Soyalar parametrlarini sozlash
Shadow Parameters (Soyalar parametrlari) maydonida barcha yorug‘lik manbalari uchun soyalar parametrlari bir xil sozlanadi.
1. Soyalar parametrlari rejimlarini sozlash:
► On (Soya tushishi) – yorug‘lik manbasidan soya tushishini o‘rnatuvchi bayroqcha;
► Use Global Settings (Global sozlanishlarni qo‘llash) – Ushbu bayroqcha joriy yorug‘lik manbayiga global sozlanish parametrlari o‘rnatilgan manbalar kabi parametrlarni o‘rnatadi;
► Shadow Maps (Soya xaritasini qo‘llash) – oyna ochilganda ro‘yxat atrofida soyani o‘rnatish rejimi;
► Ray Traced Shadows (Bir necha qismlardan iborat soyani qo‘llash) – chetlari chizilgan aniq shaklga ega soyani hosil qilish rejimi ro‘yxatda ko‘rsatiladi;
► Color (Rang) – soya rangini ko‘rsatuvchi satr bo‘lib, LM bosilganda ranglar majmuasi hosil bo‘ladi;
► Dens (Zichlik) – soya zichligini o‘rnatuvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |