10. Ўлкамиз ҳудудларида яшаган энг қадимги аҳоли ва уларнинг машғулотлари.
Antropogenez jarayonida mehnatning o'egartiruvchanlik mohiyatini arxeologiyaga oid turli-tuman manbalar tasdiqlaydi. Ushbu moddiy manbalarning takomillashib borishiga qarab olimlar ibtidoiy jamiyatni quyidagi davrlarga bo'ladilar:
1.Paleolit (qadimgi tosh davri) davri miloddan avvalgi 3-2 mln. yil ilgari boshlanib, 12 ming yillikda tugaydi. Bu davr o'z navbatida 3 bosqichga bo'linadi. Bular:
a) Ilk paleolit - Olduvoy davri miloddan avvalgi - 3-2 mln. yilliklar, Ashel davri - 1 mln-100 ming yilliklar. Ishbilarmon odamlar: avstrolopitek, pitekantrop, sinantrop, fergantrop.
b) O'rta paleolit - Muste davri - miloddan avvalgi 100 - 40 ming yilliklar - Neandertal odam.
c) So'nggi paleolit - Orinyak, Solyutre, Madlen - miloddan avvalgi 40-12 ming yilliklar. Ongli odam - Kromanon odam.
2. Mezolit (o'rta tosh asri) davri miloddan avvalgi 12 - 7 ming yilliklar.
3. Neolit (yangi tosh asri) davri miloddan avvalgi 6 -4 ming yilliklar.
4. Eneolit (mis-tosh davri) davri miloddan avvalgi 4-ming yillikning oxiri 3-ming yillikning boshi.
5. Bronza asri - miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklar.
Eng qadimgi odamlarni hayvonot olamidan farqlantiruvchi belgilari shundan iborat ediki, ular mehnat qurollarini yasay olardi. Shu qurollardan rizq topishda foydalangan.
Ilk paleolit davriga oid makonlar Farg'ona vodiysidagi So'x tumanidagi Seleng'ur g'ori, Toshkent viloyatidagi Ohangaron vodiysining Ko'lbuloq, shuningdek, Qizilolmasoy va Toshsoy manzilgohlari hisoblanadi. Seleng'ur g'oridan ko'plab ibtidoiy tosh qurollar bilan birga qadimgi odam bosh suyagining bir bo'lagi, elka suyagi va o'ndan ortiq tishlari topilib fanda u fergantrop deb nomlandi. Ko'lbuloq makonidan Ashel davriga oid 22 ta, Muste davriga oid 24 ta qatlam o'rganildi.
Bu davr ibtidoiy odam tabiatda mavjud bo'lgan tayyor mahsulotlarni o'zlashtirib yashaganlar.
O'rta paleolit (Must'e madaniyati)ga oid dastlabki yodgorlik Surxondaryodagi Teshiktosh g'oridir. Bu davr odami neandertal nomi bilan fanga kirgan. Hozirgi vaqtda O'rta Osiyoda neandertal zamondoshlari yashagan makonlar 100 dan ortiq joyda uchratilgan. O'zbekistonda ular Toshkent viloyatida Bo'stonliq tumanidagi Xo'jakent, Obirahmat, Ko'lbuloqning yuqori qatlami (Angren yaqinida), Samarqand viloyatida Omonqo'ton (Urgut tumani), Qo'tirbuloq, Zirabuloq (Zarafshon vodiysi), Takalisoy, Navoiy viloyatida Uchtutdan topilgan va tadqiq qilingan.
Bu davrda qurollarining turlari ko'payadi. Bular: nayzasimon tosh qurollar, tosh-pichoqlar, qirg'ichlar, keskichlar shular jumlasidandir.
Bu davrning oxirlariga kelib shimoldan ulkan mo’zliklarning siljib kelishi natijasida iqlim tamoman o'egaradi. Sovuq iqlim tufayli bu davr odamlari olovni sun'iy tarzda hosil qilishni kashf etadilar va ko'proq g'orlarga joylasha boshlaydilar.
So'nggi paleolit davriga kelib odamlarning hayoti va turmushida turli o'egarishlar sodir bo'ldi. Bular quyidagilardan iborat:
1. Zamonaviy qiyofadagi odam (kromanon) shakllandi. U ongli, idrokli odam - xomo-sapiens deb ataldi.
2. 3 ta asosiy irq - yevropoid, negroid, mongoloid tashkil topdi.
3. Odamlar g'ordan chiqib chayla va yarim erto'lalarda yashay boshladilar, chunki bu davrning eng muhim kashfiyotlaridan biri turar-joy qurish bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |