Naqd pulsiz hisob-kitoblarning mazmuni va ahamiyati nimadan iborat?
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish tamoyillarini sanab chiking?
Naqd pulsiz hisob-kitoblar Markaziy bankning qaysi me’eriy hujjati asosida tashkil etiladi?
To’lov topshiriqnomasi bo’yicha hisob-kitoblarning mazmuni va ahamiyati nimadan iborat?
To’lov topshiriqnomasi bo’yicha hisob-kitoblarning afzallik va kachiliklari nimadan iborat?
To’lov topshiriqnomalari bo’yicha hisob-kitoblardagi buxgalteriya provodkalarini ko’rsating?
Aktseptning mazmuni va turlarining tavsifini keltiring?
To’lov talabnomasi bo’yicha hisob-kitoblarning afzallik va kamchiliklarini sanab uting?
To’lov talabnomasi bo’yicha operatsiyalar hisobining yuritilishi kanday tartibda amalga oshiriladi?
Akkreditiv bo’yicha hisob-kitoblarning mazmuni, kamchilik va afzalliklari nimalardan iborat?
Akkreditiv bo’yicha hisob-kitoblarning hujjatlar aylanish sxemasini ko’rsating?
Inkasso topshirig’i bo’yicha hisob-kitoblarning xususiyatini tushuntiring?
Tijorat banklarining hisob cheklari bo’yicha hisob-kitoblar kanday tashkil etiladi?
3-Bob. Banklararo hisob-kitoblar va uning tqlov tizimidagi qrni 1§. Banklararo hisob-kitoblarning mazmuni.
Iqtisodiyot rivojlanib borgan sari turli mulkchilik shakllariga tegishli bo’lgan korxona va tashkilotlar soni oshib, ular o’rtasidagi iqtisodiy va boshqa munosabatlar ham ko’payadi. Natijada ularga, xizmat ko’rsatuvchi muassasalar salmog’i ham o’sib borishi tabiiy holdir. Korxona va tashkilotlar o’rtasidagi munosabatlarda vositachilik xizmatlarini bajarish banklar zimmasiga yuklatilgan.
Hozirgi kunda respublikamiz bank tizimi o’z ichiga bir necha turdagi banklarni oladi. Bular aktsiyador, xususiy, qo’shma, impoteka va davlat banklaridir. Bu tijorat banklarining har biri turli mulkchilik shakllariga tegishli bo’lgan korxona, tashkilot, muassasalarga hamda yuridik maqomga ega bo’lmagan tadbirkorlar va jismoniy shaxslarga xizmat ko’satadi. Banklar tomonidan halk xo’jaligiga xizmat ko’rsatish jarayonida banklararo munosabatlar vujudga keladi. Banklararo munosabatlar banklararo hisob-kitoblar (oborotlar) orqali olib boriladi. Banklararo oborotlarning mazmuni shundan iboratki, bir bank xizmatidan foydalanuvchi korxonaning talab qiluvchiga saqlanadigan hisobvarag’idan boshqa hisob varag’iga hujjatda ko’rsatilgan summa buxgalteriya yozuvlari orqali o’tkaziladi.
Demak, bir - birlari bilan hisob-kitoblarni yurituvchi korxonalarining hisob varaqalari turli banklarda joylashganligi ikkita bank o’rtasidagi hisob - kitoblarni yuzaga keltiradi. Agar o’zaro aloqada bo’lgan korxonalarning har ikkisi bitta bank xizmatidan foydalansalar, u holda banklararo oborotlar vujudga kelmaydi. Unda pul o’tkazish operatsiyalari bir bankning o’zida amalga oshiriladi.
Operatsiyalarni boshlagan bankdagi oborotlar boshlang’ich bank oborotlari deyiladi. Operatsiyalarni tugallangan bankdagi oborotlar yakuniy oborotlar deyiladi. Har bir boshlang’ich oborotga yakuniy oborot mos kelishi shart.
Respublikamiz banklari o’rtasidagi banklararo hisob-kitoblarni o’tkazish tartibi bir necha marta o’zgartirilgan.
O’tgan asr 80-yillarining oxiri 90-yillarning boshlarigacha barcha banklar davlat mulki bo’lib bir pog’onali bank tizimi mavjud edi. Banklararo hisob-kitoblarni olib borish bevosita to’g’ridan-to’g’ri bir bankdan ikkinchi bankka to’lov hujjatlarini jo’natish orqali olib boriladi. Hujjatlarni jo’natish pochta yoki telegraf orqali amalga oshirilar edi. Buning uchun boshqa bankka jo’natilishi lozim bo’lgan hujjatlar asosida
«avizo», ya’ni ogohnoma tuzilib kerakli bankka jo’natilar edi. Avizolar debet va kredit avizolarga bo’linardi. Boshlang’ich oborotlar 830 hisob varaqada (joriy yilning boshlangich avizolari) yakuniy oborotlar 840 hisob varaqada (joriy yilning yakuniy avizolari) olib borilar edi. Banklararo hisob-kitoblar hisoblash markazida nazorat qilinar edi.
90-yillarning boshlaridan banklararo hisob-kitoblarni tashkil etish uchun hisob markazlari (raschetniy tsentr) bir yil o’tgandan so’ng ularning o’rnida kliring markazlari tashkil etildi. Lekin ularning nomi o’zgargani bilan funktsiyalari bir xil edi, ya’ni ular banklar o’rtasidagi hisob-kitoblarni tashkil qilar edilar. Bir shahardagi hisob-kitoblarni olib borish uchun 871-hisob raqami (Bir shahar ichidagi banklararo o’zaro hisob-kitoblar) dan foydalanilar edi. Turli shaharlarda joylashgan banklar bir-
birlariga vakillik hisobvarag’i ochib o’zaro munosabatlari shu hisob varaqalari orqali olib borilar edi.
1995 yilda Markaziy bank tomonidan xalq xo’jaligida hisob-kitoblarni tezlashtirish maqsadida barcha hududiy markaziy bank boshqarmalari qoshida hisob- markazlari tashkil etish haqida qaror qabul qilindi. Kliring markazlari tugatildi. Pochta orqali jo’natiladitgan ogoxnomalar ham bekor qilindi. Yangi hisob-kitob tizimi «elektron pochta» to’lov tizimi joriy etildi.