Differentsial psixologiya - shaxslar o’rtasidagi tafovut va farqlarni hamda guruh a’zolari orasidagi nomutanosibliklarning psixologik tomonlarini, ya’ni psixologik farqlarini o’rganuvchi psixologiya sohasi. Differentsial psixologiyaga F.Galton asos solgan. Differentsial psixologiya terminini nemis psixologi V. Shtern o’zining «Individual farqlar psixologiyasi» (1900 yil) asarida ishlatgan. Differentsial psixologiyaning asosiy metodlaridan biri - testdir. Avval individual testlar, keyinchalik esa guruhiy testlar qo’llanila boshlangan, ular asosan aqliy rivojlanishdagi farqlarni o’rganishga qaratilgan bo’lib, muayyan vaqt o’tgandan so’ng proektiv testlar ishlab chiqilgan. Mazkur testlar qiziqishdagi, intilishdagi, hissiyotdagi tafovutlarni tekshirishga qaratilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |