2-LABORATORIYA ISHI (BOSHI). DISPETCHERLIK MARKAZLASHTIRUV TIZIMIDAGI UCHASTKALARDA POYEZD DISPETCHERINING GRAFIKDAN TASHQARI QO‘YILADIGAN POYEZDLARNI QABUL QILISH VA JO‘NATISH BO‘YICHA HARAKATLARINI O‘RGANISH
1. Tiklash, о‘t о‘chirishpoyezdlari, maxsus о‘ziyurarharakattarkibivayordamchilokomotivlarningharakati Tiklash, о‘t о‘chirish poyezdlari, maxsus о‘zi yurar harakat tarkibi va yordamchi lokomotivlar yо‘lda tо‘xtab qolgan poyezd yetakchi lokomotivining mashinisti (mashinist yordamchisi) ning yordam sо‘rab (yozma ravishda, telefon yoki radio aloqa orqali uzatilgan) qilgan talabi, shuningdek, yо‘l, elektr ta’minoti, signalizatsiya va aloqa xizmati xodimlarining talabi asosida tayinlanadi.
Tiklash va о‘t о‘chirish poyezdlari bu poyezdlar tо‘g‘risida amal qilayotgan tegishli qoidalar asosida chaqiriladi. Tiklash, о‘t о‘chirish poyezdlari, maxsus о‘zi yurar harakat tarkibi va yordamchi lokomotivlarni jо‘natish va ularni belgilangan manziliga harakatlanishi poyezd dispetcherining buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi.
Yordam talab qilganda peregonda tо‘xtab qolgan poyezdning mashinisti (mashinist yordamchisi) stansiya navbatchisi yoki poyezd dispetcheriga poyezdning boshi qaysi kilometrda joylashganligini, nima sababdan va qaysi vaqtda yordam zarurligini xabar qilishi shart. Stansiya navbatchisi yoki poyezd dispetcheri bilan telefon va radio aloqasi bо‘lmagan favqulotda holatlarda stansiyaga yozma talabnomani yetkazish uchun poyezd lokomotividan foydalanish mumkin. Vagon g‘ildiraklari ostiga tormoz boshmoqlari qо‘yilib va qо‘l tormozlari ishga tushirilib, vagonlarni о‘z-о‘zidan ketib qolishidan mahkamlangandan sо‘nggina lokomotivni tarkibdan uzishga ruxsat etiladi. Lokomotiv tarkibdan ajratilishidan avval qoldirilayotgan vagonlarning avtotormozlari ham (sо‘nggi kranni tо‘liq ochish yо‘li bilan) ishga tushirilishi kerak. Stansiyaga talabnomani yetkazish uchun yо‘lovchi poyezdi lokomotividan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
Tо‘xtab qolgan poyezd tarkibi joylashgan yо‘lning profiliga kо‘ra vagonlarni mahkamlash uchun mavjud vositalar yetarli bо‘lmasa, vagonni lokomotivdan ajratish taqiqlanadi. Zarur hollarda ikki yо‘llik peregonlarda stansiya navbatchisiga yordam tо‘g‘risida yozma talabnomani yetkazish uchun qarama-qarshi yо‘nalishdagi poyezdning lokomotiv brigadasidan foydalanishga ruxsat etiladi.
Tiklash, о‘t о‘chirish poyezdi, maxsus о‘zi yurar harakat tarkibi yoki yordamchi lokomotivni yuborish xaqidagi talabni qabul qilgandan sо‘ng stansiya navbatchisi bu tо‘g‘rida darhol poyezd dispetcheriga xabar beradi. Telefon yoki radio aloqa orqali qabul qilingan talab poyezdlar harakati jurnaliga yoziladi.
Yordam tо‘g‘risida talab qabul qilgan poyezd dispetcheri bu xaqda darhol YADM ning yо‘nalish bо‘yicha navbatchisiga xabar qiladi.
YADM ning yо‘nalish bо‘yicha navbatchisi va poyezd dispetcheri peregonni chegaralovchi qaysi stansiyadan yordam kо‘rsatilishi va zarurat tug‘ilganda vagonlar qaysi stansiyaga olib chiqilishini birgalikda aniqlaydilar.
Poyezd radio aloqasi mavjudligida yordam kо‘rsatishning belgilangan tartibini poyezd dispetcheri (bevosita yoki stansiya navbatchisi orqali) tо‘xtab qolgan poyezd mashinistiga yetkazishi lozim.
Poyezd dispetcheri tiklash, о‘t о‘chirish poyezdlari va yordamchi lokomotivlarning jadal harakatlanishini ta’minlashi va tegishli ma’lumotlar mavjud bо‘lsa, poyezdni ishga tayyorlab borish uchun hodisa sodir bо‘lgan joydagi vaziyatni tiklash (о‘t о‘chirish) poyezdlari boshliqlariga ma’lum qilishi shart.
Boshqa poyezdlar harakati uchun yopiladigan peregonga tiklash, о‘t о‘chirish poyezdlari, maxsus о‘zi yurar harakat tarkibi va yordamchi lokomotivlar barcha holatlarda Yо‘riqnomaning 282 bandida belgilangan tartibda jо‘naydilar. Lokomotiv mashinistiga diagonali bо‘ylab qizil polosali oq blankada ruxsatnoma (DU-64 aklidagi blank __-betda keltirilgan) beriladi. Unda talabnomaga asosan va poyezdning qaysi tomonidan (oldidan yoki ortidan) yordam kо‘rsatilishiga bog‘liq ravishda tiklash, о‘t о‘chirish poyezdi yoki yordamchi lokomotiv yetib borishi lozim bо‘lgan joy (kilometr) kо‘rsatiladi.
Yordam poyezdning ortidan kо‘rsatilsa, unda talabnomada kо‘rsatilgan kilometr poyezdning uzunligini hisobga olib о‘zgartiriladi.
Tо‘siq joyida peregonda poyezdlarning harakati uchun yordamchi post ochilgan holatlarda ham mashinistga diagonali bо‘ylab qizil polosali oq blankadagi ruxsatnoma beriladi. Bunda tiklash, о‘t о‘chirish poyezdlari va yordamchi lokomotivlarning harakati peregonni chegaralovchi stansiya navbatchilarining post navbatchisi bilan ilgaridan kelishuviga asosan amalga oshiriladi.
Markazlashtirilgan dispetcherlik bilan jihozlangan uchastkalarga yordamchi lokomotivlarni jо‘natish tartibi Yо‘riqnomaning 61 bandida belgilangan.
Peregonga yordam kо‘rsatish uchun jо‘natilayotgan tiklash, о‘t о‘chirish poyezdi lokomotivi, maxsus о‘zi yurar harakat tarkibi yoki yordamchi lokomotivning mashinisti, diagonali bо‘ylab qizil polosali oq blankadagi ruxsatnomada kо‘rsatilgan joyga ikki kilometr qolganda tezlikni kamaytirishi va shundan sо‘ng о‘ta ehtiyotkorlik va tо‘siq oldida darhol tо‘xtashga tayyor holda harakatlanishi shart.
Yordam talab qilingan poyezdga yoki harakatni tiklash (о‘t о‘chirish, uyumni tozalash va h.z.) uchun ishlarni bajarish zarur joyga yetmasdan mashinist poyezdni tо‘xtatishi va shundan sо‘ng normal harakatni tiklash bо‘yicha ishlarni boshqarayotgan shaxsning kо‘rsatmalariga binoan harakatlanishi lozim. Yordamchi lokomotiv mashinisti belgilangan manzilga yetib kelgandan sо‘ng, о‘z harkatlarini tо‘xtab qolgan poyezd mashinisti bilan muvofiqlashtiradi.
Tiklash, о‘t о‘chirish poyezdi, yordamchi lokomotiv, maxsus о‘zi yurar harakat tarkibini peregonga jо‘nagan va peregondan qaytgan vaqtini stansiya navbatchisi poyezdlar harakati jurnalida qayd etishi va bu tо‘g‘rida darhol peregonni chegaralovchi qо‘shni stansiya navbatchisi va poyezd dispetcheriga xabar qilishi lozim.
Vujudga kelgan tо‘siqlarni bartaraf qilish ishlarida ishtirok etgan yо‘l xizmati (lavozimi yо‘l ustasidan kichik bо‘lmagan) katta xodimining peregon bо‘ylab harakatni tiklash mumkinligi tо‘g‘risidagi (yozma, telefon yoki radio aloqa orqali uzatilgan) xabarnomasi asosida poyezd dispetcheri bergan buyruqqa kо‘ra peregon yoki tegishli yо‘l poyezdlar harakati uchun ochiladi.
Kontakt tarmog‘i shikasti bartaraf qilingani tо‘g‘risida xabarnoma tiklash ishlariga rahbarlik qilgan elektr ta’minoti distansiyasi xodimining xabarnomasiga asosan energodispetcher tomonidan uzatiladi.
Avtoblokirovka bilan jihozlangan peregonlarda blokirovka qurilmalari ishdan chiqqanda, avtomatik blokirovka bо‘yicha poyezdlar harakatini tiklash uchun SSB elektromexanigining tegishli xabarnomasini olishi lozim.
Harakat tarkibi izdan chiqmagan va peregonda biron-bir qurilmaning shikastlanishi bо‘lmagan bо‘lsa, yordamchi lokomotiv mashinistining ma’lumoti yoki yordam kо‘rsatish ishlariga rahbarlik qilgan xodimning peregondan tarkib chiqarilib, peregon bо‘shaganligi xaqidagi ma’lumotidan sо‘ng poyezdlar harakati ochiladi.
Avtoblokirovka bilan jihozlangan ikki yо‘llik peregonlarda ushbu peregonning tegishli yо‘li, tо‘xtab qolgan poyezd tarkibini tо‘g‘ri yо‘ldan olib chiqish boshlangani xaqidagi yordamchi lokomotiv mashinistidan radio aloqa orqali xabar olinganidan sо‘ng ochilishi mumkin.
Peregonda poyezd ajrab ketganda (uzilganda) mashinist quyidagilarni bajarishi shart:
sodir bо‘lgan voqea xususida radio aloqa orqali peregonda harakatlanayotgan poyezdlar mashinistlari va peregonni chegaralovchi stansiyalar navbatchilariga xabar berishi lozim, ular esa о‘z navbatida bu tо‘g‘rida poyezd dispetcheriga xabar qiladilar. Radio aloqa bо‘lmaganda xabar TFQ ning 275 bandida belgalangan tartibda aloqaning boshqa vositalari orqali uzatiladi;
mashinist о‘z yordamchisi orqali tarkibning va ajrab ketgan vagonlarning biriktirish asboblarining holatini tekshirib kо‘rishi va ular soz bо‘lsa, poyezd tarkibini biriktirishi lozim. Birlashtirish maqsadida tarkibning ajrab ketgan qismlarini о‘ta ehtiyotkorlik bilan tо‘xtatish lozim, bunda vagonlar urilishidagi tezlik 3 km/soat dan oshmasligi lozim;
shikastlangan tormoz yenglarini zahirada mavjudlari yoki oxirgi vagondan yoki lokomotivning oldingi brusidan yechib olinganlari bilan almashtirish kerak.
Poyezd tarkibining ajrab ketgan qismlarini 20 minut va undan ortiq vaqtda biriktirishni iloji bо‘lmagan barcha holatlarda lokomotivning mashinisti, poyezdning lokomotivsiz qolgan qismi tormoz boshmoqlari va qо‘l tormozlari bilan mahkamlanishi uchun choralar kо‘rishi shart.
Ajrab ketgan qismlar birlashtirilgandan sо‘ng mashinist yordamchisi sо‘nggi vagonning nomeri va unda poyezd signalining mavjudligi bо‘yicha tarkibning butligiga ishonch hosil qiladi. Harakat boshlanishidan avval vagon g‘ildiraklari ostidan tormoz boshmoqlari chiqarilishi, qо‘l tormozlari qо‘yib yuborilishi va tormozlarning qisqa sinovi о‘tkazilishi lozim.
Quyidagi holatlarda peregonda poyezd qismlarini biriktirish taqiqlanadi:
a) signallarni farqlash qiyin bо‘lgan tuman, qor bо‘roni va boshqa noqulay sharoitlarda;
b) uzilgan qism 0,0025 dan tikroq qiyalikda joylashgan bо‘lib, birlashtirish zarbidan poyezd harakatiga qarama-qarshi tomonga ketib qolishi mumkin bо‘lsa.
Favqulotda holatlarda tarkibning ajrab qolgan qismi bilan birlashtirish uchun Yо‘riqnomaning 209 bandida kо‘zda tutilgan tartibda orqadan kelayotgan poyezd lokomotividan foydalanish mumkin.
Poyezdni biriktirish mumkin bо‘lmasa, mashinist Yо‘riqnomaning 189 bandida belgilangan tartibda tiklash poyezdini yoki yordamchi lokomotivni talab qilishi kerak, bunda u qо‘shimcha talabnomada poyezdning ajrab ketgan qismlari orasidagi taxminiy masofani ham kо‘rsatishi lozim.
Yо‘riqnomaning 189 bandida belgilangan favqulotda holatlarda yordam talabnomasini stansiyaga yetkazish uchun poyezd lokomotividan (vagonlar bilan yoki yakka о‘zidan) foydalanish mumkin. Bunday lokomotivning orti signalizatsiya tо‘g‘risidagi Yо‘riqnomaning 86 bandida kо‘zda tutilgan tartibda belgilanishi lozim.
Odamlari bо‘lgan va 1 klass xavfli yuk ortilgan (VM) vagonli tarkiblarni peregonda qо‘riqlashsiz qoldirish taqiqlanadi.
Stansiyaga yordam sо‘rab ketayotgan poyezdning mashinisti quyidagilarga amal qilishi shart:
avtomatik blokirovka bilan jihozlangan peregonlarda uning signallariga amal qilishi;
yо‘l postlari (blokpostlar)ga ega yarim avtomatik blokirovkali peregonlarda yо‘ldagi birinchi blokpostda tо‘xtab, sodir bо‘lgan voqea tо‘g‘risida poyezd dispetcheriga xabar berishi. Blokpost navbatchisi bunday lokomotivni о‘tish signalining ruxsat kо‘rsatmasiga binoan jо‘natadi, ammo о‘tish blokirovka signalini bermaydi. Peregondagi boshqa blok-post navbatchilari Yо‘riqnomaning 91 bandida kо‘zda tutilgan tartibda harakat qiladilar. Elektr jezl tizimi bilan jihozlangan peregonlarda poyezd tarkibi qoldirilgan peregonning jezlini stansiyaga yordam talab qilib kelgan mashinist stansiya navbatchisiga beradi. Peregon bо‘shatilib, normal harakat tiklanguniga qadar stansiya navbatchisi jezlni apparatga solmasdan saqlashi shart.
Peregonni yopish va peregonda tо‘xtab qolgan poyezdga yordam kо‘rsatish uchun lokomotiv yoki poyezdni jо‘natish Yо‘riqnomaning 192 bandida kо‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi. Poyezdga ort tomondan yordam kо‘rsatilib, ort qismi joylashgan yer ma’lum bо‘lmasa, yordamchi lokomotiv (tiklash poyezdi) mashinistiga diagonali bо‘ylab qizil polosali oq rangdagi blankadagi ruxsatnomadan tashqari, quyidagicha ogohlantirish beriladi: