Oila psixologiyasi - oilaning psixologiyasini o’rganuvchi psixologiya sohasi sanaladi. Oila psixologiyasi oilaning psixologik muammolarini o’rganadi, u oilaga ta’sir qiluvchi omillarni, oiladagi rollar taqsimlanishi, er-xotin munosabati, shaxslararo munosabat, yosh xususiyatlariga asoslanib muloqotga kirishish kabilarni o’rganadi.
Boshqaruv psixologiyasi - jamiyatda faoliyat ko’rsatayotgan shaxslar, guruhlar va jamoalar o’rtasidagi ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan nazorat, baholash, munosabat qonuniyatlarini, rahbar faoliyati va xarakteri, qobiliyati xususiyatlarini tadqiq qiladigan ijtimoiy psixologiyaning sohasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |