27
2.2
Zarafshon voxasi antropologiyasi
O’rta Osiyoning buyuk allomalari tomonidan bunyod etilgan kitoblar qadim
zamonlardan beri xalkimizga ma`naviy ozuqa berib keladi. Kitoblar inson va
jamiyatning ma`naviy boyishiga xizmat qiladi. Ilg’or odamlar kitoblarning bilim,
fan, san`at, hunarlarni ravnaq topdirishnnng buyuk quroli ekanligini yaxshi
bilar
edilar. Kitob insonga mehnat qilishga va yashashga yordam beradi. Inson aqli va
hissiyotlariga kuchli ta`sir ko’rsatadi. Utgan asrlardayoq Herman (Arman)
Vamberi «Alisher Navoiy asarlari har bir uzbek oilasida xazina» ekanligini
hayratlanib yozgan edi. Ajoyib kitoblarning xazinalari xalqning o’zida,
xonadonlarda saqlanar edi. Odamlar kitoblarni avaylab-asrab, keyingi avlodlarga
etkazar edilar. Kitoblarni ko’chirib yozish, asrash va tarqatish juda katta savob ish
hisoblanardi. CHunonchi, XIX asr va XX asr boshlarida Buxoro shahrida 20 ta
uzbek va tojik olimining shaxsiy kutubxonasida 10 ming nusxa turli sohalarga doir
qo’lyozma va toshbosma kitoblar saqlanar edi. Hozir shu qo’lyozma va toshbosma
kitoblarning ko’pchiligi sobiq Itgifoq, Uzbekistan va Tojikiston sharqshunoslik
institutlarining fondlarida saqlanmoqda., Faqat Uzbekiston Fanlar akademiyasi
SHarqshunoslik institutida turli sohalarga oid 30 ming toshbosma asar
saqlanmoqda. Bular orasida mohir hattotlar - kalligraflar ko’chirgan, falsafa, tarix,
adabiyot, tabiiyot va boshqa sohalarga oid qo’lyozmalar bor. Lekin, feodalizm
tuzumining ijtimoiy-iqtisodiy qonuniyati va talabiga ko’ra kitob ko’chirish va
kitob to’plash ishlari hozirgidan boshqacha edi. Ruhoniylar hamma tabaqalarga
mansub odamlarning shariatga, dini islomga zid asarlarni tarqatishiga yo’l bermas
edilar
12
. Bunday qilganlar qattiq jazolanar edi. SHuning uchun ham aholida tabiiy
fanlarga doir kitoblarga nisbatan diniy-mistik ruhdagi «Rashohat-aynul-hayot»,
«Tazkiratul-avliyo»,
«Xazinatul-asfiyo»,
«Safinatul-avliyo»,
«Mazoroti
Samarqand» («Samariya»), «Sayqalnoma», «Me`rojnoma», «Maslakul-mutta-
qiyn», «Sabotul-ojizkiyn», «Abu Muslim», «Kimiyoi-saodat» kabi kitoblar ko’p
bo’lar edi. Bu kitoblarda diniy-fantastik, ilmi-gayb (g’oyibot sirlari), avliyo va
12
Alimov I., Ergashev F., Butaev A. Arxivshunoslik. - T1997
28
payg’ambarlarning ilohiy mo’`jizalari, oxiratdagi jannat rohatlari va do’zax
azoblari tasvirlangan edi. Hokimlar diniy bilimlarni keng tarqatish uchun Ahmad
YAssaviy, Sulaymon Baqirg’oniy (Bag’riqoniy), Jaloliddin Rumiy, So’fi Olloyor
va boshqa mutasazviflarning ijodiy merosiga katta e`tibor berar edilar. Mir Olim
Buxoriyning yozishicha, amir SHohmurod «... har madrasaga mudarris va har
machitga imom tayinladi. Har bir tuman (rayon) da va shaharda ilohiyotchi
olimlar... qozilar va raislar diniy rasm-rusmlarga, savdo-sotiq qoidalariga va
soliqlar to’g’ri undirilishiga mutasaddilik qilar edilar. Bilimga tashna odamlar har
tomondan Buxoroga oqib kelardi. Tez orada madrasalar talabalarga to’ldi.
SHundan so’ng amir oddiy fuqarolarga ham dini-islom yo’l-yo’riqlarini o’rgata
boshladi. Buxoro aholisining xudojuyligi, taqvosi ziyoda bo’ldi. So’ng tarixchi
yozishicha, amir Haydar davrida dini-islom yanada ravnaq topgan. «SHu
maqsadda u (amir Haydar) har yili darveshlar va aziz-avliyolarga nazr-niyoz uchun
yuz ming tanga mablag’ ajratar edi.» Ammo, yuqoridagi dalillardan Buxoro
xonligida faqat diniy kitoblar tarqalgan, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak.
Xalqdan chiqqan taraqqiyparvar odamlar turg’unlik va jaholatga qarshi kurashib,
xalq orasida ma`rifat tarqatdilar. Xalq orasida savodli kotiblar, hattotlar, noyob
kitoblarni to’plovchilar va saqlovchilar ko’p edi. Ma`rifatli mana shu odamlar
uzbek, tojik, ozarbayjon va boshqa xalqlarning ma`naviy, ruhiy boyliklarini qayta
ko’chirish, to’plash va asrash bilan shug’ullandilar. Ular uzbek va tojik adabiyoti
klassiklarining noyob durdona asarlarini avaylab to’pladilar. Masalan, ulug’ uzbek
shoiri Alisher Na-voiyning «Mahbubul-qulub» asari zamonasining ma`rifatchilari
Mir Olim Buxoriy tomonidan 1838 yilda, Ne`matillo YAqub Samarqandiy
tomonidan 1844 yilda chiroyli naqshlar bilan qayta ko’chirilgan edi va hokazo.
Samarqandlik mashhur naqqosh va kotib Mir Abdulhay 1825 yilda Navoiyning
«CHor devon»ini, naqqosh Muqimxon Samarqandiy 1850 yilda olamga mashhur
buyuk asar «Hamsa» ni chiroyli yozuvda qayta ko’chirgan edilar. XIX asrning’
birinchi yarmida ulug’ uzbek shoiri Alisher Navony asarlaridan tashqari yana
Mashrab, Huvaydo, Sayqaliy, SHavqiy, Amiriy, G’oyibiy va boshqa shoirlarning
asarlari ham husnixat bilan ko’p marta qayta yozib chiqilgan edi. Bu asarlar tez-tez
29
qayta
ko’chirilib,
qo’ldan-qo’lga
o’tib
yurardi.
XIX asrning birinchi yarmida Muhammad Munis Xorazmiy 1854- 55- yillarda o’z
devonini tuzish bilan ayni vaqtda Nizomiy, Sa`diy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy kabi
ulug’ shoirlarning bayozlarini ham to’plagan edi. Ana shu devonlar hozir
Uzbekistan Fanlar akademiyasi SHarqshunoslik ilmgohining qo’lyozmalar fondida
saqlanmoqda. Kichik hajmdagi bu she`riy bayozlardan odatda ixlosmandlarning
yig’inlarida foydalanar edilar. XIX asrda Buxoro xonligi hududida juda ko’p shoir,
olim, hattotlar yashab, ijod qilganlar. Muhammad Rajab Buxoriy, qori Rahmatillo
Vozix, Masixo Boysuniy, Afqori Buxoriy, Adriy Samarqandiy, Habibiy, YAkdil
Mahmud qoriziy, «Tavorixi muluki ajam» («Eron erlari tarixi») ni ko’chiruvchi
Mulla Muhammad YUsuf, Odilmurod Miriy, YUnusxo’ja Kotib, SHahrisabziy,
Muhammad Amin Buxoriy, Muhammad Equb Buxoriy, Muhammad Mir Olim
Buxoriy, Rahmonqulbek kotib Miroxur, Muhammad Farhod, Muhammad SHukur
Kotib, Jaloliddin Buxoriy, Mullo Nasrullo Kotib kabi juda ko’p taraqqiyparvar
olim va hattotlar yashar edilar. Ulardan ko’plari faqat asarlar yozibgina qolmasdan,
balki ko’plab shogirdlar ham tayyorlaganlar. Ular g’ayrat bilan kitoblar tuplashgan
va imkoniyatlariga qarab xalq orasida bilim, ma`rifat tarqatishga intilishgan. SHuni
ta`kidlash lozimki, A. Navoiyning bizgacha etib kelgan
asarlari XIX asrning
oxirida va XX asrning birinchi yarmida ko’chirilgan. Navoiy asarlaridan boshqa
yana Sa`diy, Hofiz, Jomiy va SHarq adabiyotining boshqa klassiklari asarlari ham
san`atkorona ko’chirilgan. Xususan 1818 yilda xattot Abdulla Xevaqiy «Devoni
Hofiz» she`rlar to’plamini sharhlab tahlil etib, uni tojik tilida nasrda yozib chiqqan.
Usha yili Jomiyning mashhur «Tuhfat-ul asror» asari, ozarbayjon shoiri Sohib
asarlari, 1863 yilda Fazliyning devoni ko’chirilgan. Nasrullo Buxoriy hattotlik
yo’li bilan xorazmlik shoir va olim Muhammad Xoksorning (1794-1801 y.)
«Muntaxab al-lug’at» asaridan, Muhammad Rajab Buxoriy esa Mirzo Bedilning
«Kulliyot»idan, Rahimbek Kotib 1780 yilda Fuzuliyning «Soqiynoma» asari va
she`rlar to’plamidan, Muhammad Farhod (1806-1807 i.) Xusayn Voizning
mashhur didaktik asari «Latoif va zaroif» dan nusxa ko’chirishgan. Zarafshon
vodiysining shoir va yozuvchilari SHavqiy Kattaqo’r-g’oniy, Volai Samarqandiy,
30
Xiromiy va boshqalar original asarlar yaratibgina qolmasdan, balki uzlaridan oldin
o’tgan mashhur kishilarning asarlaridan nusxa ko’chirganlar va tarjima qilganlar.
Masalan, shoir Xiromiy forscha-hindcha hikoyatlarga o’xshash pandnoma ruhidagi
qiziq asarlar yaratadi. Rahmatillo Vozix esa o’rta asrda yashab, ijod etgan arab
shoiri va mutafakkiri Al-Mahdiyning asarlarini tojik tiliga tarjima qiladi. SHuni
ta`kidlash zarurki, uzbek va tojik adabiyoti etuk namoyandalari o’z asarlarida
zamonining ilg’or g’oyalarini ifodalashga intilishgan. Bu she`riyat, nasr va tarixiy
xronikalarning eng yaxshi namunalari feodal hukmronligi zamonida zulmat ichra
nur bo’lishgan. Ular-ning asarlari ijtimoiy adolat va insonparvarlik, vatanga
muhabbat g’oyalari bilan sug’orilgan bo’lib, xalq ijodiyotini juda yaxshi aks
ettirgan. Ular bizni bugungi kunda ham o’ziga maftun etadi. Ammo xalq yaxshi
kurgan odamni hukmdorlar yomon ko’radi. Uzbek va tojik adabiyotining eng
yaxshi, iqtidorli vakillari quvg’in va ta`qibga uchragan. Buxoro amirlari
mutafakkirlarni quvg’in qilib qolmasdan, balki ularni zindonlarga solib
qiynashganlar, hatto o’ldirganlar. Ular o’limidan keyin asarlarini yashirganlar va
hatto yo’qotib yuborishgan yoki ular asarlari mazmunini o’zgar-tirishib,
soxtalashtirganlar. Ularning asarlari diniy ruhdagi soxta xayollar yoki teskari
fikrlar deb talqin etilgan. SHunday qilib, bu davrda feodal zulmi va dinning
ahamiyati kuchaygan. G. Vamberining yozishicha, Buxoroda XIX asr o’rtalarida
20000 dan ortiq qul bo’lgan. Biroq moddiy boyliklarni dehqonlar va erkin
hunarmandlar yaratganlar. Buxoro xonligi bilan Rossiya o’rtasida madaniy
aloqalar rivojlanganligi tufayli bizning vatandoshlarimizning ba`zi nodir asarlari
Rossiyaning ilmiy markaziga jo’natilgan. Masalan, 1820 yilda Rossiya
vakolatxonasining diplomatik missiyasi muvaffaqiyatli tamomlagandan keyin amir
Haydar rus elchisi Negriga sovg’a sifatida «Tarixi Muqimxoniy» asarini beradi.
Negri bu asarni Rossiya Fanlar akademiyasiga topshiradi. Bu asar Peterburg
dorilfununining sharqshunos professori O.I.Senkovskiy tomonidan frantsuz tiliga
tarjima qilinadi. SHuni eslatib o’tish kerakki, rus sharqshunos olimlari va o’z
zamonining ilg’or kishilari, Urta Osiyo tarixchilari, faylasuflari, uzbek va tojik
adabiyoti klassiklarining nodir asarlarini saqlash va to’plashda katta hissa
31
qo’shganlar. 1960 yilda bir guruh sovet delegatlari G. D. Mikluxo-Maklay, O. F.
Akumushkin, V. V. Kuliev, M. A. Salohiddinov sharqshunoslarning XXV Xalqaro
kengashida o’z ma`ruzalarida shu fikrni ta`kidlab o’tishgan. V. A. Ivanov 1915-
1916 yillarda Buxoroda fors-tojik adabiyotining juda katta kollektsiyasini
to’playdi. Hozirgi vaqtda ular SSSR FA ning SHarqshunoslik ilmgohida
saqlanmoqda. U asosan XVIII-XIX asrlarda qayta ko’chirilgan O’rta Osiyodagi
qo’lyozmalardan iborat. Bu qo’lyozmalar XVIII-XIX asrlarda va hatto XX asr
boshlarida O’rta Osiyoda keng tarqalgan adabiyotlardan iborat edi. Demak, bu
adabiyotlarni o’rganish O’rta Osiyoning XVIII-XIX asrlardagi aholisining
ma`naviy hayoti haqida fikr yuritish uchun zarur, hujjatli, aniq dalillar beradi.
Buxoro xonligining, asosan XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya bilan
chegaradosh bo’lgan davri tarixi Mirzo Salimbekning asarlarida o’z aksini topdi. U
so’nggi Buxoro amirlari davrida yuqori mansablarni egallagan va shu bois Buxoro
amirlari shaxsini ulug’lashga intilgan. Muallif asosan, xonlik siyosiy hayotining
tashqi jihatlarini yoritib, xalq hayotini kam tasvirlagan. Mirzo Salimbek o’z asarida
XIX asr ikkinchi yarmidan Rossiya-Buxoro munosabatlariga to’xtalib o’tgan
bo’lsa-da, urush davridagi shaharlar aholisi ahvolini kam yoritgan. U Buxoro
xonligiga qarashli, ruslar bosib olgan shaharlarni sanab o’tish bilan cheklanadi,
Samarkand aholisining 1868 yil aprel’-mayidagi amirga qarshi ko’tarilishining
asosiy sabablarini ochib bermaydi. U ruslar Samarqandni asosan eroniy beklar
sotqinligi, «darvozalarni ochib» berganlari sababli egallashdi, deb hisoblaydi.
Buxoro xonligi tarixi mirzo Abdul Azim Somiyning «Tarixi salotini mang’itiy»
(«Mang’it
hukmdorlari
tarixi»)
asarida
ham
bayon
etilgan.
Sobiq Buxoro mansabdori Mirzo Abdulazim Somiyning asarida XIX asrning
tarixiy voqealari, 1866-1868 yillardagi Rossiya-Buxoro urushi haqida keng
ma`lumotlar, Samarqandga rus qo’shinlari hujumi oldidan Oqtepa qishlog’ida
o’tgan harbiy kengashga oid faktlar bor. Boshqa zamondoshlariga qaraganda, u bu
davr
voqealarini mufassalroq tasvirlagan. U jamiyatdagi turli siyosiy guruhlarnnng
faoliyati natijalarini bayon qiladi. Jumladan u, 1868 yil aprelda amir Samarkand
begi qilib tayinlagan SHerali Inoqning zulmiga qarshi xalq, qo’zg’olonini mufassal
32
yoritgan. Biroq, Mirzo Somiyning asari kamchiliklardan ham holi emas. Ularni L.
M. Epifanova so’zboshisi va izohlarida ko’rsatgan. SHu bilan birga L. M.
Epifanovaning ba`zi xulosalari bilan ham kelishib bulmaydi. Jumladan, uning
so’zboshisi bilan tanishar ekanmiz, O’rta Osiyo tarixi uni chor Rossiyasining bosib
olishn davriga bag’ishlangan Ahmad Donish asari mazmunan Mirzo Somiyning
asaridan past qo’yiladi. L. M. Epifanova hisoblashicha na Ahmad Donish, na
Mirzo Salimbek Samarqandni ruslar bosib olishi oldidan shahar aholisining
SHerali Inoqdan juda noroziligi, rus qo’mondoniga murojaati xususida
to’xtalishmaydi. L. M. Epifanova «So’zboshi» sida Salimbekning asariga to’g’ri
baho berish bilan birga Ahmad Donishning Uzbekistan FA SHarqshunoslik
ilmgohida saqlanayotgan «Tarjimat-ul-ahvoli amiroi Buxoroi SHarif az amir
Doniyol to asri amir Abdulahad» asari mazmuniga nisbatan xato fikr aytgan.
Aytib o’tish lozimki, Ahmad Donishning O’rta Osiyoning Rossiya tomonidan
bosib olinishiga bag’ishlangan asarlari turlicha. «Risolai tarixi», «Tarixcha»,
«Kichik tarix», «Risolai sayohat», «Risolai muxtasare az tarixi saltanati xonadoni
mang’itiya» kabi nomlar bilan ma`lum, Buyuk ma`rifatparvarning barcha asarlari-
da mazkur davr voqealari bayon etilgan. L. M. Epifanovaning A. Donishga
nisbatan aytgan fikri yana shuning uchun ham noto’g’riki, A. Donishning UzFA
SHarqshunoslik ilmgohida 1937 rakami bilan saqlanayotgan 79 varaqdan iborat
«Buxoroi sharifning amir Doniyoldan to amir Abdulahadgacha bo’lgan amirlari
hayoti bayoni» asari qo’lyozmasi hijriy 1352, ya`ni 1933 pili Ibodulla Odilov
tomonidan boshqa nusxasidan ko’chirib olingan edi. Bu nusxa sharqshunos olim
A. Mirzaevning katta mehnati natijasida 1960 yili Dushanbeda nashr etildi.
Bu asarni ba`zi olimlar A. Donishning ijtimoiy-siyosiy qarashlari o’zgarishi aks
etgan «Risolai muxtasare az tarixi saltanati xonadoni mang’itiya» asarining eng
to’la varianti deb hisoblashadi. Abdug’ani Mirzaevning ta`kidlashicha,
«Tarjumatul-ahvoli amironi Buxoroi sharif az amir Doniyol to asri amir
Abdulahad» qo’lyozmasi «Risolai muxtasare az tarixi saltanati xonadoni
mang’itiya» asariga o’xshash emas, aksincha alohida mustaqil asar. U o’z
mazmuni va nomiga kura ikkinchi asardan ancha farq qiladi. «Buxoroi sharifning
33
amir Doniyoldan to amir Abdulahadgacha bo’lgan amirlari hayoti bayoni» da
haqiqatan ham Samarkand aholisining SHerali Inoqqa qarshi ko’tarilishlari va
1868 yilgi boshqa voqealar hakida gapirilmaydi. Biroq, bundan shoshma-
shosharlik bilan xulosa chiqarish kerak emas. CHunki ran sanayu voqealarni
shunchaki yozib ketishda emas, balki ularga va ularning natijalariga berilgan
bahoda. Bu natijalarga ko’ra esa umumiy xulosalar chiqarish mumkin.
Bizningcha L. M. Epifanova «Buxoroning mang’it amirlari qisqacha tarixi» bilan
yaxshi tanish bo’lmagan. Unda A. Donish 1866- 1868 yilgi Rossiya-Buxoro
munosabatlari, Erjar voqealari, Jizzaxning olinishi, Samarqand aholisi isyonlarini
mufassal yoritib, amir Muzaffar va amaldorlarining maqtanchoqligini fosh etgan.
U Buxoro amirligi mag’lubiyatining sababi amirlikning texnikaviy-iqtisodiy
qoloqligida, deb to’g’ri ta`kidlaydi, Ruslarning Samarqandni egallashi sanasida
ham Mirzo Somiy kabi, L. M. Epifanova ham noaniqlikka yo’l qo’ygan. Mirzo
Somiy Jizzax olingach «15 kun o’tgach, qo’shinlar Ilon uti orqali Samarqandga
yo’l olgani» ni yozadi. So’zboshida L.M. Epifanova bunday deb yozadi: «Somiy
bu erda nohaq, bu voqealar o’rtasidagi farq 15 kun emas, bir necha oydir. Jizzax
1866 yilning oktyabrida, Samarkand 1867 yilning mayida egallangan. Bunaqa fikr
barcha adabiy va arxiv materiallariga zid keladi. Ma`lumki, Samarqand 1867 yilda
emas, 1868 yilning 2 mayida egallangan. Buyuk ma`rifatparvar olim Ahmad
Donishning (1827-1897 y.) ijodiy hayoti haqida keyinroq to’xtalib o’tish lozim. U
O’rta Osiyo tarixida o’chmas iz qoldirgan kishilardan biridir. Uning ilmiy
qiziqishlari qamrovi keng bo’lib, bu bois tirikligidayoq uning «Donish» taxallusiga
«Muhandis» nomini qo’shib aytishardi. Peterburg gazetalaridan birida noma`lum
muallifning «Buxoro elchixonasi» maqolasi e`lon qilingan edi. Unda Buxoro
elchilarining 1874 yilning yanvarida Peterburgga etib kelgani haqida yoziladi.
Maqolada Buxoro elchisi Abduqodirboy Dodhoga qisqacha tavsif berilgan. So’ng
muallif yozadi: «Elchi huzurida ikki nafar mirzo bor: 1) mirzo Ahmad Uroq va 2)
mirzo Abduvahob. Ulardan birinchisi 1869 yili ham Peterburgga kelgan va Rossiya
haqida asarlar bitgan. U shoir, adabiyotchi va munajjim. U, buyuk knyaz’ xonim
Mariya Aleksandrovnaning nikoh to’yi munosabati bilan qadimgi fors tilida she`r
34
yozgan edi. SHe`r bir vaqtning o’zida ham muvashshah, ham tarixdir. Har satrning
boshlanish harflari «Mariya va Al’fred»ni, oxirgi harflari qo’shilganda nikoh yilini
beradi». Demak, elchixona mirzolari Mirzo Ahmad Uroq va Mirzo Abduvahob
edil ar. Bizni, Mirzo Ahmad Uroq - Ahmad Donish qiziqtiradi, albatta. Unga
Peterburgga borib kelgach, taxminan 1871 - 1872 yillarda faxriy saroy unvoni
«Uroq» berilgan edi. SHu bois, ulug’ ma`rifatparvarning ijodiy merosini o’rganish
jarayonida Ahmad Donish (Donish taxallusi, otasining ismi Nosir) taxallusidan
tashqari, uning Muhandis, Mir Ahmad, Mirzo Ahmad Uroq taxalluslari bilan
bitilgan ba`zi asarlariga ham duch kelish mumkin. CHunki, u o’ta ijodkor bo’lib,
qo’lga qog’oz va qalam olish imkoniyatini hech qo’ldan chiqarmas edi. SHubhasiz,
sovet
tadqiqotchilari
Ahmad Donishning ilmiy qarashlarini o’rganish,
umumlashtirish va yoritish bo’yicha katta ish qildilar. Uning bir qator asarlarini
mamlakatimiz xalqlari tillarida chop etish bo’yicha katta ish qilindi.
A. Donishning M. P. Osmanov va L. N. Demidchuk tojikchadan ruschaga o’girgan
va R, Hodizodaning sharhlari bilan berilgan asarlari tarjimasi e`tiborga loyiqdir.
Bu A. Donish asarlarining rus tiliga dastlabki jiddiy tarjima qilinishi edi.
Tarjimaning tili sodda, keng o’quvchilar ommasiga tushunarli. Biroq shu bilan
birga noaniq, shubhali o’rinlar ham bor. Masalan, R. Hodizoda Buxoro
elchilarining (Ahmad Donish ham) Peterburgga kelishi sanasini 1857 yil 8
yanvardan 1858 yilning 11-12 yanvari, deb noto’g’ri ko’rsatadi, boshqa asarda esa
o’zi
yana
to’g’ri
(1858
yil
9
yanvar’)
ko’rsatadi.
Buxoro elchilarining Peterburgga ikkinchi kelishi sanasi ham noto’g’ri ko’rsatiladi,
ya`ni 1859 yilning 2-3 noyabrlari, deyiladi, vaholanki to’g’risi -1869 yilning 2-3
oktyabrlari. «Risolai tarix» tarjimasida ham bir necha noaniqliklarga yo’l
qo’yilgan.
35
36
37
XULOSA
Dunyoning zamonaviy, yagona va izchil manzarasini, shu jumladan
insonning ilmiy nuqtai nazarini shakllantirish uchun tabiiy va gumanitar fanlar
tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarni sintez qilish ayniqsa muhimdir. Ma’lumki,
inson bir vaqtning o‘zida ham biologik, ham ijtimoiy mavjudotdir. Shu bilan birga,
ijtimoiy
jarayonda
shakllana
boshlagan
kishilarning
ijtimoiy
munosabatlari biologik
evolyutsiya guruhlarga
moslashish
shakli
sifatida
sub'ektlararo munosabatlarga asoslanadi va og'zaki muloqot yordamida amalga
oshiriladi. Alohida inson shaxsiyati tashqi dunyo bilan moslashuvchan o'zaro
ta'sirga kirishib, uni o'zgartirib, boshqa odamlar tomonidan tan olinishni istaydigan
faol sub'ekt sifatida ishlaydi. Inson til va madaniyat bilan tanishligi tufayli aqlli
bo‘ladi. Odamlarning ijtimoiy-madaniy munosabatlari sohasini nutq faoliyatisiz
tasavvur qilib bo'lmaydi. Shuning uchun ushbu qo'llanmada inson jinsining
biologik evolyutsiyasi masalalari bilan bir qatorda biologik shartlar va tabiiy
tilning kelib chiqishi muammolariga katta ahamiyat beriladi.
Hozirgi vaqtda tabiatshunoslikning insonni har tomonlama o'rganishga qo'shgan
hissasini ortiqcha baholab bo'lmaydi. Insonni gumanitar o'rganishga kelsak, bu
erda yaqin vaqtgacha gumanitar fanlar usullarining o'ziga xos xususiyatlarini
asoslab beruvchi keng e'tirof etilgan nuqtai nazar hukmronlik qilgan. Ushbu
pozitsiyaga ko'ra, "ruh fanlari", ya'ni gumanitar fanlarda tadqiqotchining individual
pozitsiyasidan imkon qadar ozod bo'lgan "ob'ektiv" bilimlar ustuvor emas (bu
tabiiy fanlarning usuli va maqsadidir. fan), lekin "tushunish". Nemis faylasufi,
psixologi va madaniyat tarixchisi Vilgelm Dilthey: “Biz tabiatni tushuntiramiz,
aqliy hayotni tushunamiz”.
Do'stlaringiz bilan baham: |