Plazmaning geparinga nisbatan tolerantligini aniqlash
Mohiyati: plazmaga ma'lum konsentratsiyada geparin qo'shish qonning koagulatsion va antikoagulatsion faolligiga ko'ra, uning rekalsifikatsiya vaqtini o'zgartiradi.
Kerakli reaktivlar:
1)1,3444 % li natriy oksalat eritmasi;
geparinning 1 ml.da 5000 XB (Xalqaro birligi—ME) eritmasi;
0,025 M kalsiy xlorid eritmasi;
4)geparin-kalsiy aralashmasi (GKA) (0,1 ml geparin eritmasiga 9,9 ml 0,025 M kalsiy xlorid eritmasidan qo'shib 100 ml kolbada aralashtiriladi va uning hajmi kalsiy xloridi bilan 100 ml.ga yetkaziladi).
Eritmani muzlatgichda 2-4 0C saqlanadi. Bu asosiy eritmadan teng hajmda tayyorlangan geparin – kalsiy aralashmasi va 0,025 M kalsiy xlorid eritmasini qo’shib, ishchi eritma tayyorlanadi.
Aniqlash tartibi: oksalatli plazmadan foydalaniladi. Qonni bemordan yoki donordan olib sentrifuga probirkalariga 1,34 % li natriy oksalat bilan 9:1 nisbatda quyiladi. Probirkalarni tezda muz hammomiga qo'yiladi. so'ng ularni bir vaqtda 10—15 daqiqa 1500 ayianish daqiqasida sentrifugalanadi; plazmani so'rib olmasdan. cho'ktirilgan eritrotsitlar bilan birga tekshirish uchun ishlatiladi; aniqlashni 2— 3 soatdan kechiktirmay amalga oshiriladi, aks holda plazmaning geparinga nisbatan tolerantligi haqida yuqori ko'rsatkichlar olinadi.
Bu maqsadda agglutinatsiya probirkasiga 0,2 ml tekshirilayotgan plazma solinadi, uni 37°C haroratdagi suv hammomiga qo'yiladi, so'ng 0,2 ml geparin-kalsiy aralashmasi quyiladi va o'sha zahoti sekundomerni harakatga tushiriladi. Ikki daqiqadan so'ng har 30 soniya orasida probirkani 50—60 ga og'ib, ivish yuz berganmi-yo'qmi tekshirib turiladi. Quyqa paydo bo'lishi bilanoq, sekundomerni to'xtatib ivish vaqti aniqlanadi.
Sog'lom odamda geparinli qonning ivish vaqgi 6 dan 13 daqiqa orasida bo'ladi. Giperkoagulatsiyada va tromboz hosil bo'lishiga moyillik bo'lganda, bu vaqt sezilarli darajada qisqaradi (plazmaning geparinga nisbatan tolerantligi oshadi).
Plazmada gravimetrik (tarozi) usul bilan fibrinogen konsentratsiyasini aniqlash
Plazmada fibrinogenni aniqlashning bir necha usullari mavjud, ulardan eng afzali fermentativ usul hisoblanadi.
Mohiyati. Fibrinogen kalsiy xlorid ta'sirida iviydi; hosil bo'lgan fibrin quyqasini tezda quritib so'ng o'lchanadi.
Kerakli reaktivlar:
3,8 % li natriy sitrat eritmasi;
5 % li kalsiy xlorid eritmasi (uni doimiy massagacha 250— 300°C da quritilgan preparatdan tayyorlanadi); hajmi 100 ml kolbaga 5 g kalsiy xlorid solinadi, 50—60 ml distillangan suvda eritiladi va so'ng belgiga qadar suv quyiladi.
Aniqlash tartibi: venadan olingan 3—5 ml qonni sentrifuga probirkasiga quyiladi (probirkaga oldindan 0,5 ml 3,8 % li natriy sitrar eritmasi solingan bo’ladi, antikoagulant sifatida ) va 10 minut davomida sentrifugalanadi. So'ngra I ml plazma olib agglutinatsiya probirkasiga solinadi; plazmaga 0,1 ml 5 % li kalsiy xlorid eritmasi qo'shiladi, probirkani shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi va o'sha zahoti sekundomer ishga tushiriladi. Plazmaning ivish vaqti belgilanadi (me'yorda 7—15 daqiqa).
Hosil bo'lgan fibrinni shisha tayoqchaga o'rab olinadi. Kulsizlangan filtr yordamida fibrinni shisha tayoqchadan olinadi va uning o'zi bilan zardobni siqib chiqariladi. So'ng quyqani filtr sathida joyini bir necha bor o'zgartirish va ayni vaqtda siqish orqali o'tkinchi yorug'Iikda ko'rinadigan namlik izi yo'qolguncha, muolaja davom ettiriladi. Quritilgan fibrinni o'sha ondayoq torsion tarozida (aniqligi 1 mg) o'lchanadi.
Me'yorda quyqa massasi 10—12 mg.ga teng. Bir litrda gramm birligida fibrinogen konsentratsiyasini ifodalash uchun, qayta hisoblash maqsadida olingan milligrammdagi o'lchamni eksperimental yo'l bilan aniqlangan 0,222 koeffitsientga ko'paytiriladi. Me'yorda plazmada tibrinogenning konsentratsiyasi 2—4 g/litr bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |