Kompyuterlashtirish psixologiyasi - kompyuterning ishlab chiqarishdagi roli, psixik aks ettirishga ta’siri, shaxs tuzilishining o’zgarishini o’rganuvchi psixologiya sohasi. Mazkur soha kompyuter va inson o’rtasidagi dialogik munosabatni ham tadqiqot qiladi, natijada «texnika-inson-texnika» o’zaro ta’siri mexanizmini tekshiradi va zarur jabhalar o’zaro ta’sirini aniqlaydi.
Parapsixologiya - hozirgi zamon fanining chegarasidan tashqaridagi, tushuntirish qiyin bo’lgan psixik hodisalarni o’rganadi. Ekstrasensorika - o’ta sezuvchanlik, telepatiya - fikrni masofaga uzatish, kelajakni bashorat qilish va hokazo. Parapsixologiyaga nisbatan qiziqish qadimdan mavjud bo’lib, unga nisbatan ixlos to hozirgi kungacha kamaygani yo’q, goho uni psixotronika deb ham atashadi. Xiromantiya-qo’l kaftiga qarab fol ochish, inson kelajagi va uning taqdiri haqida oldindan bashorat qilishdan iborat noilmiy soha. Spiritizm-o’lgan odamlar arvohlari, ruhlari bilan aloqa o’rnatish mumkin, ular hamisha barhayot va biz bilan muloqotga muhtoj g’oyani ilgari suruvchi parapsixologiya sohasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |