«NAVOI» aeroporti. «Navoi» aeroporti 1962 yilda cho‘l o‘rtasida barpo etilib, uning hududi gullayotgan bazisga aylantirilgan.
Aeroport «AN-24», «YAK-40» hamda «IL-114», «RJ-85» kemalarini qabul qilish imkoniyatiga ega. 2004 yildan buyon aerodromni zamonaviylashtirish va ta’mirlash ishlari olib borilayapti. Rejadagi ishlar amalga oshirilgandan so‘ng barcha rusumdagi havo kemalarini qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Aeroport barcha kerakli zamonaviy texnik uskunalar bilan jihozlangan. Deputatlar va VIP yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish zallari, ona va bola xonasi, bufet, tibbiy punkt joylashgan zamonaviy aerovokzal yo‘lovchilar xizmatida. Bu yerda aloqa va transport xizmatlari ham ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |