2 -modul. Kuch transformatorlari va avtotransformatorlar. 2- mavzu: kuch transformatorlari va avtotransformatorlar


Transformatorlarning sovitish sistemasi



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana17.07.2022
Hajmi0,61 Mb.
#810857
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-maruza. 3-kurs sirtqi

Transformatorlarning sovitish sistemasi. 
Transformatorlarning ishlash jarayonida elementlari qiziydi va natijada isroflar yuzaga 
keladi. SHuning uchun bu isroflarni kamaytirish, transformator quvvatini oshirish va ularni uzoq 
vaqt berilgan xarakteristikalari bilan ishlashlarini tahminlash uchun sovutish sistemalari 
qoʻllaniladi. 
Sovutish muhiti sifatida havo va transformator moyidan foydalaniladi. 
Transformatorlarning quvvati va tipiga koʻra sovutish sistemalari quyidagi turlarga 
boʻlinadi. 
1.
Havoli (quruq) sovutish («S»). 1600 kVA gacha quvvatli transformatorlarda. 
2.
Tabiiy moyli sovutish («
M
»). 16000 kVA gacha. 
3.
Moyni tabiiy aylanishili puflashli sovutish («D»). 63000 kVA gacha. 
4.
Moyni havoli sovutgichlar orqali majburiy aylantirishli puflashli sovutish («DTS»). 
63000 kVA va undan yuqori. 
5.
Moyni suv bilan sovutiladigan sovutgichlar orqali majburiy aylantirishli moyli suvli 
sovutish («TS»), 80000 kVA va undan yuqori va «DTS» sovutish sistemasiga oʻhshash. 
Transformatorlarni 
havo bilan tabiiy sovitish 
havoning tabiiy konvektsiyasi va qisman havoga 
nur chiqarish yoʻli bilan bajariladi. Bunday transformatorlar «quruq» nomini olgan. Havo bilan 
tabiiy sovitish shartli ravishda quyidagicha belgilanadi: ochiq tayyorlanganida C, himoyali 
tayyorlanganida CZ; germetik tayyorlanganida CG. 
«Quruq» transformator choʻlgʻami haroratining sovituvchi muhit haroratidan yoʻl 
qoʻyiladigan oshish chegarasi izolyatsiyaning qizishga chidamliligi sinfiga bog`liq va GOST 
11677–75 ga muvofiq A sinfi uchun 60° S; E sinfi uchun 75° S; V sinfi uchun 80° S; S sinfi uchun 
100° S; N sinfi uchun 125° S dan koʻp boʻlmasligi kerak. 
Sovitishning bu tizimi kam samarali boʻlganligi sababli kuchlanishi 15 kV gacha, quvvati 
1600 kVA gacha boʻlgan transformatorlar uchun qoʻllaniladi. 
Moy bilan tabiiy sovitish
(M) 16000 kVA va undan kam quvvatli transformatorlar uchun 
qoʻllaniladi. Bunday transformatorlarda choʻlgʻam va magnit oʻtkazgichda ajralgan issiqlik ular 
atrofidagi moyga beriladi, bu moy bak va radiator trubalarida aylanib, uni atrofdagi havoga 
beradi. Transformator yuklamasi nominal boʻlganda moyning harorati yuqorigi eng qizigan 
qatlamlarida ±95° S dan oshmasligi kerak (PTE 35.13–§). 
Atrofga issiqlikni yaxshi tarqatish uchun transformatorlar baki, quvvatga qarab, 
qovurg`alar, sovitish trubalari yoki radiatorlari bilan jihozlanadi.
Moyni puflash va tabiiy sirkulyatsiyalash yoʻli bilan sovitish 
(D) katta quvvatli 
transformatorlarda qoʻllaniladi. Bu holda radiator trubalaridan tashkil topgan osma sovitgichlarga 
ventilyator oʻrnatiladi. 
Ventilyator pastdan havoni soʻradi va trubalarning yuqorigi qizigan qismiga haydaydi. 
Ventilyatorlarni ishga tushishi va toʻxtashi transformatorning yuklamasi va moyning qizish 
haroratiga qarab, avtomatik amalga oshirilishi mumkin. SHunday sovitiladigan transformatorlar, 
agar yuklama quvvatining nominal qiymatini 100% idan oshmasa, moyning yuqorigi 


qatlamining harorati esa +55°S dan yuqori boʻlmasa, shuningdek, sovitadigan havo harorati 
minus boʻlsa hamda yuklamadan qathiy nazar moy harorati +45°S dan yuqori boʻlmasa, puflash 
toʻliq toʻxtatilgan holda ishlashi mumkin (PTE 35

10). Nominal yuklamada ishlayotganda moy 
yuqorigi qatlaminiig yoʻl qoʻyiladigan haroratining maksimal chegarasi +95°S bo`ladi. 
Moyni puflash va moyni havo sovitgichlar orqali majburiy sirkulyatsiyalash yoʻli bilan 
sovitish 
(DTS) quvvati 63000 kV

A va undan katta boʻlgan transformatorlar uchun qoʻllaniladi. 
Sovitgichlar tashqarisiga ventilyator havo haydaydigan qirrali yupqa trubalar tizimidan tashkil 
topgan. Moy trubasi ichiga joylashtirilgan elektr nasoslari moyning sovitgichlar orqali uzluksiz 
majburan sirkulyatsiyasini hosil qiladi (6.3–rasm). 
Moy katta tezlikda sirkulyatsiyalanishi, sovitish yuzalari kattalashgani va jadal puflash 
hisobiga sovitgichlar issiqlikni koʻp uzatadi va ixchamdir. Sovitishning bunday tizimiga oʻtish 
transformatorlarning oʻlchamlarini ancha kamaytirish imkoniyatini beradi. 
6.3–rasm. “DTS”- tizimi sovitkichning printsipial sxemasi: 
1–transformator baki; 2–elektr nasosi; 3–adsorb filtr; 4–sovitkich; 5–puflash ventilyatorlari. 
Sovitgichlar transformatorlar bilan bir poydevorga yoki transformatorning baki yonidagi 
alohida poydevorga ornatilishi mumkin. 
“DTS” sovitish tizimli transformatorlarda moyning maksimal yoʻl qoʻyilgan harorati 
+75°S. 
Moy majburan sirkulyatsiyalanadigan moy–suvli sovutish (TS) printsipial jihatdan DTS 
tizimiga oʻxshash tuzilgan faqat farqi shundaki, undagi sovitgichlar trubalardan iborat boʻlib ular 
ichida suv aylanadi, trubalar orasidan esa moy yuradi. 
Moy sovitgichga kirayotgan moy harorati +70°S dan oshmasligi lozim. 
Transformatorning moy tizimiga suv tushishining oldini olish uchun moy sovitgichlardagi 
moy bosimi ularda aylanuvchi suv bosimidan kamida 0,02 MPa (2 N/sm
2
) ga ortiq boʻlishi kerak. 
Sovitishning bu tizimi samarali, biroq konstruktsiyasi jihatidan ancha murakkab boʻlib, 
gidrostantsiya va yopiq xonalarga oʻrnatiladigan (100 MV

A va undan yuqori) quvvatli 
transformatorlarda ishlatiladi. 
DTS va TS sovitish tizimli transformatorlarda moyni majburan sirkulyatsiyalash qurilmasi 
transformator ishga tushishi bilan bir vaqtda avtomatik ulanishi va transformatorning 
yuklamasidan qat`iy nazar uzluksiz ishlashi kerak. SHu bilan birga, ishga tushiriladigan 
sovitgichlar soni transformatorning yuklamasiga qarab aniqlanadi. Bunday transformatorlar 
moyning va sovituvchi suvning sirkulyatsiyalanishini toʻxtatish, ventilyatorni toʻxtatish kerakligi 
haqidagi signalizatsiyaga ega boʻlishi kerak. 
Har bir transformator quyida koʻsatilgan tartibdagi shartli harfiy belgilarga ega: 
1) fazalar soni (bir fazali uchun–0, uch fazali uchun–T); 
2) sovitish turi–yuqorida keltirilgan tushuntirish asosida; 
3) turli kuchlanishli tarmoqlarda ishlaydigan choʻlgʻamlar soni (agarda u ikkitadan ortiq 
boʻlsa); uch choʻlgʻamli transformatorlar uchun T, ajratilgan choʻlgʻamli transformator uchun R 
(fazalar sonidan keyin koʻrsatiladi). 


4) choʻlgʻamlardan biri RPN qurilmasi bilan tayyorlangan boʻlsa, qoʻshimcha N harfi 
bilan belgilanadi; 
5) avtotransformatorlarni belgilash uchun birinchi oʻrinda A harfi qoʻshiladi. 
Harfiy belgidan keyin nominal quvvat va kuchlanish sinfi koʻrsatiladi. Bir xil parametrli, 
bir xil konstruktsiyali turli korxonalarda ishlab chiqariladigan transformatorlar uchun, shu 
konstruktsiyadagi transformatorlar qaysi yildan boshlab ishlab chiqarilishi koʻrsatiladi. 
Masalan: TMN–10000/110–95–uch fazali, ikki choʻlgʻamli, moy bilan tabiiy sovitiluvchi, RPN 
li nominal quvvati 10000 kV.A, 110 kV sinfli, 1995 yilda yaratilgan konstruktsiyali 
transformator. 

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish