1. Hamshira tashxisini qo’ying.
2. Hamshiralik yozuvini yuriting.
HAMSHIRALIK YOZUVLARI
№2015 BEMOR HAQIDA MA’LUMOTLAR
Bemorning ismi sharifi
|
V.A.
|
Tug’ilgan yili, oy,kun
|
1947 yil 5iyul
|
Yoshi
|
59
|
Jinsi
|
Ayol
|
Tashxis
|
Yu.I.K: Yurak ishemik kasalligi. Turg’un stenokardiya.Surunkali gastrit
|
Millati
|
o’zbek
|
Manzili
|
Toshkent shaxri, Yunusobod tumani 9 kvartal, 2/18 (4 qavat).
|
Telefon raqami
|
Yo’q
|
Kasbi
|
Nafakaxo’r.
|
Ish joyi, manzili
|
Yo’q
|
Oilaviy axvoli va irsiyat
|
1ta qizi, 2ta og’li,1ta kelini va 2ta nevarasi bilan yashaydi.
|
Bo’lim, palata raqami
|
Kardiologiya bo’limi, 5 palata
|
Shifoxonaga keltirilgan sana,vaqti
|
2009 yil 5 yanvar soat 1000 da
|
Nima bilan keldi?
|
Tez yordamda, o’zi piyoda, mashinada, birov yordamida.
|
Shifoxonaga chiqqan sanasi
|
15 yanvar
|
Davolovchi vrach
|
Xodjasheva.M
|
Shikoyati
|
Yurak , epigastral soxasida va boshda og’riq
Bosh aylanishi , nafas olish qiyinlashuvi.
|
Kasalxonaga kelish sababi
|
Yurak sohasida kuchli og’riq
|
Kasallikka bemor munosabati
|
adekvat
|
Boshidan kechirgan kasalliklar
|
Qizamiq, O’RVI
|
Kasalxonaga kelgunga qadar ichilgan dorilar
|
Yo’q
|
Allergiya:
ovqatdan
doridan
boshqa narsadan
qon qabul qilish
|
Yo’q- bor;
Yo’q- bor;
Yo’q- bor;
Yo’q- bor;
|
Qon guruxi: rezus faktor
|
A; B; AB; o; Rh (+,-) tekshirilmagan
|
Infeksiya
|
Hb(-)
|
Umumiy holat:
Bo’y uzunligi
Vazni
|
_______
156 sm ;
80 kg,
|
Tana harorati
|
36,6o C
|
Pul’s maromi: ritmi.
|
100 marta\min
|
Nafas olish: ritmi.
|
28 marta daqiqada, tartibsiz.
|
Qon bosimi:
|
160\100 mm.sim.ust.
|
To’ldirgan shaxs:
|
Ibodova G.
|
1.Siz kuzatayotgan bemorning klinik tashxisi: Yu.I.K: Yurak ishemik kasalligi, Turg’un stenokardiya
2.Shu kasallikning etiologiyasi (kasallikni keltirib chiqaruvchi sabablar) Asabiy ortiqcha zo’riqish, psixik travmalar, nerv asab tizimining o’ta charchashi, irsiy faktor, sifilitik artrit, endoartrit, revmatik vaskulit.
3.Patogenez (kasallikning rivojlanish mexanizmi)
Toj tomirlar aterosklerozida ular devorining torayishi natijasida miokardning jismoniy zo’riqishi vaqtida qon bilan ta’minlanishi buziladi. Bu esa qo’rincha tomirlar spazmi bilan birga kechadi va yurak soxasida kuchli og’riq paydo bo’ladi. Markazga intiluvchi nervlarning ta'sirlanishi natijasida vissero-sensor tipda og’riq bo’ladi. Ular bosh miyaga va orqa miyaning VII bo’yin, I-V ko’krak sigmentlariga uzatiladi. Og’riqlar irradiatsiyasi shu bilan izohlanadi.
4.Kasallik rivojlanish tarixn: Anamnesis morbi (Kasalxonaga kelishdan oldin qanday davolangan va sog’ligi qanday)
1 oydan beri kasal, epigastral soxada ovqatdan keyin og’riq bor. Og’riq chap qo’l, chap yelkaga tarqaladi. Shifokorga murojaat qilgan kuni qorin va ko’krakda kuchli og’riq bo’lgan, shu vaqtgacha davolanmagan.
5.Simptomlari (Siz kuzatayotgan bemordagi simptomlarni qizil ruchkada yozing) Ko’krak soxasida kuchli og’riq, og’riq chap qo’l, chap yelka, chap jag’ga tarqaladi. Nafas olish qiyin. Yuz oqargan, sovuq ter chiqadi. Yurak tonlari bo’g’iq, aortada sistolik shovqin, taxikardiya, gipertenziya. EKG og’riq paytda S-T interval izoelektrik chiziqdan pastda, manfiy T tishcha I-II-III va ko’krak yo’nalishlarida.Urinospastika. Bemorda epigastral sohada, ko’krakda kuchli og’riq, chap tomonga tarqaladi ko’ngil aynish, qusish, nafas olish qiyin. A/B 160/100, pul’s 82 marta.
6.Tekshirish usullari (Siz kuzatayotgan bemornikini ham qizil ruchkada yozing) EKG og’riq paytda S-T interval izoelektrik chiziqdan pastda manfiy T tishcha I-II-II va ko’krak yo’nalishlarida. EGDS-gastrit duodenit UZI-gepatoz.
7.Davosi va parvarish (Siz kuzatayotgan bemornikini ham qizil ruchkada yozing)
1) Gipotenziv vositalar 2) Dieta 3) Nitroglitserin til ostiga 4) Og’riq vaqti jismoniy ishlarni to’xtatish, o’tirish yoki yotish 5) Eufillin 6) Sedativ preparatlar.
Parvarish: 1) Dam olishni tushuntirish 2) Og’riq paytda nima qilish kerakligini bemorga va uydagilariga tushuntirish 3) To’g’ri ovqatlanishni tushuntirish. 4) Bemorni stressdan himoyalash. 5) Harakatlanish usulini tushuntirish.
8.Profilaktikasi Ateroskleroz, gipertoniyani davolash. Sog’lom turmush tarzini olib borish (chekmaslik, ichmaslik, to’g’ri ovqatlanish, o’z vaqtida dam olish, stresslardan saqlanish)
1. Ovqatlanishi
|
1 oydan beri bemorda ishtaxasizlik bor. 3 haftadan buyon bemorda ovqatlanishdan so’ng oshqozon sohasida og’riq bo’lgan, shundan ikki kun o’tgach bemor suyuq ovqatlarni iste'mol qilgan. Kasal bo’lguncha asosan yog’li quyuq ovqatlar iste'mol qilgan. Ovqatni kelin tayyorlaydi. Bemor yoqtirmagan va allergiya chaqiruvchi ovqatlar yo’q.
Semizlik: 1-daraja TMI – 32,9
|
2.Fiziologik chiqaruvlar
|
Siydik ajratish 1 kunda 4 marta, tunda 2marta, ahlat ajratish -1 marta.
Lekin oxirgi vaqtlarda haftada 2 marta ahlat ajratadi. Yurakda og’riq bo’lmasa siydik va ahlat ajratishda yordam kerak emas.
|
3.Jismoniy faolligi
|
Harakatlanishda yordamga muxtoj emas. Uy yumushlarini kelin
bajaradi. Faqatgina nevaralarga qarash vaqtida harakat qiladi. Soat 6:00 da uyqudan turadi 22:00 da uyquga yotadi. Odatda uyda o’tiradi, ba'zida bozorga piyoda boradi. Lekin tez yura olmaydi.
|
4. Uyqu
|
Bir oydan beri yaxshi uxlay olmaydi. (qorindagi og’riq sababli) Uyqu dorilarni qabul qilmaydi.
|
5. Sezuvchanlik
|
Ko’rish, eshitish, harakat qilish, his qilish va so’zlash yaxshi. Yaqinni ko’rish uchun ko’z oynak kerak.
|
6. Orastalik
|
Vanna qabul qilishni, cho’milishni yoqtiradi, lekin sovuq vaqtda 1 haftada 1 marta cho’miladi.
|
7.Zararli odatlari
|
Alkogolli ichimliklar iste'mol qilmaydi, sigaret chekmaydi.
|
8. Stress
|
Qornidagi og’riq sababli yaxshi uxlay olmaydi. Ishtaxasi yo’qligi uchun yoqtirgan ovqatlarni yeya olmaydi. Oilasi tinch.
|
9. Boshqalar
|
Yaqin qarinloshlar (aka, uka, opa-singil) hammasining sog’ligi yaxshi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |