LM ni Creat (yaratish) buyruqlar panelidagi Lights (yorug‘lik manbasi) tugmasida bosing. Ochilgan buyruqda faqat bitta – Standart vari-
ant bo‘ladi. Object Type (obyekt turi) majmuasida yorug‘lik manbalarining har xil turlarini yaratish tugmalari paydo bo‘ladi (72-rasm).
|
72-rasm. Yorug‘lik manbalari turlari tugmalari.
|
LM ni Omni (nuqtali) tugmasiga bosing, bunda buyruqlar panelining quyi qismida uchta: General Parameters (umumiy parametrlar), Projector Parameters (yo‘naltirilgan yorug‘lik parametrlari) va Shadow Parameters (soya parametrlari) paydo bo‘ladi.
Ikkinchi majmua nomiga yorug‘lik manbayi turi kiritiladi. General Parameters (umumiy parametrlar) va Shadow Parame ters (soya parametrlari) hamma yoaigMik manbalari uchun bil xildir.
Ekranning yuqori qismidagi ТФ (yuqori) proyeksiyasiga LM ni bosing.
Ko‘rsatilgan nuqtada yorug‘lik manbayi belgisi – 73-rasmda ko‘rsatilgan kichkina sakkiz qirra hosil bo‘ladi. Proyeksiya oynalaridagi sahna obyektlari yorug‘iigi o‘zgarishini kuzatdan holda manbaning optimal holatini tanlay borib, yorug‘lik manbayini boshqa nuqtaga tortib o‘tkazish mumkin.
73-rasm. Yorug‘likning hamma yo‘nalishli manbasi bilan yoritish.
Yorug‘lik parametrlari ni o‘rnatish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish kerak.
1. General Parameters (umumiy parametrlar) majmuasida yorug‘lik parametrlarini sozlang.
Multiplier (kuchaytirgich) yorug‘lik intensivligining umumiy darajasini sozlaydi.
Contrastr (kontrastr) yoritilgan sirt yoritkich rangi va diffuzion rang sohalari o‘rtasidagi kontrastni (farqni) beradi. Sukut vaziyatda u 0 ga teng.
Soften Diff Edge (diffuzion rang chegaralarini yo‘qotish) yoritkich va diffuzion akslanish sohalari o‘rtasidagi chegaralarni yo‘qotishga imkon beradi. 100% miqdorni o‘rnatish diffuzion akslanish sohalari va yoritkich o‘rtasidagi qat’iy chegaralarning yo‘qolishiga olib keladi, lekin bunda sirtning yoritsh darajasi pasayadi.
Sukut vaziyatida Affect Diffuse (diffuz rangga ta’sir etadi) va Affect Specular (ko‘zgu rangiga ta’sir etadi) parametrlarining ikkalasi ham o‘rnatiladi, lekin faqat diffuzion akslanish sohasini yoritish o‘chun faqat bitta yorug‘lik manbayini ishlatish mumkin, ikkinchisi esa faqat ko‘zga akslanishni beradi.
2. Affenuation (o‘chib borish) majmuasida yorug‘likning masofada uchib borish hodisasining quyidagi parametrlarini sozlang:
Start (boshlash) va End (tugatish) yorug‘likning noldan to doimiy qiymatigacha o‘sib borishi (Near hisobchilar guruhi) va keyingi sohada yorug‘likning nolgacha kamayib borishi (Far hisobchilar guruhi) chegaralarini beradi.
User (qo‘llash) va Show (ko‘rsatish) so‘nib borish holatini yaratish va so‘nish sohasi chegaralarini belgilashga imkon beradi.
Decay None (kuchsizlanish mavjud bo‘lmaslik) yorug‘lik o‘z ta’sirining hamma chegaralarida doimiy qoladi.
Decay: Inverse (kuchsizlanish: Teskari proporsiya) – yorug‘lik manbadan masofaga teskari proporsional tarzda o‘zgaradi.
Decay: Inverse Sguare (kuchsizlanish: teskari kvadrat) – yorug‘lik masofa kvadratiga teskari proporsional ravishda o‘zgaradi.
Soyalar parametrini sozlang. Ularni Shadow Parameters (soyalar parametri) majmuasida topish mumkin.
Cast shadows (soyalarni yo‘qotish) yorug‘likning belgilangan manbayidan soyalarni hosil qilish rejimini bekor qiladi.
Use Shadow Maps (soyalar kartasini qo‘llash) obyekt soyasi sahna sirtiga uning proyeksyasi kabi tushishini hisoblashni ko‘rsatadi.
Perspective oynasida LM ni bosing. Sizsahnada yorug‘likning bitta manbayini o‘rnatdingiz. Ikkinchi manbani oynaningo‘ng quyi burchagida o‘rnating va uni o‘sha sxema bo‘yicha sozlang.
Endi yorug‘likni modellash (hosil qilish)ga batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |