«№___poyezd mashinistiga tarkibni yengilroq profilga surib tо‘xtatishga ruxsat beraman, _____ stansiyaning kirish signali ("Stansiya chegarasi" signal belgisi) gacha bо‘lgan yо‘l uchastkasi poyezdlardan bо‘sh. DNS ______».
Peregonda motorvagon poyezdi majburan tо‘xtab qolib, uning keyinchalik mustaqil harakatlanishiga iloji bо‘lmasa, unga ortidan kelayotgan motorvagon poyezdini, peregondan yо‘nalishdagi birinchi stansiyaga ikkilangan tarkibda chiqarish uchun ulash ruxsat etiladi. Ikkala poyezdning avtotormozlari umumiy magistralga qо‘shilishi lozim.
Ikkala poyezdning mashinistlariga (bu maqsadda mavjud barcha aloqa vositalaridan foydalanib) quyidagi shaklda uzatiladigan poyezd dispetcherining qayd etiluvchi buyrug‘iga binoan tarkiblar birlashtiriladi:
«№_____ va №_____ poyezdining mashinistlari. Poyezdlarni birlashtirib, ikkilangan tarkib bilan _____________ stansiyasigacha harakatlaninglar. DNS ___________».
Birlashtirilgan poyezdni birinchi poyezdning boshqaruv kabinasidan boshqarishning iloji bо‘lmasa, poyezd va tormozlar ikkinchi poyezdning boshqaruv kabinasidan boshqariladi, bunda harakatlanish tezligi 25 km/soat dan oshmasligi lozim. Birinchi poyezdning boshqaruv kabinasida mashinist bо‘lib, harakatni kuzatib borishi va zarurat tug‘ilganda shoshilinch tormozlash bilan tо‘xtash choralarini kо‘rishi shart.
Birlashtirish va ikkilangan tarkib bilan harakatlanishda ikkala poyezd lokomotiv brigadalarining ish tartibi mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, DATK raisi tomonidan belgilanadi.
Peregonda yо‘lovchi poyezdining majburiy tо‘xtab qolishida, uning keyinchalik mustaqil harakatlanish imkoni bо‘lmasa, bu poyezdga yordam, yordamchi lokomotiv bilan poyezdning bosh tomonidan ham va poyezdning ort tomonidan ham, yо‘lovchi poyezdini muvofiq ravishda oldinda yoki orqada joylashgan stansiyaga olib chiqish yо‘li bilan kо‘rsatilishi mumkin. Yordamchi lokomotiv mashinisti kutilayotgan harakat yо‘nalishi xaqida yо‘lovchi poyezd mashinistini, u о‘z navbatida bu xaqda yо‘lovchi poyezdi boshlig‘i (mexanik-brigadir) ni ogohlantirishi kerak.
(oq rangda, dioganali bо‘ylab qizil rangda)
Izoh. Ruxsatnomada poyezd yopiq peregonga nima maqsadda jо‘natilayotgani kо‘rsatilishi kerak, masalan: «№___ poyezd tarkibini peregondan _________ stansiyasiga chiqarish uchun», «peregonda tо‘xtab qolgan №____ poyezdni surish, surishdan sо‘ng _________ stansiyasiga qaytish uchun», «yо‘lni ta’mirlash ishlarini bajarish va keyinchalik ishlar rahbarining kо‘rsatmasiga binoan peregondan qaytish uchun» va h.z.
Do'stlaringiz bilan baham: |