«FARG‘ONA» aeroporti. Aeroport 1938 yilda qurilgan. U bugungi kunda "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi foydalanayotgan barcha havo kemalariga xizmat ko‘rsatadi. «Farg‘ona» aeroportidan Toshkent, Samarqand, Nukus, Moskva, Qozonga muntazam qatnovlar, boshqa shaharlarga esa tijoriy talablarga asosan qatnovlar amalga oshiriladi. Qabul qilingan umumaviatsiya standartlariga binoan yo‘lovchilarga: bilet sotish va bronlash, qatnovlarga ro‘yxatdan o‘tkazish kabi xizmatlar ko‘rsatiladi. O‘rnatilgan zamonaviy uskunalar bojxona va chegara nazoratidan o‘tish jarayonini tezlashtiradi. Zalda valyuta almashtirish punkti, bufet, yodgorliklar kioskasi, pochta hamda alohida binoda joylashgan VIP-klass yo‘lovchilariga xizmat ko‘rsatish zallari mavjud. «Farg‘ona» aeroporti kelgusida «xalqaro» maqomiga ega bo‘lish istiqboliga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |