2- kurs “farmakologiya” fanidan oraliq nazorat biletlari.
1-bilet
1.Dori moddalarini takroriy yuborilganda kuzatiladigan o’zgarishlar.
Javob: Dori moddalar takror-takror yuborilganda, ulaming ta’siri zo’rayishi Yoki susayishi mumkin. Uzoq muddat mobaynida takror yuborilgan Dori moddalarining shifobaxsh ta’siri susayishi — organizmning unga O ‘rganib qolishi yoki tolerantlik deb ataladi. Ayrim uyqu dorilari va Surgi moddalariga nisbatan tolerantlik tez paydo bo’ladi. Organizm Dori moddalarga o’rganganda ulaming so’rilishi kamayadi yoki Metabolizmi, ekskretsiyasi ortadi. Ba’zi moddalarga nisbatan Retseptorlaming sezuvchanligi ham kamayishi mumkin.Dori moddalari qisqa muddat ichida takror-takror yuborilganda ham Ularning ta’siri kamayishi mumkin, bu holat taxifilaksiya (yunoncha «tachys»— tez, «phylaxis»— himoya) deb ataladi. Masalan, qon bosimi Keskin tushib ketganda, efedrin gidroxlorid venalarga yuborilgan vaqtda Qon bosimi tez ko’tariladi. 5-10 minutdan keyin modda takror yuborilsa, Uning ta’siri birinchi yuborilgandagiga nisbatan kamroq bo’ladi.Dori moddalari takror yuborilganda, ularga nisbatan organizmning Sezuvchanligi oshib ketadi, bu holat sensibilizatsiya deb ataladi.Ba’zi dorilar takror va takror qabul qilinganda ular organizmda To’planadi, bunda ta’sir kuchi va ta’sir muddati ham oshib boradi, bu Holat kumulyatsiya deB ataladi.Kumulyatsiya 2 xil bo’ladi:1.Moddiy kumulyatsiya — dori moddalari, masalan, digitoksin, Ueodikumarinning organizmda sof holda to’planishi;2.Funksionalkumulyatsiya— dori moddalari ta’sirining jamlanishi, Masalan, etil spirtining ta’siri to’planadi, chunki o’zi organizmda juda Tez oksidlanadi, to’qimalarda ushlanmaydi, faqat neyrotrop ta’siri Jamlanadi. Ba’zi dori moddalari takror qabul qilingandan keyin bemor jismoniy yoki ruhiy jihatdan xush yoqadigan tinchlanish yoki yengil qo’zg’alishni sezadi. Natijada, shifokor ko‘rsatmasi bo’lmasa ham bemorda bu dorilami qayta-qayta qabul qilish istagi pay do bo‘ladi. Bu holat xumorlik, tobelik deyiladi. Markaziy nerv sistemasiga ta’sir etruvchi moddalar: morfin, kodein, barbituratlar, diazepam, etil spirti, kokain va bir qator boshqa dori moddalari ushbu holatga sabab bo’ladi. Tobelik ruhiy va jismoniy ko’rinishda bo’ladi. Agar bemorga o‘sha o‘zi o‘rganib qolgan modda bermay qo’yilsa, unda ruhiy o’zgarishlar ro’y beradi, kayfiyati buzilib, ruhi tushib ketadi. Bu holat abstinensiyasindromi, ya’ni doridan mahrum bo’lish sindromi deb ataladi. Dorilarga jismoniy tobelik ancha og’ir o’tadi, bunda bemorga moddani berish to’xtatilganda ruhiy tushkunlik bilan birga a’zo va sistemalarda chuqurroq o’zgarishlar ro’y berib, hatto o’lim sodir bo’lishi ham mumkin. Jismoniy tobelikni davolash ancha qiyin, shuning uchun narkomaniyani, ya’ni dorilarga tobelikning oldini olish muhim vazifalardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |