Valyuta almashinuv kursini tartibga solish bu vaziyatdan chiqishning yagona yo’lidir.
Nominal va real valyuta kurslari o’zaro farqlanadi. Nominal valyuta kursi valyutalarning almashinuv kursi deyiladi. YUqorida biz aynan nominal valyuta kursi haqida fikr yuritdik.
Real valyuta kursi ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy bahosidir.
Real valyuta kursi bir mamlakat tovarlari boshqa mamlakat tovarlariga almashishi mumkin bo’lgan nisbatni ko’rsatadi, shu tufayli u savdo sharoiti ham deb yuritiladi.
Nominal va real valyuta kurslari o’rtasidagi nisbat quyidagi ko’rinishga ega.
Pd
Er = En ——————
Pt
Bu yerda : yer – real valyuta kursi; yen - nominal valyuta kursi ;
Rd – milliy valyutada ko’rsatilgan ichki baholar darajasi (indeksi);
Rt – xorijiy valyutada ko’rsatilgan chet eldagi baholar darajasi (indeksi).
Har ikkala mamlakatdagi baholar darajasi (indeksi) bir xil bazis yilga nisbatan berilgan. Real valyuta kursining ko’tarilishi (pasayishi) bu mamlakat tovarlari raqobatbardoshligining pasayganligi (oshganligi) to’g’risida guvohlik beradi.
Pul nafaqat muomala yoki to’lov vositasi, balki jamg’arish vositasi ham hisoblanadi. Iflyatsiya sharoitida jamg’arish vositasi sifatida milliy valyutadan emas, balki xorijiy valyutadan foydalaniladi.
Valyuta bozori, depozitlar (qo’yilmalar) va qimmatbaho qog’ozlar bozori bilan bevosita aloqaga ega. Bunda asosan foiz me’yorlari asosiy ahamiyatga ega. Agarda, foiz me’yorlari baholar o’sishini qoplasa, mijozlar esa moliya institutlariga ishonch hosil qilishsa, jamg’arma bozori valyuta bozoriga asosiy raqobatchi bo’lishi mumkin. Ko’pgina mamlakatlarning statistik kuzatishlaridan shu ma’lum bo’lganki, depozitlar va qimmatbaho qog’ozlar bozoridagi operatsiyalar o’sishi bilan, valyuta bozorlariga iste’molchilar tomonidan bo’ladigan ta’sir o’z-o’zidan kamayadi.
Sarmoyachilar qanday qilib bo’lsa ham o’zlarining vaqtincha bo’sh turgan resurslaridan unumli foydalanish va shuningdek, nafaqat o’z resurslaridan, balki xorij aktivlaridan ham foydalanish yo’llarini izlashadi. CHunki, jahon moliya bozorining asosiy qismini kapital aktivlar tashkil etadi.
Agarda, depozit stavkalari oshsa, pul oqimi valyuta kursining oshishiga olib keladi. Xorijiy sarmoyadorlar uchun, ya’ni, ushbu mamlakat depozitiga o’z sarmoyalarini qo’yishni xohlovchilar uchun ularning valyutalari foiz stavkalaridan keladigan foydadan ko’ra qimmatliroq bo’ladi.
18.4. Xarid qobilyati pariteti
Bu savolda nominal kurslarga xarid qobiliyati pariteti qanday ta’sir ko’rsatishi mumkinligini ko’rib chiqamiz.
Xarid qobilyati pariteti konsepsiyasi narxlarning tenglashuvi nazariyasiga asoslanadi. YA’ni, bir xil tovar turli joylarda har xil narxlarda sotilishi uzoq davom etmaydi Agarda, AQSH dollariga mamlakat ichida chet mamlakatlarga nisbatan ko’proq mahsulot sotib olish mumkin bo’lsa, u holda mamlakat ichkarisida sotib olingan mahsulotni chetga sotish orqali foyda olish mumkin. Oqibatda foyda olish maqsadida xorijga tovar olib chiqish ko’payadi va baholar tenlashishiga sabab bo’ladi.
Xarid qobiliyati pariteti konsepsiyasiga ko’ra valyuta kursi doimo turli mamlakatlarda baholar darajasining o’zgarishi natijasida kelib chiqadigan farqni qoplash uchun zarur bo’lgan darajada o’zgaradi. YA’ni:
Do'stlaringiz bilan baham: |