Kurs ishining Maqsadi: Idrok va faoliyat haqida umumiy ma’lumotlarga ega bo’lish idrok qonunyatlarini o’rganish va tahlil qilish.
Kurs ishining Vazifasi: Idrok va faoliyat haqida umumiy tasavvurlarga ega bo’lish bilm va ko’nikmalarimizni oshirish va mustahkamlash.
Kurs ishining Predmeti : Idrok va shaxs faoliyati.
Kurs ishining tuzilishi .Mundarija, kirish, 2 bob , 4 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.Ishning umumiy hajmi __25_ betdan iborat
I.BOB.Diqqat va faoliyat haqida tushuncha
1.1 Diqqat turlari va xususiyatlari
Diqqat hodisasini tushuntirishning murakkabligi, uning «toza» ko‘rinishda uchramasligidan iborat. diqqat o‘zining bilish mazmuniga ega emas, u faqat boshqa bilish jarayonlari faoliyatiga xizmat ko‘rsatadi. shuning uchun diqqatni bilish jarayonlarining o‘sish xususiyatlarini xarakterlovchi holat, psixofiziologik jarayon sifatida o‘rganish zarur. diqqat o‘zi nima?
Diqqat – bu psixik faoliyatning biror-bir ma’lum narsaga yo‘nalganligi va jamlanganligi. bu hayvonlar, shuningdek, inson diqqatlarining umumiy ta’rifi. insonga nisbatan diqqatni ma’lum ob’ektlarga inson diqqatining, bir vaqtning o‘zida boshqa ob’ektlardan chalg‘igan holda, yo‘nalganligi va jamlanganligi sifatida o‘rganish mumkin. bu ta’rifdan diqqatning ahamiyatga molik belgilari uning yo‘nalganligi va jamlanganligidan iborat ekanligi kelib chiqadi.
Psixik faoliyatning yo‘nalganligi ostida uning tanlash xususiyati, ya’ni, sub’ekt uchun ahamiyatli bo‘lgan aniq jismlar, hodisalarni atrof-muhitdan ajratib olish yotadi. yo‘nalganlik tushunchasiga, shuningdek, ma’lum vaqt oralig‘ida psixik faoliyatni saqlab qolish ham kiritiladi.[1]
Diqqatning boshqa xususiyati uning faoliyatga u yoki bu darajada chuqurlashganligini tushuntirib beruvchi jamlanganligidir. vazifa qanchalik murakkab bo‘lsa, diqqatning jadalligi va zo‘riqishi shunchalik kuchli bo‘lishi kerak, ya’ni, bunda faoliyatga chuqur kirib borish talab etiladi. ikkinchi tomondan, jamlanganlik boshqa yot narsalardan chalg‘ish bilan bog‘liq. aks holda, yot narsalardan chalg‘iy olmay qolsangiz, vazifani bajarishingiz qiyinlashadi.
Yo‘nalganlik va jamlanganlik bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq. diqqatingizni biror-bir narsaga yo‘naltiradigan bo‘lsangiz, bir vaqtning o‘zida diqqatingizni unda jamlagan bo‘lasiz. va aksincha, biror-bir narsada jamlansangiz, o‘z ruhiy faoliyatingizni unga yo‘naltirgan bo‘lasiz. diqqatning yo‘nalganligi bir mashg‘ulotdan ikkinchisiga o‘tish bilan, jamlash esa – mashg‘ulotda chuqurlashish bilan bog‘liq.
Diqqatning inson psixik faoliyatida tutgan o‘rnini tushunish uchun o‘zingizni biror-bir jismlar guruhiga qarayotgandek tasavvur qiling. ko‘rish maydoningizning markazida joylashgan ba’zi bir jismlar aniqroq, ko‘rish maydoningizning chetida turganlari esa aksincha idrok etiladi. shunga o‘xshash hodisani ongimizga nisbatan ham tuzish mumkin: faoliyatimiz mohiyati ongimizning markazini egallagan bo‘ladi; ahamiyatga molik bo‘lmaganlari esa ongimizdan chetga surilib qoladi. lekin boshqacha ham bo‘lishi mumkin: siz qandaydir jismga qaragan holda, umuman, boshqa narsa haqida o‘y surasiz. bunda ongingizning «markaziy maydoni» ko‘rayotganingiz bilan emas, o‘ylayotganingiz bilan band bo‘ladi.
Ongimizni grafik tarzda tasvirlaydigan bo‘lsak, biri ikkinchisiga joylashgan ikki aylana ko‘rinishida chizish zarur. katta aylana aniq bo‘lmagan ong, kichik aylana esa, – aniq ong yoki diqqat deb ataladi.[2]Diqqat - bu ongni ma'lum bir daqiqada qandaydir real yoki ideal ob'ektga yo'naltirish va yo'naltirish. Diqqat o'zingizni, fikrlaringiz va tajribangizni yaxshiroq tushunishga yordam beradi, chunki uning maqsadi barcha bilim jarayonlarining faoliyatini yaxshilashdir. Bu, shuningdek, boshqa bilim jarayonlaridan farqli o'laroq, o'z mahsulotiga ega bo'lmagan diqqatning o'ziga xos xususiyati bilan bog'liq.
Diqqatni ilgari aytib o'tilgan aniq, aniq ong sohasi bilan aniqlash qonuniy ko'rinadi.
Ushbu sohaga kirib, biz o'z faoliyatimiz ob'ektlarini yanada aniqroq bilib olamiz, ularning o'zgarishlari yaxshiroq seziladi va qayd etiladi, bu esa kerakli natijaga tezroq va aniqroq erishishga yordam beradi.
Diqqat insonning irodaviy faoliyati bilan chambarchas bog'liq. O'zboshimchalik asosida tasniflash eng an'anaviy: diqqatni ixtiyoriy va ixtiyorsiz deb ajratish, psixologiya tarixchilari Aristotelda topilgan. Diqqatni diqqatni jalb qilishda irodaning ishtirok etish darajasiga muvofiq, N.F.Dobrinin e'tiborning uch turini ajratib ko'rsatdi:
beixtiyor;
o'zboshimchalik bilan;
ixtiyoriy.
Do'stlaringiz bilan baham: |