Bir fazali transformatorlar guruhlarining eng katta quvvati 500 kV kuchlanishda 1600
MVA; 750 kV kuchlanishda 1250 MVA ga teng.
Har bir fazadagi turli kuchlanishdagi choʻlgʻamlar soniga qarab transformatorlar ikki
choʻlgʻami
va
uch choʻlgʻamligiga
boʻlinadi (6.2–rasm, a, b).
Bundan tashqari, aynan bir xil
kuchlanishdagi choʻlgʻamlar, odatda, pasaytiruvchi choʻlgʻami bir–biridan
va yerga
tutashtirilgan qismlardan izolyatsiya qilingan ikki va undan ortiq parallel tarmoqlardan tashkil
topadi. Bunday transformatorlar
ajratilgan choʻlgʻamli
transformatorlar deb ataladi (6.2–rasm,
v).
Yuqori, oʻrtacha va past kuchlanishli choʻlgʻamlarni qisqacha VN (visshee napryajenie), SN
(srednee napryajenie) va NN (nizshee napryajenie) deb belgilash qabul qilingan.
Transformatorning nominal quvvati, kuchlanishi, toki,
qisqa tutashuv kuchlanishi, salt
ishlash toki, salt ishlash bilan qisqa tutashuvdagi isroflar transformatorning asosiy parametrlari
hisoblanadi.
Transformatorning nominal quvvati deb zavod pasportida koʻsatilgan toʻla quvvatining
qiymatiga aytilib, nominal chastota va kuchlanishda, oʻrnatish joyi va sovitish muhiti nominal
boʻlgan sharoitlarda transformatorni shu quvvat bilan uzluksiz yuklamalash mumkin boʻladi.
Umumiy maqsadlar uchun moʻljallangan, ochiq havoda oʻrnatilgan va puflamasdan yoki
puflab tabiiy ravishda moy bilan sovitiluvchi transformatorlar uchun nominal
sovitish sharoitlari
sifatida tashqi havoning tabiiy ravishda oʻzgaruvchi harorati (oʻrtacha sutkalik oʻzgarishi koʻpi
bilan 30°C, oʻrtacha yillik oʻzgarishi koʻpi bilan 20°C), moy–suv bilan sovitiladigan
transformatorlar uchun esa sovitgichga kirayotgan suvning harorati (koʻpi bilan 25°C) qabul
qilinadi
Ikki choʻlgʻamli transformatorlarning nominal quvvati–uning har bir choʻlgʻamining
quvvatidan iborat. Uch choʻlgʻamli transformatorlar choʻlgʻamlarining quvvati bir–biriga teng
yoki har xil qilib tayyorlanadi. Quvvatlari har xil boʻlganda har bir alohida choʻlgʻam ichida eng
katta nominal quvvatga ega boʻlgan choʻlgʻamning quvvati transformatorning nominal quvvati
deb qabul qilinadi.
Avtotransformatorning nominal quvvati sifatida oʻzaro avtotransformatorli bogʻlanishga
ega boʻlgan tomonlardan birining nominal quvvati (oʻtuvchi quvvat–«proxаdnаya moo’nostg’»)
qabul qilinadi.
Transformatorlar ochiq havoda oʻrnatilishdan tashqari,
tabiiy shamollatiladigan, yopiq,
isitilmaydigan binolarga ham oʻrnatiladi. Bu holda ham transformatorlar nominal quvvat bilan
uzluksiz yuklanishi mumkin, ammo bunday sharoitda transformatorning xizmat qilish muddati
sovitish sharoitlari yomonligi tufayli ancha kamayadi.
Choʻlgʻamlarning nominal kuchlanishlari
–
transformatorning salt ishlashida birlamchi
va ikkilamchi choʻlgʻamlarining kuchlanishlaridir.
Uch fazali transformator uchun –bu uning
liniya (fazalar orasidagi) kuchlanishidir. Bir fazali transformator agar yulduz sxemasida
biriktirilib, uch fazali guruhga ulashga moʻljallangan boʻlsa, bu kuchlanish
3
/
U
ga teng boʻladi.
Transformatorning transformatsiya koeffitsienti n yuqori va past kuchlanish choʻlgʻamlarining
nominal kuchlanishlar nisbatidan iborat bo`ladi:
НН
ном
ВН
ном
U
U
n
,
,
Uch choʻlgʻamli transformatorlarda choʻlgʻamlarning har qaysi jufti uchun
transformatsiya koeffitsienti aniqlanadi: VN va NN; VN va SN; SN va NN.
Transformatorlarning nominal toklari deb, choʻlgʻamlarning zavod pasportida
koʻsatilgan toklarining qiymatiga aytilib, transformatorning ana shu toklarda uzoq vaqt normal
ishlashiga yoʻl qoʻyiladi.
Transformatorning istalgan bir choʻlgʻamining nominal toki uning nominal quvvati
bilan nominal kuchlanishidan aniqlanadi.
Qisqa tutashuv kuchlanishi U
k
–
shunday kuchlanishki, transformatorning choʻlgʻamlaridan
biriga shu kuchlanish berilganda boshqa choʻlgʻamiga qisqa tutashgan boʻlsa, undan oʻtayotgan
tok nominal miqdoriga teng boʻladi.
Salt yurish toki i
x
poʻlatdagi aktiv va reaktiv isroflarni tavsiflaydi va poʻlatning magnit
xossasiga, magnit oʻtkazgichning konstruktsiyasi va uni yigʻish
sifatiga hamda magnit
induktsiyasiga bogʻliq boʻladi. Salt yurish tokining kattaligi transformator nominal tokiga
nisbatan foiz hisobida ifodalanadi.
Salt ishlashdagi
P
X
va
qisqa tutashishdagi
P
k
isroflar
transformatorning
tejamli
ishlashini bildiradi. Salt ishlashdagi isroflar poʻlatning qayta magnitlanishi hamda uyurma
toklarni hosil boʻlishidan kelib chiqadigan isroflar yigʻindisidan iborat.
Transformatorlarning hozirgi konstruktsiyalarida isroflar ancha, kamaytirilgan. Masalan,
250000 kVA, U=110 kV li (
P
X
=200 kVt,
P
k
=790 kVt), yil davomida ishlaydigan T
max
=6300
soat) transformatordagi elektr energiyaning isrofi undan oʻtgan elektr energiyasining 0,43% ini
tashkil etadi. Transformator quvvati qancha kichik boʻlsa, undagi nisbiy isrof shuncha katta
boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: