2- máruza. Uglevodorodlar. Alkanlar



Download 94,17 Kb.
bet1/2
Sana29.04.2022
Hajmi94,17 Kb.
#593970
  1   2
Bog'liq
2-maruza


2- máruza. Uglevodorodlar.Alkanlar.

Reja:


  1. Alkanlarning gomologik qatori, gomologik qator farqi.

  2. Izomerlanishi.

  3. Nomlanishi – tasodifiy (trivial) (tarixiy), ratsional, IYuPAK nomenklaturasi.

Alkanlar CnH2n+2umumiy formulaga ega bo‘lib, ulaming tarkibidagi barcha uglerod atomlari faqat о (sigma) bog‘ orqaligina bog‘langan bo‘ladi.

Uglevodorodlar quyidagi sinflarga bo‘linadi:



Uglevodorod

Umumiy formulasi

Alkanlar

CnH2n+2

Sikloalkanlar

CnH2n

Alkenlar

Alkadiyenlar

CnH2n-2

Alkinlar

Arenlar

CnH2n-6

1. Alkanlar — To‘yingan uglevodorodlar.


2. Sikloalkanlar (alitsiklik uglevodorodlar).
3. Alkenlar — etilen qatarı uglevodorodlari.
4. Diyen uglevodorodlar.
5. Alkinlar — asetilen qatarı uglevodorodlari.
6. Arenlar — aromatik uglevodorodlar.

Eng oddiy organik birikmalar uglevodorodlardir. Molekulasidagi uglerod atomlari o’zaro oddiy bog’ bilan bog’langan, qolgan valentliklari vodorod atomlari bilan toyingan uglevodorodlar alkanlar deyiladi. Alkanlarning dastlabki vakili CH4 metandir, undan keyin C2H6 etan, C3H8 propan, C4H10 butan, C5H12 pentan, C6H14 geksan, C7H16 geptan, C8H18 oktan va hakozo


Bir-biridan CH2 guruhga farq qiluvchi qatorni alkanlarning gomologik qatori deyiladi. Metan vodorodlarini alkil radikallariga almashtirishdan boshqa alkanlarni hosil qilish mumkin. Alkanlar tarmoqlangan va tarmoqlanmagan zanjirli bo’ladi. Izomeriya hodisasi butandan boshlanadi:

H

H H

H H H
1 1 1

H-C-H
1

H-C-C-H
1 1

H-C-C-C-H
1 1 1

H

H H

H H H

metan

etan

propan



Alkanlarning gomologik qatori:



Alkanlar formulası

Nomi

Radikal formulası

Nomi

CH4

Меtan

CH3

Меtil

C2H6

Еtan

C2H5

Еtil

C3H8

Propan

C3H7

Propil

C4H10

Butan

C4H9

Butil

C5H12

Pentan

C5H11

Pentil

C6H14

Geksan

C6H13

Geksil

C7H16

Geptan

C7H15

Geptil

C8H18

Oktan

C8H17

Оktil

C9H20

Nonan

C9H19

Nonil

C10H22

Dekan

C10H21

Detsil



To‘yingan uglevodorodlar molekulasidan bitta vodorod atomi tortib olinsa, tegishli uglevodorodlaming radikallari hosil bo‘ladi. Radikallaming umumiy formulasi CnH2n+1-bo‘lib, radikal nomi to‘yingan uglevodorod nomidagi «аn» qo‘shimchasi o‘miga «il» qo‘shimchasi qo‘shish bilan hosil bo‘ladi. Masalan:


CH4-metan metil (CH3-) C2H6-etan etil (C2H5-)


Nomenklaturasi:
Tarixiy nomenklatura. Organik birikmalaming ko‘plab kashf etilishi nati- jasida ko‘pchilik organik moddalarga trivial(empirik, tarixiy, tasodifiy) nom- lar berilgan. Masalan, to‘yingan uglevodorodlaming birinchi to‘rtta vakiliga metan, etan, propan va butan deb, tasodifiy nom berilgan. Pentandan bosh­lab alkanlaming nomiga molekula tarkibidagi uglerod atomi sonining grekcha nomiga (“penta”- 5, “geksa”- 6, “gepta”- 7, “okta”- 8, “nona”- 9, “deka”- 10) «аn» qo‘shimchasini qo‘shib hosil qilinadi. Masalan: pentan - C5H12, geksan -c6h14,
Ratsional nomenklatura. XIX asrdan boshlab organik moddalami nom- lashda ratsional (lotincha «ratio» - fikrlash, idrok demakdir) nomenklatura qo‘llanildi. Ushbu nomenklaturaga, asosan, barcha alkanlar metanning hosi- lasi deb qaraladi. Metan tarkibidagi vodorodlar o‘miga radikallaming alma- shinishidan alkanlar hosil bo‘ladi. Ratsional nomenklatura bo‘yicha alkanlami nomlashda eng ko‘p tarmoqlangan uglerodni metan markazi sifatida qaraladi va shu uglerodga bog‘langan radikallaming nomi va oxirida metan so‘zini aytish bilan modda nomi tugallanadi

CH3-CH2- CH2—CH3
metiletilmetan
CH3—CH2- CH2—CH2— CH3
metilpropilmetan

IYuPAK (sistematik) nomenklaturada bo`yicha nomlash uchun quyidagi tartib qabul qilingan:


1. Asos sifatida uglerod atomlarining eng uzun zanjiri tanlab olinadi. Zanjirga bog’langan alkil radikali o’rinbosar sifatida qaraladi;
2. Tanlab olingan eng uzun zanjir nomerlanadi. Nomerlash zanjirning tarmoqlanishi chetga yaqin bo’lgan tomonidan boshlanadi;
3. Agar zanjirning bitta yoki bir nechta uglerod atomlarida o’rinbosarlar joylashgan bo’lsa, nomlanganda nomer har bir o’rinbosarga qoyiladi va vergul bilan ajratiladi, bir xil o’rinbosarlarning soni di-, tri-, tetra- va h.k. grek sonlari bilan ko’rsatiladi.
4. Alkan molekulasida turli o’rinbosarlar bo’lib, ular uglerod atomlarining soni va tarmoqlanish darajasi bilan farq qilsa, alkanni nomlashda o’rinbosarlar alfavit bo`yicha nomlanadi.

5-izopropil-2,5-dimetil-4-etilnonan
5. Alkanning tarmoqlangan uzun zanjiri nomerlanadi, nomerlash uglevodorod asosiy zanjiri bilan bog’langan uglerod atomidan boshlanadi. O’rinbosar nomi qavs ichida yoziladi:

2-metil-5-(1,2-dimetilpropil) nonan

2-metil-5-(1-metilpropil) dekan yoki 5-ikkilamchi-butildekan
Uglerod atomlari birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va to’rtlamchi bo’ladi. Bitta uglerod bilan bog’langan uglerod atomiga birlamchi, ikkita bilan bog’langaniga ikkilamchi, uchta bilan bog’langan bo’lsa, uchlamchi va to’rtta bilan bog’langan bo’lsa to’rtlamchi uglerod atomi deyiladi. Masalan:

Alkan molekulasidan bitta vodorod tortib olinsa alkil radikali hosil bo’ladi:

Alkil radikalining nomi alkanning -an qo’shimchasini -il almashtirib hosil qilinadi. CH3-metil, CH3CH2-etil, CH3CH2CH2-propil, (CH3)2CH-izopropil, C4H9-butil, CH3CH(CH3)CH2-izobutil, CH3CH2(CH3)CH-ikkilamchi butil, (CH3)3C-uchlamchi butil radikallari.
Tarmoqlangan alkil guruhini nomlash uchun zanjir nomerlanadi:

Alkanlarning galogenli hosilalarini nomlash
Xalqaro (sistematik) nomenklaturaga ko‘ra, alkanlarning galogenli hosi­lalarini nomlashda quyidagi qoida va ketma-ketlikka amal qilinadi:

  1. Galogen asosiy uglerod zanjirida bo‘lishi kerak.

  2. Asosiy zanjirdagi uglerod atomlarini galogen yaqin tomondan raqam- lab chiqiladi.

  3. Yonaki zanjirdagi radikallar yoki galogenlaming nomi ulami asosiy zanjirdagi ular bog‘langan uglerodning tartib raqami ko‘rsatilgan holda, alifbo tartibida aytib o‘tiladi va oxirida asosiy zanjiming nomi aytiladi.

Cl
l 2 | 3 4 5
CH3— CH—CH— CH2— CH3 2-metil-3 –xlorpentan
CH3





3 -brom-4-etilgeksan

4-etil-6-metil-2-yodgeptan
Izomeriyasi. Umumiy formulasi bir xil bo‘lib, tuzilishi (fizik va kimyoviy xossalari) har xil bo‘lgan moddalar izomerlar deyiladi.
To‘yingan uglevodorodlarda izomeriya butandan boshlanadi.
Olinishi. To‘yingan uglevodorodlar fransuz kimyogari Adolf Vyurs (1855- yil) reaksiyasi bo‘yicha galoidalkillarga natriy metalini ta’sir ettirib olinadi:
1) CH3 - I Na
+ CH3 – CH3 +2Na I
CH3- I Na

2) C2H5— I + 2 Na + I— C2H5 2 Na I + C2H5- C2H5


Metil yodid va etil yodidlar natriy metali bilan ta’sirlashishi natijasida 3 xil Reakciya:
3.CH3—J + Na + Na + J—CH3 СНз—CH3 + 2NaJ
4.CH3- CH2- J + Na + Na +J- CH2-CH3 CH3-CH2-CH2-CH3 + 2NaJ
5.CH3—J + Na + Na + J—CH2—CH3 СНз—CH2—CH3 + 2NaJ
Laboratoriyada metan quyidagi usullar yordamida olinadi:

1. Bu reaktsiya Dyoma( Дюма) reakciyası.


CH3COONa+NaOH CH4+Na2CO3
2.Laboratoriyada eń taza metan alınadı.
Al4C3+12H2O 4Al(OH)3+3CH4
3. Natriy propionatdan etan payda boladi.
CH3-CH2—COONa + NaOH CH3—CH3 + Na2CO3

Download 94,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish