3.Yuza anesteziyada qo’llaniladigan preparatlar va ularning xossalari.
Javob: Yuza terminal anesteziya. Mahalliy anestetiklar shilliq pardalar, yaralar, jarohatlar Yuzasida joylashgan sezuvchan nerv tolalarining oxirida anestetik ta‘sir ko’rsatadi. Bu xil Anesteziya oftalmalogiya* stomatologiya, otorinolaringologiya, urologiya, xirurgiyada Yaralarni, kuygan joylarni davolashda qo’llaniladi. Terminal anesteziya uchun kokain, Dikain„ lidokain qo’llaniladi, bu moddalar shilliq qavatdan sezuvchan nervlar oxiriga Osongina o’tadi. Terminal anesteziya uchun suvda erimaydigan anestetik — anestezin Ham qo’llanadi, bu modda jarohatlangan, yaralangan yuza joylarga qo’yiladi. Oshqozon Yarasida kukun shaklida ichishga hamda to’g’ri ichak kasalliklarida — bavosilda Shamchalar shaklida to’g’ri ichakka qo’yiladi. Pediatriyadayuza anesteziya ko’zning Rangdor pardasini, burun yo-‘llarini (intranazal) intubatsiya qilishda, oshqozonni, Uretrani zond bilan tekshirishda, kuygan yuzalami davolashda qo’llaniladi.Kokain— kuchli anestetik ta‘sir ko’rsatadi, shu bilan birga qonga so’rilish xususiyati bor. Yuzaga anesteziya uchun qo’llanganda shilliq pardalardan qonga so’rilib, zaharli ta‘sir Ko’rsatishi mumkin. Kokain qonga so’rilgandan keyin asosan markaziy nerv Sistemasiga ta‘sir ko’rsatadi — eyforiya (kayf), psixomotor qo’zg’alish paydo qiladi, Toliqishni yo’qotadi. Kokainning qonga so’rilishi davom etsa, uzunchoq miya Markazlari (nafas, qon tomir, qusish markazi)ni qo’zg’atadi, spinal reflekslar tonusi Oshib, talvasa ro’y berishi mumkin. Agar kokain miqdori oshsa, nerv sistemasiga Rag’batlantiruvchi ta‘siri tormozlovchi ta‘sirga aylanadi, hayot uchun o’ta zarur Bo’lgan markazlar (nafas markazi) falajlanishi mumkin. Kokain adrenergetik Innervatsiyani qo’zg’atishi, adrenomimetiklar ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.Kokain Bilan o’tkir zaharlanganda (agar u ichilgan bo’lsa) oshqozon kaliy permanganat Eritmasi bilan chayiladi, adsorbsiyalovchi va surgi moddalar yuboriladi. Shilliqlardan Yuborilgan bo’lsa, ular izotonik eritma bilan yuvib tashlanadi, to’qimalar orqali Yuborilgan bo’lsa, so’rilishni to’xtatish uchun yuborilgan joyidan yuqoriroqdan tasma Bog’lanadi. Og’ir zaharlanishda traxeotomiya qilinadi, sun‘iy nafas beriladi, agar Talvasalar bo’lsa, venalarga seduksen yuboriladi.Kokain surunkali qo’llanilsa (burun Orqali yuborilsa, kola o’simligi barglari chaynalsa, kokain venalarga yuborilsa), unga Qaramlik paydo bo’ladi, kokainizm degan narkomaniya vujudga keladi. Kokainizmning paydo bo’lishiga kokain ta‘siridagi eyforiya, kayfiyatning ko’tarilishi, G’am-tashvishlar, salbiy his-tuyg’ulaming kamayishi, kuch-quvvatning oshganday Tuyulishi sabab bo’ladi. Eyforiya holati ikki soatcha davom etib, bundan keyin kuchquwat keskin pasayib, depressiya ro’y beradi. Giyohvandlarda xotira susayib ketadi, Apatiya bo’lib, hech narsa qiziqtirmasligi tufayli ular odamgarchilikdan chiqib ketadi. Giyohvandlarda kokain qo’llanish to’xtatilsa, ularda ruhiy o’zgarishlar paydo bo’ladi (ular O’ta bezovta bo’lib qoladi, yurak tez uradi, ter chiqadi, ko’zlar olazarak, bejo bo’ladi), abstinentsiya holati ro’y beradi. Kokain yetishmochiligidan kelib chiqqan abstinentsiya Narkotik analgetiklarga (morfinga) nisbatan yengilroq o’tadi, chunki kokainga jismonan Qaramlik paydo bo’lmaydi, asosan bu moddaga ruhiy qaramlik paydo bo’ladi.Anestezin suvda erimaydi, mahalliy sepmalar, pasta, malhamlar sifatida, ichish uchun Kukun, tabletkalar holida, to’g’ri ichakka shamchalar shaklida yuborilganda yuza Anesteziya paydo qiladi.Dikainning anestetik faolligi, zaharliligi kokainga nisbatankuchliroqdir. Asosan ko’z Shilliq pardasining sezuvchanligini yo‗qotish uchun qo’llaniladi, lekin uning Kokaindan farqi — ko’z ichki bosimiga, akkomodatsiyaga ta‘sir ko’rsatmaydi, rangdor Pardani Ozroq ta‘sirlaydi, yuborilgan joyida qon tomirlami kengaytiradi, shuning uchun uni Adrenalin bilan qo’shib yuboriladi. Dikainning qonga yaxshi so’rilishini miqdori Oshsa, kuchli zaharlanish ro’y berishini esda tutish kerak. Dikain kuchli zahar bo’lgani Uchun uni 10 yoshgacha bo’lgan bolalarga qo’llash man etiladi.
4. Valeriana ildizi damlamasi.1:30 nisbatda .
5.Dikain 0,25% li ko’z tomchisiga resept
6..”Suprastin “ 1 ml N.5 ampula
Do'stlaringiz bilan baham: |