«№_______ poyezdi lokomotivi mashinisti. Oldinda tо‘xtab qolgan №_________ poyezdga yordam kо‘rsating. DNS _________». Yordam ortdan kelayotgan yuk poyezdidan ajratiladigan lokomotiv tomonidan kо‘rsatilsa, buyruq quyidagi shaklda uzatiladi:
«№_______poyezd mashinistiga. Poyezd tarkibini mahkamlang, undan ajraling va oldinda tо‘xtab qolgan №__________ poyezdga yordam kо‘rsating. DNS _______». Bunday buyruqni berishdan avval poyezd dispetcheri lokomotiv uzilishi lozim bо‘lgan poyezd tarkibi qulay profilda joylashganini, uni tormoz boshmoqlari va qо‘l tormozlari bilan Yо‘riqnomaning 189 bandida kо‘zda tutilgan tartibda ketib qolishidan mahkamlash mumkinligiga ishonch hosil qilishi shart. Vagonlarni ketib qolishdan mahkamlamasdan turib lokomotiv mashinistiga lokomotivni poyezd tarkibidan ajratish taqiqlanadi.
Yordam kо‘rsatish uchun foydalaniladigan lokomotiv mashinistlariga poyezd dispetcherining buyrug‘ini olgandan sо‘ng band blok-uchastkaga kirib, oldinda turgan poyezd oldida tо‘xtash imkonini beruvchi tezlikda harakatlanishga ruxsat etiladi. Ushbu poyezd tarkibiga yetmasdan turib mashinist tо‘xtashi, oxirgi vagonning avtoulagichini shaxsan kо‘zdan kechirishi, lokomotiv avtoulagichini "buferga" holatiga mahkamlashi, shundan keyingina ehtiyotkorlik bilan tarkibga yurib borishi lozim. Surish birinchi poyezdning mashinisti beradigan signal (kо‘rsatma)ga asosan boshlanadi, shundan sо‘ng ikkala lokomotivning mashinistlari о‘zaro radio orqali aloqa qilib, harakatlarini muvofiqlashtirishlari shart. Yordam kо‘rsatishga ehtiyoj qolmagandan sо‘ng ikkinchi lokomotiv, yetakchi lokomotivning signali (kо‘rsatmasi)ga binoan surishni tо‘xtatadi. Yordam tо‘xtab qolgan poyezdning ortidan kelayotgan yakka lokomotiv tomonidan kо‘rsatilgan bо‘lsa, surishni tо‘xtatgandan sо‘ng u avtoblokirovka signallari bо‘yicha harakatni mustaqil davom ettiradi.
Yordam orqadan kelayotgan poyezddan ajratilgan lokomotiv tomonidan kо‘rsatilgan bо‘lsa, ushbu lokomotiv surishni tо‘xtatgandan sо‘ng ortda qolgan tarkibga qaytadi, bunda, yordam kо‘rsatish jarayonida poyezd bilan birgalikda oldindagi stansiyaga yetib kelgan bо‘lsa, peregonda qolgan tarkibga stansiya navbatchisining kо‘rsatmasiga binoan, peregonni egallashi uchun qо‘shimcha ruxsatsiz qaytadi. Ortda qolgan tarkibga yetib bormasdan turib mashinist lokomotivni tо‘xtatadi va avtoulagichni biriktirishga tayyor ekanligiga shaxsan ishonch hosil qiladi. Lokomotivni tarkibga ulanish uchun keyingi harakati alohida extiyotkorlik bilan amalga oshiriladi.
Lokomotiv ulanib, tormozlash havo magistrali belgilangan bosimgacha tо‘ldirilgandan sо‘ng avtotormozlarning qisqa sinovi о‘tkaziladi, shundan sо‘ng lokomotiv brigadasi xodimlari yoki bosh konduktor vagon g‘ildiraklari ostidan tormoz boshmoqlarini chiqarib oladilar va qо‘l tormozlari qо‘yib yuboriladi.
Peregonda tо‘xtab qolgan poyezdga orqadan kelayotgan poezd tomonidan yetakchi lokomotivini ajratmasdan yordam kо‘rsatilishiga favqulotda holatlarda, faqat DATK raisi tomonidan belgilangan uchastkalarda hamda yordam kо‘rsatishda foydalaniladigan poyezdning uzunligi va og‘irligi belgilangan meyorlardan oshmagan holatlardagina ruxsat beriladi. Shu usulda yordam kо‘rsatish ruxsat etilgan peregon va uchastkalarni belgilash bilan bir vaqtning о‘zida DATK raisi tomonidan ushbu jarayonni amalga oshirishda xodimlarning (poyezd dispetcherlari, poyezd lokomotivlarining mashinistlari, stansiya navbatchilari va h.z.) bajaradigan ishlari ham tayin etilishi lozim.
Peregonda ajrab ketgan yuk poyezdi qismlarini birlashtirishda Yо‘riqnomaning 197 bandida kо‘zda tutilgan holatlarda faqat uzilish rо‘y bergan tarkib mashinistining iltimosiga kо‘ra yordam kо‘rsatiladi. Yordam yakka lokomotiv tomonidan yoki uzilib ketgan poyezddan keyin borayotgan yuk poyezdi tomonidan lokomotivini ajratmasdan turib kо‘rsatilishi mumkin.
Bunday holatlarda yordam kо‘rsatish tо‘g‘risidagi dispetcherning buyrug‘i quyidagi shaklda uzatiladi: