2- mavzu: Psixologiyaning ilmiy- tadqiqot metodlari va metodologik asosi



Download 112,25 Kb.
bet30/35
Sana29.12.2021
Hajmi112,25 Kb.
#86375
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
2-maruza

Tabiiy eksperiment. Tabiiy eksperiment metodi oddiy obektiv suratda kuzatish metodi bilan laboratoriya eksperimenti metodi o’rtasida turadi. Bu metodni professor A.F.Lazurskiy kuzatish va tajriba metodlarining kamchiliklaridan saqlanish va ikkala metodning foydali tomonlarini qo’shish maqsadida yaratgan.

Tabiiy eksperiment metodining mohiyati shundaki, bu erda tekshiruv-chi kishining o’zi tekshiriladigan kishida (yoki kishilarda) biron psixik jarayon (masalan, xotira, tafakkur, diqqat) ro’y berishi uchun yoki tekshiriladigan kishilarda individual xususiyatlarini (temperament, havas) ro’y berishi uchun maxsus sharoit tug’diradi. Masalan, tekshirish lozim bo’lgan biron psixik jarayon odatdagi dars vaqtida yoki o’yin paytida maxsus reja bilan tekshiriluvchining o’ziga sezdirmasdan tajriba qilib sinaladi. Albatta, bu sharoit va unda tekshiriladigan psixik faoliyat dastlab analiz qilinadi. M: bolalardagi muayyan bir psixik jarayonlarni, muayyan bir xarakter xususiyat­larini, muayyan bir qobiliyatlarni ularning biron-bir o’yindagi faoliyati sha­roitida tekshiriladigan bo’lsa, bolalarning tekshirish nazarda tutilgan psixik jarayoni, xarakter xususiyatlari, qobiliyatlari qaysi o’yinda, ayniqsa, yaqqol ko’rinishi oldindan bilib olinadi. Tekshiriluvchi kishilar shundan keyin tekshiruvchi kishi tomonidan maxsus ravishda, lekin tekshiriluvchi kishilar uchun tabiiy bo’lgan sharoitga, darsga yoki bu o’rinda o’yinga jalb qilinadi. Tekshiruvchi kishi bolalarning faoliyatini kuzatib turadi va tekshiriluvchi bolalar uchun tabiiy sharoitda kelib chiqadigan psixik jarayonlarni va bola­larning individual xususiyatlarini qayd qiladi.



Suhbat metodi

Suhbat metodi psixik hodisalarning asosan ichki, subektiv tomonini tekshirish uchun qo’llaniladi. Tadqiqotchi psixik hayot hodisalarining birontasini, masalan, odamda shodlik hissi subektiv ravishda qanday kechishini, biron masalani echganda tafakkur jarayoni qanday borishini va shunga o’xshash hodisalarni tekshirishni oldindan vazifa qilib qo’yadi, tadqiqotchi suhbat vaqtida tekshiriluvchi kishiga beradigan savollarni oldindan belgilab ola­di.

Suhbat metodi o’z-o’zini kuzatish metodi bilan tashqi kuza­tish metodining qo’shilishidan iborat. Bu erda o’z-o’zini kuzatish shunda namoyon bo’ladiki, tadqiqotchi tekshiriluvchi kishiga savollar berib, uning o’z ichki ongini chuqurroq bilib olishga majbur etadi. Tekshiriluvchi kishi tadqiqotchining topshiriqlariga muvofiq va tadqiqotchining yordami bilan (savollar ustalik bilan berilganda) o’zining ichki holatlarini ochib tashlaydi va nutqida ifodalaydi, so’zlar bilan javob qaytaradi.

Suhbat samimiy, bemalol bo’lishi, tekshiriluvchi kishilarning psixik holatiga zo’r kelmasligi kerak. Suhbat odam psixik hayotining bevosita kuzatish va eksperimentda aniqlab bo’lmaydigan jarayon va hollari haqida ma’lumot olishga yordam beradigan birdan-bir metoddir, deyish mumkin. Masalan, kosmosga parvoz qi­lish vaqtida odamning psixik faoliyat xususiyatlari haqida bilim olmoq uchun tadqiqotchi kosmonavtlarning o’zi bilan suhbat qilishi kerak.




Download 112,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish