«NUKUS» aeroporti. «Nukus» aeroporti - Qoraqalpog‘iston respublikasi «havo darvozasidir». Bu yerdan har kuni Toshkent shahri, viloyat markazlari, Moskva va MDHning boshqa shaharlariga 20dan ortiq muntazam qatnovlar amalga oshiriladi. Aeroport "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi foydalanayotgan barcha havo kemalarini qabul qiladi. Qayta ta’mirlashning birinchi bosqichi amalga oshrilgandan so‘ng o‘zgacha qiyofaga ega bo‘ldi. Havo aloqalari agentliklari, rasmiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatish zali binosini o‘z ichiga olgan yangi aerovokzal majmuasi qurib bitirildi. Tekshiruv-nazorat punkti binolari ham qurilib, ishga tushirildi. Havo kemalaridan muntazam va xavfsiz foydalanishni ta’minlovchi, IKAO standartlariga mos zamonaviy uskunalar o‘rnatildi. Barcha xizmatlar yo‘lovchilar ihtiyorida. Yana bir terminalning ishga tushirilishi, aeroport yonida mehmonxona qurilishi, aviatransport texnikasini bosqichma-bosqich almashtirish rejalashtirilgan. Barcha tadbirlar «Nukus» aeroporti yaqin kelajakda «xalqaro» maqomga ega bo‘lib, chet el aviakompaniyalari samolyotlarini qabul qilish imkoniyatiga omil yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |