ishi.
Kamera parametrlarini sozlash
Kamera yaratilgandan so‘ng yoki undan oldin ham uning parametrlarini sozlash mumkin, bunda Modify (O‘zgartirish) buyruq panelidan foydalaniladi. Sozlash amali Parameters (Parametrlar) maydonida bajariladi.
Kamera obyektivining fokus masofasini Lens (Obyektiv) o‘rnatkichida belgilang. Fokus masofasi qancha katta bo‘lsa, kamera oynasida ko‘rinish shuncha kattalashadi.
Ko‘rish piramidasi balandligi burchak qiymati kamera ko‘rish maydoni kattaligini belgilaydi, uni FOV (Ko‘rish maydoni) o‘rnatkichi orqali o‘rnatamiz.
Ushbu parametr obyektivning fokus masofasi qiymati hilan bevosita bog‘langan: linzaning fokus masofasi qanchalik katta bo‘lsa, ko‘rish maydoni shuncha kichik bo‘ladi, va aksincha. Ko‘rish maydoni kattaligini gorizontaliga, vertikaliga yoki diagonaliga ko‘rsatish mumkin. Kerakli variantni tanlash amali FOV (Ko‘rish may doni) o‘rnatkichidan chapdajoylashagan tugma orqali amalga oshiriladi (86-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |