Katalitik riforming. Jarayonning asosiy reaksiyalari va katalizatorlari



Download 406,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana08.05.2023
Hajmi406,69 Kb.
#936236
  1   2   3
Bog'liq
Katalitik riforming. Jarayonning asosiy reaksiyalari va kataliza



2-MA’RUZA. 
KATALITIK RIFORMING. JARAYONNING ASOSIY 
REAKSIYALARI VA KATALIZATORLARI 
 
Reja: 
 
1.
 
Neftni qayta ishlash texnologiyasida katalitik riforming jarayonining 
maqsadi; 
2.
 
Riforming jarayonining kimyosi; 
3.
Riforming jarayoni katalizatorlari.
Riforming jarayonida sifati past benzindan yuqori oktan sonli benzin 
komponenti olinadi. bu jarayonda asosan aromatik uglevodorodlar hosil bo‘ladi, 
parfin uglevodorodlari izomerlanishga uchraydi. 
AVT qurilmalarida neftdan benzin olinadi (16-20 %). Bu benzinlarni oktan 
soni 45-55 ga teng. Riformingdan so‘ng oktan soni 80-90 (m.m) yoki 90-100 (i.m.) 
gacha ko‘tariladi. 
Riforming jarayonining ikkinchi vazifasi - benzin fraksiyalaridan aromatik 
uglevodorodlar (benzol, toluol, ksilol, etilbenzol) olishdir. 
Bu jarayonda tannarxi arzon bo‘lgan vodorod qo‘shimcha mahsulot sifatida 
hosil bo‘ladi. Vodorod gidrogenizatsion jarayonlar uchun zarur qo‘shimcha 
mahsulotdir. 
Riforming jarayoni kimyosi asoslari 
Riforming jarayonini asosiy reaksiyalaridan biri naften uglevodorodlaridan 
aromatik uglevodorodlar hosil bo‘lishidir. Bu reaksiyani nikel va platina gruppasi 
metallari yordamida 300
o
S da sodir bo‘lishini birinchi marta 1911 yilda 
N.D.Zelinskiy ixtiro etgan.
Siklogeksan va uning hosilalaridan benzol va uning hosilalari hosil bo‘ladi: 
CH
3
CH
3
CH
3
-3Н
2
-3Н
2
СН
3
СН
3
СН
3


Gem Dimetilsiklogeksan degidrogenlanish reaksiyasiga chidamlidir. Ammo 
platina va reniy katalizatorlarini taosirida avval izomerlanadi, so‘ngra 
degidrogenlanish reaksiyasi sodir bo‘ladi. Bu reaksiyalar qaytariluvchan bo‘lib, 
300 
0
C dan past haroratda benzoldan siklogeksan hosil bo‘lishi mumkin. 
Besh burchakli naftenlar birinchi navbatda izomerlanish natijasida olti 
burchakli naftenga aylanadi, so‘ngra benzol hosil bo‘ladi. 
Harorat 90
o
C da reaksiya muvozanatiga etadi. Harorat pastga tushsa 
reaksiyani borishi o‘ng tomonga siljiydi. Riforming jarayonida (yuqori haroratda) 
izomerlanish reaksiyasini sodir bo‘lishiga sabab, naftenlardan benzol hosil 
bo‘lishidir va degidrogenlanish reaksiyasining tezligi izomerlanish reaksiyasining 
tezligidan yuqoriligidir.
Aromatik uglevodorodlarining hosil bo‘lishini asosiy reaksiyalaridan 
ikkinchisi, parafinlarning degidrosikllanish reaksiyasidir. 
Oktan soni past bo‘lgan benzinlarni tarkibidagi parafin uglevodorodlarini 
xrom oksidi va boshqa katalizatorlar ishtirokida aromatik uglevodorodlarga 
o‘tishini V.I.Karjev taklif etdi. B.L.Moldavskiy va G.D.Kamusherlarni 
takidlashicha aromatik uglevodorodlar olefin uglevodorodlardan tezroq hosil 
bo‘ladi (parafinlarga nisbatan) B.A.Kazanskiy va A.F.Platelarni taokidlashicha 
degidrosikllanish reaksiyasi platinalangan ko‘mir ishtirokida 300 –310
0
C da sodir 
bo‘ladi. 
Umuman olganda degidrogenlanish reaksiyasi degidrosiklanishga nisbatan 
ko‘proq sodir bo‘ladi. Beshburchakli naftenlarni oltiburchakli naftenlarga 
izomerlanish 
reaksiyasi 
parafinlarni 
aromatik 
uglevodorodlarga 
o‘tish 
reaksiyasidan engilroqdir. 
СН
2
Н
2
С СН
2
-СН

-4Н
2
Н
2
С СН
2
-СН

-4Н
2
С 
Н
2
СН
3
СН 
Н
2
С СН
3
Н
2
С СН
3

2
СН 
СН
3


Riforming jarayonida parafinlar birinchi navbatda olefinga, keyin naftenga va 
so‘ngra aromatik uglevodorodga aylanadi. 
Xomashyo tarkibidagi va riforming jarayonida hosil bo‘lgan alkilaromatik 
uglevodorodlar izomerlanish va zichlanish reaksiyalariga o‘tishi mumkin. Masalan, 
m-ksilol qisman va p-ksilol va toluolga o‘tadi; olingan katalizatni qoldiq qismi 
ko‘payadi. 

Download 406,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish