga qarab, metrik va topologik xususiyatlarga ega. Fazo va vaqtning metrik xususiyatlari borliqning miqdoriy munosabatlarini aks ettirib, o’lchanadigan, ko’zga tashlanadigan va nisbiy tabiatli xususiyatlaridir. Ularga ko’lam, bir jinslilik, izotroplik (anizotroplik) kabi xususiyatlar kiradi. Fazo va vaqtning topologik xususiyatlari esa, borliqning tub sifatiy jihatlarini ifodalaydi. Bunday xususiyatlarga uzuksizlik, bog’langanlik, o’lchamlilik, kompaktlik, tartiblanganlik singari xususiyatlar kiradi. Vaqtning topologik xususiyatlariga orqaga qaytmaslik, bir o’lchamlilik kabi xususiyatlar qo’shiladi. Fazo (vaqt) ning metrik o’zgarishlari borliq strukturasini jiddiy o’zgartira olmaydi, topologik o’zgarishlar esa borliqning sifatiy o’zgarishiga sababchi bo’ladi. Masalan, bir bog’langan sistemaning ko’p bog’langan sistemaga o’tishi fazo topologiyasini tubdan o’zgartiradi, ya‘ni fazoning ikki nuqtasini tutashtiruvchi turlicha yo’llar paydo bo’ladi. Bunday fazoda katta idishning ichiga kichik idishni sig’dirish mumkin bo’ladi. O’lcham darajasi ko’p bo’lgan sistema o’lchov darajasi kam bo’lgan sistemaga nisbatan ko’rinmas va murakkab bo’ladi. SHuningdek, fazo va vaqtning metrik xususiyatlarini kuchli o’zgarishi topologik xususiyatlarining o’zgarishiga olib kelishi mumkin. Masalan, fazoning egrilik darajasi kuchli o’zgarsa, bir bog’langan fazo ko’p bog’langan fazoga aylanishi mumkin.
Substansiya - muayyan narsalar, xodisalar, voqealar va jarayonlarinng xilmaxil ko’rinishlari ichki birligini ifoda etuvchi va ular orqali namoyon bo’luvchi mohiyatdir. Olamning asosida bitta mohiyat -substansiya yotadi, deb hisoblovchi ta‘limotni monizm deb atashadi. Faylasuflar substansiya sifatida biror jismni, hodisani, materiyani, g’oyani yoki ruhni olishgan. Substansiya sifatida moddiy jismlarni, materiyani oluvchilar-materialistik monizm tarafdorlari. G’oyani, ruhni oluvchilar esa-idealistik monizm tarafdorlari hisoblanadilar. SHuningdek, olamning asosida ham moddiy jism yoki materiya, ham g’oya yoki ruh yotadi deb hisoblovchi faylasuflar dualistlar (dualizm lotincha, dualis-ikkilangan degan tushunchani anglatadi) deb hisoblanadi. Arastu, Moniy, R. Dekart va boshqalar dualistlardir. Olamning asosida ko’p substansiyalar yotadi deb hisoblovchilarni esa plyuralizm (lotincha pluralis-ko’pchilik so’zidan olingan) tarafdorlari deb atashadi.
Insonning uzini kurshagan dunyoga bulgan munosabatlaridan biri – bilishdir. Inson o’z hayoti davomida faqat tashki dunyoni, ya‘ni tabiat va jamiyatnigina bilib qolmasdan, balki o’zini, o’zining ruxiy - ma‘naviy dunyosini ham bilib boradi. Falsafa esa inson bilishining eng umumiy tomonlarini, qonu- niyatlarini va xususiyatlarini o’rganadi va ochib beradi.
Falsafa paydo bo’lganidan boshlab, inson bilishining tabiati va mohiyatini nima tashkil qiladi? Uning eng umumiy qonunyatlari va xususiyatlari nimalardan iborat, degan savollarga javob qidirib va javob berib keldi. SHu sababli, falsafada inson bilishining falsafiy muammolari bilan shug’ullanmagan birorta xam falsafiy oqim, birorta xam faylasuf yo’q. Aksincha, hamma falsafiy oqimlar va falsafiy yo’nalishlar bu sohaga oid o’z qarashlarining ma‘lum tizimini ishlab chiqqanlar. Natijada, falsafada inson bilishining tabiati va mohiyati haqida turli xil ta‘limotlar, turli xil qarashlar kelib chiqdi. Bir guruh faylasuflar insondan, uning ongidan tashqari dunyo mavjud emas, dunyo faqat bizning ongimizda, bizning sezgi va idroklarimiz yig’indisidan (kompleksi va kombinatsiyalari)dan iborat xolos, binobarin biz o’z sezgi va idroklarimiznigina bila olamiz, degan fikrlarni bildirganlari ma‘lum.
Boshqa bir guruh faylasuflar esa insoning dunyoni va o’zini bilishga shubha bilan qaraydilar, inson dunyoni to’liq bila olmaydi, deyishib, inson bilishini cheklaydilar yoki dunyoni bilishni butunlay inkor qiladilar. Skeptisizm ta‘limoti vakillari inson bilishining nisbiyligi, uning turli sharoitlar va vaziyatlar bilan bog’lik ekanligini aytishib, hamma e‘tirof qiluvchi isbot talab qilinmaydigan inson bilimlarining bo’lishi mumkinligiga shubhalanadilar.
Dunyoni bilishni qisman yoki butunlay inkor qiluvchi falsafiy ta‘limot bo’lgan agnostisizm vakillari inson dunyoni bilishga qodir emas, degan g’oyani ilgari suradi. Masalan, ingliz faylasufi D. Yum ta‘limotiga ko’ra, bilish ob‘ekti bilimlarimizning manbai ob‘ektiv borliq emas, balki sub‘ektiv sezgi va idroklarimizdir, biz o’z sezgi va idroklarimiz chegarasidan tashqarida nima borligini bila olmaymiz. Nemis faylasufi I. Kant esa insondan va uning ongidan tashqarida ob‘ektiv borliqning mavjudligini e‘tirof qilgan holda, undagi predmet va hodisalarni "narsalar biz uchun" va "narsalar o’zida" bo’ladi. Uning qarashicha, "narsalar biz uchun" ni inson bila oladi, "narsalar o’zida"ni esa inson bila olmaydi. Kantning "narsalar biz uchun"ni-bu insonni qurshab turgan predmetlar va hodisalar, shu jumladan, tabiat ham. "Narsalar o’zida " esa: erkinlik,o’lmaslik, xudo va shu kabilardir. Ularni inson hech qachon to’liq bila olmaydi. Kant o’z bilish nazariyasida e‘tiqodga o’rin qoldirish, uni mustahkamlash uchun aqlni tanqid qiladi va cheklaydi. U inson aqlini nazariy va amaliy aqllarga bo’ladi, amalaiy aql, uningcha cheklangan. Uning qarashicha, inson tajriba va amaliyot bilan har qanday bilishga ham ega bo’lavermaydi. Inson bilishida insonning tajribasigacha unda aprior (lot. apriori- so’zidan olingan bo’lib, tajribadan oldin degani) bilimlar buladi. Bu aprior bilimlar tug’ma bilimlardir. Inson aqli bu bilimlarga tajribagacha ega bo’lgandir. Kantning fikricha, falsafiy bilimlar ayni shunday aprior bilimlardan iboratdir.

Download 125,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish