Sotsiometriya metodi. Bu metod kichik guruh a’zolari o’rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni o’rganish va ularning darajasini o’lchashda qo’llaniladi. Unga amerikalik sotsiolog Djon Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a’zoning o’zaro munosabatlarini aniqlash uchun undan qaysi faoliyatda, kim bilan qatnashishi so’raladi. Olingan ma’lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi.
Biografiya metodi. Odam psixikasini tekshirish uchun ayrim kishilarning hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlar, ayniqsa, ularning o’zlari bergan ma’lumotlar (avtobiografiya, kundalik daftarlar, memuarlar, xatlar), shuningdek, boshqa kishilar yozib olgan biografiya ma’lumotlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |