Shadow Maps Params (Soya xaritasi parametrlari) maydonida parametrlarni o‘rnating:
► Bias (Xaritaning ko‘chishi) – Obyekt va soya o‘rtasidagi masofa o‘rnatiladi. O‘zgarmas holda esa 4 birlikda ko‘chadi. Agar soya obyektga yopishgan bo‘lsa, parametr qiymati Ini kiritish lozim;
► Size (O‘lcham) – Soya xaritasi kattaligi ni piksellarda o‘rnatish. O‘zgarmas holda ushbu qiymat – 256 qabul qilinadi;
► Sample Range (O‘rtalashtirish diapazoni) – Soya xaritasini o‘rtalashtirish qiymatini ko‘rsatuvchi o‘rnatkich.
Berilgan parametrli soyani ko‘rish uchun Rendering (Ko‘rsatish) menusidan Render (Ko‘rish) buyrug‘ini tanlang.
Umumiy ko‘rinish rejimlariga to‘liq to‘xtalib turmasdan, (ularni keyinroq ko‘rib o‘tamiz) hosil bo‘lgan Render Scene (To‘liq ko‘rish) oynasining Render tugmasida LM ni bosing.
Do'stlaringiz bilan baham: |