Din psixologiyasi - psixologik va ijtimoiy psixologik omillarning diniy ong bilan shartlanganligini, dinning insonga ta’sirini o’rganuvchi psixologiya sohasi. Din psixologiyasi XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida vujudga kelgan bo’lib, insonni ibodat qilishdagi, diniy an’analarni, rasm-rusumlarni bajarishdagi hissiyot holatlarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Siyosiy psixologiya - jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik xususiyatlar, holatlar, qonuniyatlar, ta’sirchanlik va ta’sir o’tkazish jarayonlari kabi jabhalarni tekshiruvchi psixologiya sohasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |