2- kurs “farmakologiya” fanidan oraliq nazorat biletlari. 1-bilet


Baxorgi Adonis o’ti (Adonis vernalis) damlamasi 1:30



Download 173,39 Kb.
bet4/57
Sana14.07.2022
Hajmi173,39 Kb.
#795251
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
oraliq javoblari farma. 2022-retseptlarsiz

4.Baxorgi Adonis o’ti (Adonis vernalis) damlamasi 1:30

Javob:

5.Novokain (Novocainum) 0,5% 5 ml ampulaga resept.
Rp.: Sol. Novocaini 0,5 %-5ml
D.t.d.N.10 in ampullis
S. Дори воситаларини эритиш учун кулланилсин.

6.”Panangin” tabletkasiga resept yozing

2- bilet
1.a- adrenomimetiklarning farmakologik xossalari.
Javob; 4.а- адреномиметикларнинг фармакологик хоссалар
α -Адренорецепторларни қўзғатганда юзага келадиган ўзгаришлар:тери, шиллиқ қават, буйрак, ичак, қон томирларининг қисқариши; кўзнинг рангдор пардасидаги радиал мушакларнинг қисқариши (мидриаз);меъда-ичак трактидаги сфинктерларнинг қисқариши;қораталоқ трабекулалари (мушакларининг қисқариши(қораталоқ кичраяди);бачадон мушакларининг (миометрий) қисқариши;
АСОСАН α -АДРЕНОРЕЦЕПТОРЛАРНИ ҚЎЗҒАТУВЧИ ВОСИТАЛАР
(α-адреномиметиклар)
МЕЗАТОН- асосан постсинаптик мембранада жойлашган α1 адренорецепторларнитўғридан-тўғри қўзғатади, бундан ташқари оз миқдорда пресинаптик мембранаданНА ажралишини кучайтиради.
Адреналиндан кимѐвий структурасида 1та гидроксил радикалининг камлиги билан фарқ қилади, шунинг учун КОМТ таъсирида парчаланмайди, давомли таъсиркўрсатади, меъда ичак трактида парчаланмайди. Адреномиметик таъсириадреналинникидан сустроқ. Лекин кичик концентрацияларида ҳам фақат αадренорецепторларни қўзғатиб, томирларни торайтиради, қон босимини кўтаради(т/и –20мин.т/о-40-50 минут). Рефлектор йўл билан брадикардияга олиб келади. МНСни кучсиз қўзғатади. Қўлланилиши: гипотоник ҳолатларда (НА ўхшаб), ринитларда (маҳаллий).
НАФТИЗИН. Имидазолин ҳосиласи бўлиб, НА ва мезатонга нисбатан давомлироқ қон томирларни торайтиради. МНС тинчлантирувчи таъсир этади. Ринитларда (маҳаллий қўлланилади), кўп қўлланилганда таъсири сусаяди, 5-7 кунданкейин бир неча кун дам бериш керак.
ГАЛАЗОЛИН. Бу препарат ҳам нафтизин каби имидазолин ҳосиласи бўлиб, таъсири жиҳатидан нафтизинга ўхшаш. қон томирларни торайтириб, шиллиқ қаватшишларини камайтиради.Қўлланилиши: ринитлар, ларингитлар, синуситлар, гайморитлар, бурунбўшлиғининг аллергик хасталикларида. Препарат қўлланилганда бурун ва томоқга қичиш ва куйганга ўхшаб таъсир этади. Сурункали тумовда қўллаббўлмайди. Нафтизин каби хафақонликда,
2.Dori moddalarini birga yuborilgandagi kuzatiladigan o’zgarishlar.
Javob: Farmakoterapiyada (fitoterapiyada ham) ko‗pincha bir vaqtning o‗zida bir necha dorilarni ishlatishga to‗g‗ri keladi. Bundan ko‗zlangan asosiy maqsad tezroq va kuchliroq farmakoterapevtik ta‘sirga erishish yoki bir nechta a‘zo sistemalarga ta‘sir ko‗rsatib, dorilar samaradorligini oshirish bilan ularning nojo‗ya ta‘sirinikamaytirishdan iborat. Bir vaqtda bir necha dori vositalarini tanaga kiritish yoki ketmaket yuborish oqibatida ularning ta‘siri har xil o‗zgarishlarga uchrashi mumkin.Bir necha dori preparatlari shunday qo‗shib ishlatilganda sinergizm yokiantagonizm holatlari kuzatilishi mumkin.
Sinergizm - ikkita dori moddasi qo‗shib berilganda ularni alohida qo‗llashga nisbatan kuchliroq bo‗lgan bir yo‗nalishdagi ta‘sir. Bunda jamlanish va potensiyalanish yuz beradi. Jamlanishda dorilarning umumiy farmakologik ta‘siri ayrim preparatlarning ta‘sirlar yig‗indisiga teng bo‗ladi. Jamlanishning bu turida dorilarning ta‘sir etadigan joyi umumiy (bitta retseptor, hujayra, tizim) va bir xil bo‗ladi. Masalan, efir va azot(I) oksidning markaziy nerv sistemasiga, adrenalin va noradrenalinning adrenoretseptorlargata‘siri.Potensiyalanishda - umumiy farmakologik ta‘sir ayrim preparatlar ta‘siri yig‗indisidan bir necha marta kuchliroq bo‗ladi va ayrim hollarda yangi farmakologik xossalar yuzaga chiqadi (aminazin va narkoz, og‗riq qoldiruvchi preparatlar). Bunda ta‘sir umumiy bir yo‗nalishda bo‗lib, turli sistemalarga qaratilgan bo‗ladi. Tibbiyot amaliyotida bunday sinergizm turi juda keng qo‗llaniladi. Masalan, antibiotiklar bilan sulfanilamidlar, uxlatuvchilar, neyroleptiklar, atsiklidin, pilokarpin). Bu bevosita sinergizm deb yuritiladi. Sinergizm bilvosita bo‗lishi ham mumkin. Bevosita sinergizmda qo‗llanilayotgan dorilarning ta‘sir etish joyi yuqorida qayd etilganidek umumiy (bitta hujayra, to‗qima, retseptor) bo‗lsa, bilvosita sinergizmda esa har xil bo‗ladi. Masalan, atropin M-xolinoretseptorlarni bloklab, ko‗z qorachig‗ini kengaytiradi, adrenalin esa adrenoretseptorlarni qo‗zg‗atib, shu effektni keltirib chiqaradi.Dori vositalari sinergizmining potensiyalanish turi tibbiyot amaliyotida, ayniqsaanesteziologiyada keng ishlatiladi. Chunki bunda ushbu dorilarning kichik dozasi olingani uchun ularning asoratlari, nojo‗ya ta‘sirlari kam bo‗ladi.
Antagonizm - bir dori ta‘sirini boshqa dori ta‘siri bilan kamaytirish yoki butunlay bartaraf etish demakdir. Antagonizm usulini qo‗llash zaharlanishning oldin olish va davolash tadbirlari yig‗indisi hisoblanadi. Antagonizm - bu dorilarning bir-biriga aks (zid)ta‘siri deb tushuniladi.
Antagonizm bir necha ko‗rinishlarda bo‗lishi mumkin :
Fizikaviy antagonizm - bir moddaning ikkinchi modda yuzasiga so‗rib olinishi(adsorbentlar, faollashtirilgan ko‗mir, oqsillar).
Kimyoviy antagonizm - kimyoviy reaksiya natijasida zararsiz birikmalar hosil bo‗lishi. Masalan, bariy xloriddan zaharlanishda natriy sulfat yuborilsa, organizm uchun zararsiz bariy sulfat hosil bo‗ladi. Og‗ir metal tuzlaridan zaharlanishda unitiol ishlatiladi. Undagi sulfgidril moddasi metal bilan birikib, zararsiz kompleks hosil qiladi.
Fiziologik (farmakologik) antagonizm - dorilar bir yoki bir nechta hujayralar, retseptorlar yoki sistemalarga ta‘sir etib, teskari oqibat keltirib chiqaradi (narkoz vositalar va analeptiklar). Ushbu antagonizm ikki tomonlama (dorilar o‗zaro bir-birining ta‘siriniyo‗qotadi) va bir tomonlama (ikkinchisi esa birinchisi ta‘sirini bartaraf etmaydi)bo‗ladi. Ikki tomonlama antagonizmga kofein bilan fenobarbitalni misol qilib keltirish mumkin (kofeinning markaziy nerv sistemasi qo‗zg‗atuvchi ta‘sirini fenobarbital tormozlab yo‗qotadi va aksincha). Bir tomonlamaga antagonizmga esa atropin bilan pilokarpinni misol qilish mumkin. Atropin xolinoretseptorni bloklab, pilokarpin keltirib chiqarganko‗z qorachig‗i torayishini bartaraf etib, uni kengaytiradi. Lekin pilokarpin esa atropin ta‘sirida ko‗z qorachig‗i kengayishini yo‗qota olmaydi. Bu degan so‗z pilokarpin bilan zaharlanishda atropin davo bo‗ladi, aksincha atropin bilan zaharlanishda esa pilokarpin kor qilmaydi.
Farmakologik antagonizmning quyidagi turlari mavjud.
Konkurent (raqobat)antagonizm - o‗xshash kimyoviy tuzilishga ega bo‗lganbirikmalarmoddalar o‗rtasida retseptor bilan birikish uchun raqobat kuzatiladi(morfin va nalorfin).
Bevosita antagonizm - ikkita dori vositasi bir xil retseptorlarga to‗g‗ridan - to‗g‗ri ta‘sir etib, qarama - qarshi natija keltirib chiqaradi. Masalan, muskarin M-xolinoretseptorlarni qo‗zg‗atsa, atropin esa ularni bloklaydi.
Bilvosita antagonizm - dori vositalari turli antagonistik fiziologik sistemalarga ta‘sir etib qarama - qarshi natija keltirib chiqaradilar. Masalan, pilokarpin M-xolinoretseptorlarniqo‗zg‗atib, ko‗z qorachig‗ini toraytirsa, adrenalin esa adrenoretseptorlarni qo‗zg‗atib uni kengaytiradi.Ba‘zi dorilarni qo‗shib ishlatilishdagi bir-biriga zidligi ularning farmakokinetikasida ham sodir bo‗lishi mumkin. Masalan, dorilarning ichakdan so‗rilishini kamaytiruvchilar (adsorbentlar, shilimshiqlar, surgi dorilar), qondagi oqsillar bilan bog‗langanantikoagulyantlarni (neodikumarin) indometatsin (yallig‗lanishga qarshi dori) siqibchiqarishi, dori vositalar metabolizmida qatnashadigan monooksidaza fermentlar aktivligini kuchaytiradigan induktorlar (fenobarbital, benzonal) birga yuborilgan turlidori vositalarining farmakoterapevtik ta‘sirini susaytirishi va boshqalar

Download 173,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish