2. Amir Temur buyuk davlat arbobi va mohir sarkarda. Temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat



Download 53,18 Kb.
bet9/13
Sana20.09.2021
Hajmi53,18 Kb.
#180400
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
maaaatn

Ilm-fan ravnaqi. Vatanimiz tarixida Uyg‘onish davrining ikkinchi bosqichi Amir Temur va temuriylar davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bilan birliqda uning ma‘naviy-madaniy hayotning ham gurkirab rivojlanishiga, ilm-urfon, adabiyot va san‘at sohalarining o‘sishiga, bu soha olimlarining iste‘dodi va ijodining kamol topishiga qulay shart-sharoitlar yaratildi. Bu o‘rinda Amir Temur, Shohrux Mirzo, Ulug‘bek, Boysunqur Mirzo, Sulton Husayn, Bobur Mirzo singari Ulug‘ hukmdor siymolarning shaxsiy ibrati tahsinga loyiqdir.

Amir Temur o‘z mamlakatining ilmu-urfon, madaniyat va san‘at ahliga xorijiy ellardan ko‘plab hunar-kasb ahllarini, me‘moru naqqoshlarini, olimu fozillarini oldirib kelib, ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berib, ularning bilimi, tajribasi va iste‘dodini ishga solib, hayratomuz ulug‘vor bunyodkorlik va ijodkorlik ishlarini ro‘yobga chiqardi. Bu davrda bunyod etilgan betakror me‘moriy obidalar, osori-atiqalar, yuksak san‘at asarlari, ilmiy-madaniy meros namunalari bunga yorqin dalil bo‘la oladi. Amir Temur salohiyatining ajoyib ifodasi bo‘lgan «Tuzukot»da sohibqironning ilm-fan, ma‘rifat ahliga har doim alohida e‘tibor berganligi va har bir muhim ishni amalga oshirishda ularga qat‘iyan suyanganligi qayta-qayta ta‘kidlab o‘tilgan. Amir Temur davrida yashab ijod qilgan allomalardan Jaloliddin Turonshoh (vafoti 1385), Bahovuddin Naqshband (vafoti 1389), Xoja Hofiz Sheroziy (vafoti 1389), Xoja Kamol Xo‘jandiy (vafoti 1391), Allomai Taftazoniy (vafoti 1392) va boshqalarni eslash kifoyadir.

Movarounnahrda, xususan, Samarqandda ilm-fan va san‘atning taraqqiyotida Ulug‘bek va uning atrofida yig‘ilgan olimlarning o‘rni va hissasi nihoyatda buyukdir. Ulug‘bek farmoni bilan bunyod etilgan Samarqand, Buxoro, G‘ijduvon shaharlardagi madrasalarda Qur‘on, hadis, tafsir, fiqh (din va shariat qonun-qoidalari), riyoziyot (matematika), handasa (geometriya), jo‘g‘rofiya (geografiya), ilmu aruz (poetika), arab tili kabi dunyoviy ilmlar ham o‘qitildi. Hatto, Buxoro madrasasining darvozasiga: «Bilim olish har bir musulmon ayolu erkakning burchidir», degan kalima yozib qo‘yilgan.

Ulug‘bekning Samarqanddagi madrasasi ikki kavatli, 50 hujrali bo‘lib, har bir hujra 3 xona: qaznoq (omborxona), yotoqxona va darsxonadan iborat bo‘lgan. Tarixiy ma‘lumotlarga qaraganda, madrasada 100 dan ortiq talaba istiqomat qilgan va ta‘lim olgan. Madrasada zamonasining iqtidorli olimlaridan Mavlono Shamsuddin Muhammad Havofiy yetakchi mudarris bo‘lgan. Mashhur olimlardan Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy hamda Mirzo Ulugbekning o‘zi va uning shogirdi Alouddin Ali Qushchilar turli fanlardan dars berganlar. Ayrim ma‘lumotlarga qaraganda, madrasada ilmi hay‘at (astronomiya) darsini Qozizoda Rumiy o‘tgan.

Ulug‘bek farmoyishi bilan qurdirilgan rasadxona o‘z davrining akademiyasi bo‘lgan. Shu asosda 1429 yil Samarqandda Mirzo Ulug‘bek tomonidan «Dorul-ilm» - Samarqand akademiyasiga asos solindi. Ulug‘bek akademiyasini tan olgan va dunyoga taratgan kishi bu frantsuz yozuvchisi, faylasufi va tarixchisi Volter (taxallusi; asl nomi Mari Fransua Arue (Arouet) 1694-1778) dir. Uning tarixiy mavzudagi «Millatlarning holatlari va odatlari haqida» (1753-1758) asarining 3-jildi Amir Temur va temuriylar xukmdorligiga bag‘ishlangan. Volter o‘z asarida Ulug‘bek haqida, uning podsholigi, Samarqandda ilmu ma‘rifatni taraqqiy ettirib, fan rivojiga katta hissa qo‘shganini hurmat bilan ta‘kidlab «Ulug‘bekning buyukligi, uning qilgan ishlari bilan belgilanadi. U Samarqandda birinchi Fanlar akademiyasini yaratdi, yer kurrasini o‘rgandi, koinot va yulduzlarni kashf etib mashhur jadval tuzdi...», deb yozadi.

Ulug‘bek akademiyasida dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan 100 dan ortiq olim faoliyat ko‘rsatdi. Ulug‘bek atrofiga uyushgan ko‘plab buyuk qomusiy olim sohiblari – Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Muhammad Ali Qushchi, Muhammad Havofiylar faoliyat ko‘rsatib ilm-fanning turli sohalarida, ayniqsa astronomiya, matematika singari aniq fanlar bo‘yicha barakali ijod qildilar hamda o‘zlaridan ulkan ilmiy meros qoldirib ketdilar.

Rasadxona o‘rta asrlarda asbob uskunasi jihatdan ham beqiyos bo‘lgan. Unda kichik o‘lchamli asboblar: armillyar sfera, 2, 4 va 7 halqadan iborat o‘lchov asboblari, triangula, quyosh hamda yulduz soatlari, asturlob va boshqalar bo‘lgan. Bu ilmiy uskunalar yordamida Quyosh, Oy, sayyoralar va alohida yulduzlar kuzatilgan.

Mirzo Ulug‘bekning eng yirik astronomik asari «Ziji Ko‘ragoniy» («Ko‘ragoniy yangi astronomik jadvali») 1437 yil Ulug‘bek rasadxonada yaratilgan. Ushbu ilmiy asar ikki bo‘limdan, ya‘ni batafsil yozilgan muqaddima va vaziyatlari elliptik sistemada berilgan 1018 ta yulduzning jadvalidan iborat. «Ziji Ko‘ragoniy»da keltirilgan yulduzlar jadvali Samarqandda olib borilgan kuzatishlar asosida tuzilgan. Jadval yulduzlar soni va kuzatishlarning originalligi jihatdan astronomiya tarixida Gipparx – Ptolemey jadvalidan (II asr) keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Optik asboblar ixtiro qilinguniga qadar tuzilgan zijlar orasida «Ziji Ko‘ragoniy» eng mukammal hisoblanadi. Undan vaqtni aniqlash va geografik koordinatalarni o‘lchashda, shuningdek, turli astronomik masalalarni hal qilishda XVII asrga qadar Sharqda va Yevropada foydalanib kelindi. Asarda boshqa jadvallar ham bor. 683 ta punkt uchun geografik koordinatalarni o‘z ichiga oluvchi jadval, asosan, turli manbalardan foydalanib tuzilgan.

Ulug‘bek ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida ham ijod qilgan. Uning qalamiga mansub «Ulusi arba‘-yi Chingiziy» («Chingiziylarning» to‘rt ulusi (tarixi)») yoki «Tarixi arba‘ ulus» («To‘rt ulus tarixi») nomi bilan mashhur asari, hech shubhasiz, tarixshunoslik fanida qimmatli manbalardan biri hisoblanadi. 1425 yildan keyin yozib tamomlangan bu asar muqaddima va to‘rt qismdan iborat. 74


Download 53,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish