1.1 Raxbarlik uslubi tushunchasi.
Boshqaruv uslubi - bu maʼlum bir raxbarning boshqaruv jarayonida qo’llovchi oʼziga xos va oʼzgarmas usul va xarakatlari yigindisidir.
Mutlaqo oʼxshash kishilar boʼlmagani kabi vazifalar koʼpligi sababli mutlaqo bir xil boshqaruv uslubi ham boʼlmaydi. Rahbar faqat oʼziga xos xususiyat va sifatlar vositasida faqat oʼziga xos, mansub uslubda ish yuritadi. Bu maʼnoda uslub rahbarni shaxs sifatidagi xususiyatlarini, balki faoliyati xususiyatlarini ifodalaydi. Kishilarni boshqarar ekan, raxbar jamoaning natijaviy maqsadi koʼra biladi va uni shu maqsad sari yoʼnaltiradi. Rahbar ishning mohiyatiga tushungan va uni chukur urgangan xolda mutaxassislar faoliyatini moxirona birlashtirish va yunaltirishi kerak.
Zamonaviy uslub jamoaning xar bir aʼzosi oldiga katta talab kuyadi, va shu bilan birga oʼz-oʼzidan mamnun bo’lish, maʼmuriyatchilik, rasmiyatchilikni inkor kiladi. uslub ijtimoiy rivojlanish qonunlarini, ishlab chiqarishni boshqarish tamoyil va usullarini bilishi asosida shakllanadi va boshqaruv malakasi yigindisi kishilarni tashkil etish qunikmasi, shuningdek, shaxsiy tartiblilik bilan xarakterlanadi. Va, nixoyat, uslub boshqaruv xodimlarining ruxiy va psixologik xususiyatlari, kuchli iroda, qatʼiylik, va qurqmaslik, boshqa kishilar faoliyatini yo’naltira olish kabilarni qamrab oladi. Bundan tashqari rahbar tasavvur etish, aniq fikr yuritish, qayishkoqlik, ilmiy fikrni tushuna olish va yetkaza olish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
Raxbar menejment, iqtisodiyot va moliya, xuquq, soyiologiya va pedagogika asoslarini bilishi lozim. Bu fanlar butun menejmentga ilmiy karashlar tizimini yaratish imkonini beradi. Boshqaruv fakat ilmiy bilimlariga ega bulishni emas, balki boshkarish snʼatini bilishni xam talab kiladi. boshqaruv tashkil etish bilan kugullanuvchi avvalo oʼz-oʼzini tarbiyalay olishi, oʼzini boshkara olishi zarur. Buning uchun u doimo va muntazam oʼzini-oʼzi tarbiyalashi kerak. Raxbar uslubi eshitish va ukish, soʼzlash va yozish, yaʼni axborotni qabul qilish va uni boshqalarga oʼzatish malakasida ifodalanadi. Raxbar uchun zarur boʼlgan sifatlar jumlasiga uning tashkilotchilik qobiliyati, ish qobiliyati, kuchi, xushmuomalaligi, irodaliligi kiradi.
Obroʼga ega boʼlmay muvaffaqiyatli rahbarlik qilish mumkin emas, lekin obroʼga kuch bilan emas, ish bilan, qanday ishlashni oʼz misolida koʼrsatish bilan, uni qanday bajarish haqida soʼzlash bilan, faqat talabchanlik va qatʼiylik bilan emas, bilim va koʼnikma orqali erishish mumkin. Boshqaruv sanʼatiga ega boʼlmagan raxbar qabul qilingan qarorlar samarali boʼlishini taʼminlay olmaydi. Lekin inson rahbar boʼlib tugʼilmaydi, balki ish jarayonida shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |