Darsning maqsadi:
Jigardan nukleoproteidlarni ajratib olish
Kerakli asbob va reaktivlar:
1) mol yoki cho’chqaning muzlatilgan yangi jigar
yoki talog‘i. 2) natriy xlorning 5% li eritmasi. 3)
taxta tayoqcha, 4) achitqi 5)
difenilamin reaktivi: 1 gr difenilamin 100 ml muzlagan sirka kislotasida eritiladi.
Eritmaga 2,75
g konsentrlangan N
2
SO
4
qo’shiladi (Ro= 1,836) v) 0,4% NaOH
eritmasi.
Ishni bararish tartibi.
2-2,5 g taloq yoki jigarni mayda bo’lakchalarga bo’lib
xovonchada 5% li NaCl va maydalangan shisha bo’lakchalari yordamida yaxshilab
eziladi. Tuzli eritmani oz-ozdan solib boriladi. Jami 80 ml tuzli eritma sarflanadi.
Taloq 12-15 daqiqa davomida gomogen massa hosil bo’lgunga qadar eziladi.
Hosil bo’lgan massani probirkalarga solib, 10-15 daqiqa davomida sentrifugalanadi.
So’ng sentrifugatni shisha silindrga solib hajmi o’lchanadi.
Shisha stakanga distillangan suv quyilib (suvning hajmi sentrifugadan 6 marta
ko’p bo’lishi kerak) taxta tayoqcha yordamida sekinlik bilan aralashtirilgan holda
ustiga sentrifugat quyiladi. Dezoksiribonukleoproteidlar ip ko’rinishida cho’kmaga
tusha boshlaydilar va tayoqchaga o’raladi.
DNK ga xos sifat reaksiyasi.
DNK dezoksiribozalarga xos bo’lgan rangli reaksiyalar orqali aniqlanadi.
Ko’pincha difenilamin bilan boradigan reaksiya qo’llaniladi
(C6Hs-NH-C6Hs). Difenilamin dezoksiriboza yoki DNK bilan ko’k rangli,
riboza
yoki RNK bilan yashil rangli birikma hosil qiladi.
Dezoksiribonukleoproteid cho’kmasining bir qismi probirkaga solinadi va 0,5-1ml
NaOH qo’shiladi (cho’kma eriguncha). Eritmaga teng hajmda difenilamin reaktivi
qo’shildi. Reaksiya boshida hosil bo’lgan cho’kma reaktivning keyingi porsiyalari
yordamida
eritiladi, so’ng 15-20 daqiqa davomida suv hammomida qizdiriladi.
Natijada ko’k rang hosil bo’ladi.
Polipeptidlarni aniqlash reaksiyasi: Filtratdan 1 ml olib,
unda Biuret reaksiyasi
o’tkazib ko’rish kerak. Buning uchun filtrat ustiga I ml o’yuvchi natriy eritmasidan
solinadi va 1-2 tomchi mis sulfat eritmasidan tomiziladn.
Natijada qizil-binafsha
yoki ko’k-binafsha rang hosil bo’ladi.
Purin asoslarini aniqlash reaksiyasi: 2 ml filtratga
kontsentrlangan ammiak
eritmasidan ishqoriy muhit hosil bo’lguncha solinadi (bu jarayon lakmus qog’ozi
bilan tekshirib turiladi). Uning ustiga 1 ml kumush oksidining ammiakli eritmasidan
qo’shiladi. Bir necha minutdan so’ng purin asoslarining kumushli tuzining oq pag’a-
pag’a cho’kmasi hosil bo’ladi
9-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
JIGARDAN NUKLEOPROTEIDLARNI AJRATISH.