2 Халқаро илмий-амалий конференция материаллари. Педагогик инновациялар, касб-ҳунар таълими бошқарув ҳамда педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларни малакасини ошириш институти, 2020 йил, 424 бет



Download 9,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/352
Sana20.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#686165
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   352
Bog'liq
Профессионал

Фойдаланилган адабиётлар:
1.“Илк қадам” мактабгача таълим муассасасининг ўқув дастури. – Тошкент, 2018. – 43 б. – Б.9. 
3.Шарипов Ш. Болалар касбий ижодкорлиги узвийлигини таъминлашнинг назарияси ва амалиёти: 
Пед. фан. док. ... дис. автореф. –Т., 2012. – 46 б. – Б.13. 
4.Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. 2-жилд. – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси давлат 
илмий нашриёти, 2001. – 704 б. – Б.177. 
5.Психология. Словарь/ Под общ. ред. А.В. Петровского, М.Г.Ярошевского. – 2-е изд. – М.: 
Политиздат, 1992. – 494 с. – С.202. 
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA AQLIY TARBIYANING AHAMIYATI 
Altibayeva Gulbaxor Majitovna, 
Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi 
Аnnотаtsiya 
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni jismoniy va 
aqliy jihatdan rivojlantirish, ularning ruhiyati, shaxsiy qobiliyatlari, intilish va ehtiyojlarini qondirish, milliy 
va umuminsoniy qadriyatlarga, mamlakatimiz mustaqilligi g’oyalariga sodiq holda voyaga yetib borishni 
ta’minlash, ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan davlat talablariga muvofiq 
maktab ta’limiga tayyorlashdan iborat. 
Аннотация 
Основными целями и задачами дошкольного образования являются физическое и умственное 
развитие детей, удовлетворение их психики, личных способностей, стремлений и потребностей, 
обеспечение их роста верными национальным и обще человеческим ценностям, идеям независимости 
нашей страны, вопросы подготовки их к школьному обучению в соответствии с государственными 


54 
требованиями к воспитанию дошкольников и основными задачами психического воспитания 
дошкольников. 
Annotation 
The main goals and objectives of preschool education are to develop children physically and mentally, to 
meet their psyche, personal abilities, aspirations and needs, to ensure that they grow up faithful to national 
and universal values, the ideas of independence of our country, the issues of preparing them for school 
education in accordance with the state requirements for the education of preschool children and the main 
tasks of mental education of preschool children. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni 
jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish, ularning ruhiyati, shaxsiy qobiliyatlari, intilish va ehtiyojlarini 
qondirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, mamlakatimiz mustaqilligi g’oyalariga sodiq holda voyaga 
yetib borishni ta’minlash, ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim- tarbiyasiga qo‘yilgan davlat 
talablariga muvofiq maktab ta’limiga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalarni umumyetuklik 
darajasida rivojlantirish jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad vazifalarning bajarilishiga erishish “Ilk qadam” 
davlat o'quv dasturi asosida amalga oshiriladi.
So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli, 
vosita va metodlarning yangilashga alohida e’tibor berilmoqda. Davlat va jamiyat maktabgacha yoshda 
bo‘lgan bolalarni yagona talab asosida rivojlantirish vazifasini qo‘ydi. Shunga ko‘ra Ilk va maktabgacha 
yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan davlat talablariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi 
bolalarga integral tarzda ta’lim tarbiya berish maqsadida tayanch dasturlari taqdim etilmoqda. Bu tayanch 
dasturlari bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb etilmagan bolalarni har tomonlama 
rivojlantirish va yagona davlat talablari asosida maktabga tayyorlash imkonini beradi.Ta’lim-tarbiya jarayoni 
yakunida mustaqil fikrlaydigan, erkin, bilimli, bir so‘z bilan aytganda barkamol shaxsni voyaga yetkazish 
asosiy maqsad qilib belgilanadi.Bu uzluksiz ta’lim tizimining ilk turi-maktabgacha ta’limga o‘ziga xos 
yondoshuvni talab etadi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda aqliy faoliyatni dastlab muomala orqali, so‘ng mashg’ulotlar, 
o‘yinlar, bilim berish orqali amalga oshirilmoqda. Bola har doim buyumlar, hodisalar orasida bo‘ladi. Doimo 
biror narsa bilan tanishadi, nimagadir quloq soladi, shu tarzda bola dunyoni anglaydi.Tevarak-atrof, buyum 
va narsalar bolalarning sezgi organlariga, analizatorlarga ta’sir etadi va sezgi hosil bo‘ladi. Sezgi bolalarda 
ayrim xossalarni bilib olishga yordam beradi. Bolada aqliy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, eng oddiy 
faoliyat usullari, predmetlarini tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo‘lmagan belgilarni ajratib ko‘rsatish, 
boshqa predmetlar bilan taqqoslash maktabgacha yoshdagi bolalarda aqliy tarbiya berish vazifalaridan 
biridir. 
Pedagogika, psixologiya fanlari aqliy tarbiya vazifalarini samarali hal etish birinchi navbatda 
bolaning imkoniyatlarini to‘g’ri foydalanishni, ikkinchi tomondan bola organizmining charchashiga sabab 
bo‘ladigan ortiqcha yuk bo‘lmasligi kerak degan fikrni ilgari suradi. To‘g’ri tashkil etilgan faoliyat 
jarayonidagina to‘laqonli aqliy rivojlanish ro‘y beradi. Shu sababli pedagoglarning vazifasi muayyan 
maqsadni ko‘zlab, tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish uchun kerakli sharoitni yaratish bolalarda aqliy sharoitni 
yaratish bolalarda aqliy faoliyatni dastlab muomala orqali so‘ng mashg’ulotlar, bilim berish orqali amalga 
oshiriladi. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli kattadir. Bolalar bilimlarni egallab 
olishlari, ularning aqliy faoliyatini rivojlantirish, aqliy malaka ko‘nikmalarini egallab olishlari, ularning 
maktabda muvaffaqqiyatli o‘qishlari uchun, bo‘lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishida manbaa bo‘lib 
xizmat qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilar: 
1. Bolalarda tabiat va jamiyat to‘g’risidagi bilimlar sistemasini shakllantirish. Bola tevarak atrofdagi 
narsalar, ularning vazifasi, sifati, xossalari haqida, qaysi materiallardan foydalanganligi, tayyorlanganligi 
to‘g’risida aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak. 
2. Bilishga doir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur, nutq va boshqalar. 
Bilishga doir nutqni rivojlantirish aqliy tarbiyaning erkin vazifasidir. 


55 
3. Bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni, aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish. Aqliy tarbiyaning 
vazifasi bolalar qiziquvchanligini, ular aqlining sinchkovligini rivojlantirish va ular asosida bilishga qiziqish 
hosil qilishdan iborat. 
4. Aqliy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish ya’ni oddiy faoliyat usullari, predmetlarni tekshirish, 
ulardagi muhim va muhim bo‘lmagan belgilarni ajratib ko‘rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash 
maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan iborat. 
O’simlik va hayvonlar bilan tanishish bo‘yicha sistemali mashg’ulotlar olib borilgandan keyin 
bolalar o‘simlik, yosh hayvonlar to‘g’risidagi ma’lum bir tasavvurga ega bo‘ladilar. So‘ngra bolalardagi 
aqliy ko‘nikma, malakalarni rivojlantirish maqsadida tarbiyachi bolalar bilan mashg’ulotlarni o‘tkazishni 
rejalashtirish mumkin. Bular quyidagilar: “Sen ta’rifla, men topaman”. 

Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish