7§. O’zbekistonda elektron axborotlarni muhofaza qilishni tashkil etish.
Elektron to’lov tizimi buyicha hisob-kitoblar doimiy ravishda bir bank vakillik hisobvarag’idan ikkinchi bank vakillik hisobvarag’iga o’tkaziladi, ya’ni bir bank mijozining pul mablag’lari kamayib, ushbu summa boshqa bank mijozining hisobvarag’iga o’tkaziladi. Bunday pul o’tkazish elektron axborot ko’rinishida bo’lib, maxsus dastur yordamida aloqa kanallari orqali bajariladi. Lekin mana shu axborotlar muhofazasi eng dolzarb masala bo’lib hisoblanadi. O’zbekistonda ham bank elektron axborotlarini muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor beriladi. Elektron axborotlarni muhofazasini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “O’zbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron axborotlarni muhofazalashni tashkil etish to’g’risida”gi yuriqnoma ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq etildi.
Ushbu yo’riqnoma banklar o’rtasida elektron to’lov tizimi orqali o’tadigan axborotlarni muhofazalashning asosiy yunalishlari va ularni joriy etish tartibini belgilab beradi. Mazkur yuriqnomaga banklarda elektron to’lov tizimida hisoblash texnika vositalari (keyingi o’rinlarda HTV) bilan xujjatlarni tayyorlashda rioya etilishi shart.
Bank muassasalarida elektron to’lov tizimi orqali qabul qilinadigan va uzatiladigan axborotlar bilan ishlash uchun ruxsat quyidagi shaxslarga beriladi:
Bank rahbari bilan amaldagi mehnat shartnomasiga muvofiq to’liq moddiy javobgarlik to’g’risida yozma shartnoma tuzilgan xodimga;
Bosh buxgalterga (bosh buxgalter bo’lmagan hollarda, uning o’rinbosariga). HTV ga texnik xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanadigan shaxslar hamda
HTVdan foydalanuvchilar “O’zbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron axborotlarni muhofazalashni tashkil etish to’g’risida”gi yo’riqnoma, texnik vositalarini ishlatish buyicha yuriqnomalar, shuningdek, axborotlarni muhofaza qilish tartibini belgilovchi boshqa me’yoriy xujjatlarni o’rganib chiqqach, ularning bilimi tekshirib ko’rilgandan keyingina ishga qo’yiladi.
HTV shovqindan to’silgan, tashqaridan begonalarni kuzatishi mumkin bo’lmagan, ishonchli himoyalangan xonalarda o’rnatiladi. Ushbu xonalar quyidagi jihozlanish talablariga javob berishi shart:
Mustahkam devorlar va ishonchli to’siqlarga ega bo’lishi;
Maxsus kodli qulflar yoki boshqa ishonchli qulflar o’rnatilgan mustahkam eshiklar bilan jihozlanishi;
Derazalar xonaga kirishdan himoya qilish vositalariga ega bo’lishi, shuningdek begona shaxslarning ko’z yoki maxsus qurilmalar bilan kuzatishidan himoya qiluvchi deraza pardalari, zarur hollarda, Ichki Ishlar organlari qo’riqlash bo’linmalari bilan bog’langan ogohlantirish qo’rilmalari bilan jihozlangan bo’lishi;
g’ng’in xavfsizligi talablariga javob berishi.
HTV o’rnatilgan xonalarga radio nuqtalar, elektr soatlar va boshqa kam quvvatli qurilmalarni o’rnatish, hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.
HTV o’rnatiladigan xonalar axborotni ishonchli muhofazalash zarurligini hisobga olgan holda tanlanishi lozim. Aloqa texnologik uchastkalar bir – biridan ajratiladi. Har bir xonada faqat unga kirish huquqiga ega bo’lgan kishilargina ishlashlari zarur.
Bank siri ma’lumotlari yozilgan tashqi magnit tashuvchilarni (disketlar, CD disklari, strimmer lentalari va h.k) saqlashga mo’ljallangan xonalar esa maxsus metall shkaflar yoki seyflar bilan jihozlangan bo’lishi kerak.
Ish faoliyati HTV bilan bog’liq bo’lgan rahbarlar tegishli mutaxasislar va yuridik xizmat xodimlari bilan birgalikda quyidagi tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlashlari zarur:
Tegishli bankka yoki uning bo’linmasiga taa’luqli bo’lgan bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar ro’yxatini aniqlash;
Zarur hollarda, etkazilgan zararni qoplash maqsadida qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda, ko’rsatilgan axborotlarga ega bo’lgan har bir xodim bilan «Bank siri» va boshqa xizmat ma’lumotlarini sir saqlash buyicha majburiyatnomani imzolash;
v) Bank siri axborotlari HTV dan chiqib ketishi, bunday ma’lumotlar oshkor qilinishini hamda HTVlarni yuqolishi yoki o’g’irlanishining oldini olish, qushimcha nurlanish va kuzatishlar bo’lmasligi choralarini ko’rish.
g) HTV da ishlaydigan shaxslar sonini cheklash choralarini ko’rish, bank siri axborotlaridan foydalanish uchun belgilangan tartibga rioya qilish;
HTVni “viruslar” dan himoya qilish maqsadida kompyuter tashkil
etuvchi qismlarni va dasturlarni ruxsatsiz o’zgartirishga, ekspert tasdig’idan o’tmagan va foydalanishga tavsiya etilmagan dasturlarni, shuningdek, kompyuter o’yinlarini o’rnatishga yo’l ko’ymaslik;
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning HTV larni ishlatish jarayonida axborotlarni muhofazalash bo’yicha me’yoriy xujjatlari talablariga rioya qilishni nazorat etish;
j) Muntazam ravishda xodimlarning malakasini oshirishga doir tadbirlarni amalga oshirish va boshqalar.
Bunday tadbirlar har bir bankda elektron axborotlar muhofazasini ta’kinlashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |