Mavzuning asosiy savollari: Neyroleptiklar tasnifi



Download 21,63 Kb.
bet1/2
Sana11.01.2022
Hajmi21,63 Kb.
#351678
  1   2
Bog'liq
Farm 5


Mavzuning asosiy savollari: 

1.Neyroleptiklar tasnifi.

I. Neyroleptik dori vositalari kimyoviy tuzilishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

1) Fenotiazin unimlari – aminazin va b.

2) Butirofenon unimlari – galoperidol, droperidol, benperidol va b.

3) Tioksanten unumlari – xlorproteksen

4) Benzamidlar – sulpirid, tiaprid.

5) Dibenzodiazepin unumlari- klozapin.

 2.Neyroleptiklarning farmakologik ta`siri.

Neyroleptiklar -psixozlarning simptomlarini – jazava, gallyusinatsiyalar va b. davolashda qo‘llaniladi. Sedativ ta’sirga ega. Ularning asosiy farmakologik ta’sirlari quyidagilardan iborat: α- adrenolitik, qayd qilishga qarshi, gistaminga qarshi, gipotermik, maxalliy og‘riq qoldiruvchi, M- xolinolitik va gangliolitik.

.3.Neyroleptiklarning ta`sir mexanizmi. 

Neyroleptiklarning ta’sir mexanizmi dofamino- va serotoninoretseptorlarning falajlanishi bilan bog‘liq. D2, D4 retseptorlar blokadasi antipsixotik, sedativ, analgeziyalovchi, qusishga qarshi ta’sirni keltirib chiqaradi, qonda o‘sish gormoni va prolaktin kamayishi kuzatiladi. Serotonin retseptorlari blokadasi quyidagi ta’sirlarni keltirib chiqaradi:

- 5NT2a - uyqu chaqirish, agressivlikni va depressiyani kamayishi, antimigren ta’sir,

- 5NT2s - anksiolitik effekt, ishtaxa kuchayishi,

- 5NT3 -qusish va ko‘ngil aynishni kamayishi, antipsixotik va anksiolitik ta’sirni ortishi.

4.Neyroleptiklarni qo`llashga tavsiyalar.

Neyroleptiklarning ishlatilishi:


  • Ruhiy buzilishlarda (shizofreniiya, psixozlar);

  • Miya va yurak jarroxligida sun’iy gipotermiya chaqirish uchun

  • Alkogolizmda abstinensiya sindromini davolashda

  • Gipertonik krizlarda va neyroleptoanalgeziya uchun (droperidol)

  • Uch shoxli nerv nevralgiyasida (levomepromazin)

  • Qusishga qarshi (aminazin, galoperidol)

  • Anesteziologiyada narkoz, uxlatuvchi, og‘riq qoldiruvchilar ta’sirini kuchaytirish uchun.

 5. Neyroleptiklarning nojo`ya ta`siri va ularni bartaraf etish yo`llari.

Preparat uzoq qo‘llanilganda uning sedativ ta’siri yuzaga chiqmasligi mumkin, lekin uning psixozga qarshi ta’siri qoladi. Aminazinning tinchlantiruvchi ta’siri barbutiratlardan farqli o‘laroq ataksiya va xarakatning koordinatsiyasini buzilishi bilan birga bo‘lmaydi. Preparat terapevtik dozada shartli reflekslarni susaytiradi, shartsiz reflekslarga esa ta’sir etmaydi.

Bu gruppa preparatlar kishilarda xarakat faolligini susaytiradi.

7. Trankvilizatorlarning neyroleptiklardan farqi.

Neyroleptiklardan farq qilib: antipsixotik ta’sirga ega emas, ekstrapiramid buzilishlar chaqirmaydi, vegetativ nerv tizimiga ta’siri yo‘q.

 8. Trankvilizatorlarning ta`sir mexanizmi.

Trankvilizatorlarning ta’sir mexanizmida ularning talamus, gipotalamus, limbik sistemasiga ta’siri va bosh miyadagi benzdiazepen retsetorlari bilan bog‘lanishi yotadi, ya’ni trankvilizatorlar ko‘rsatilgan sistemalardagi protsesslarni susaytiradi va ichki tormozlanishni oshiradi. Natijada ruhiy, emotsianal va nerv faoliyatlari o‘rtasida mo’tadillik yuzaga chiqadi. Trankvilizatorlar kishi ruhiyatiga osoyishtalik beradi. Ular kishi ongini, fizik va intellektual qobiliyatni deyarlik o‘zgartirmaydilar.

Demak bu gruppa preparatlari kishilar ish qobiliyatini buzmaydi, balki ularning ish faoliyatini kuchaytiradilar.  Chunki ular kishilardagi bezovtalik va qo‘rquv-vaxima xolatlarini bartaraf etadilar.

Shuning uchun xam ular  endogen psixozlarga deyarli ta’sir etmaydilar, ammo tashqaridan bo‘ladigan turli xil ta’sirlarga MNS-ning javob reaksiyasini susaytiradilar. Ular mana shu ta’sirlari bilan neyroleptiklardan farqlanadilar,  turli xil nevrozlarni davolash uchun ishlatiladilar.

 9. Trankvilizatorlarni qo`llashga tavsiyalar, nojo`ya ta`sirlari.

Ishlatilishi:


  • Nevroz xolatlarida

  • Anesteziologiyada og’riqsizlantirish uchun boshqa dorilar bilan

  • Tirishishlarni oldini olish va davolash uchun

  • Gipnotik effekti borligi uchun uyqusizlikda ishlatiladi

  • Skelet mushaklari spazmlarida

  • Alkogolizm va narkomaniyada abstinensiya sindromini davolash uchun.

Trankvilizatorlar uzoq ishlatilganda ruhiy va jismoniy qaramlik chaqiradi, xotirani, axborotni taxlil qilish va qaror qabul qilish qobiliyatini pasaytiradi. Shu sababli xaydovchi va dispetcherlarga ambulator sharoitda tayinlash mumkin emas. Bundan tashqari, ularni berishni tez to’xtatganda uyqu buzilishi, qo’zgaluvchanlik, tirishishlar bilan davom etuvchi “bekor qilish sindromi” kuzatiladi. Alkogol bilan birga qabul qilinganda uning ta’sirini potensirlaydi.

10. Sedativ moddalarning solishtirma ta`rifi va ularni neyroleptiklardan, trankvilizatorlapdan farqi. 




Download 21,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish