1.Ўзбекистон тарихи фанининг предмети, назарий – методологик асослари, манбалари ва аҳамияти


Буюк ипак йўли: шаклланиш ва ривожланиш босқичлари



Download 1,79 Mb.
bet9/124
Sana29.04.2022
Hajmi1,79 Mb.
#593426
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   124
Bog'liq
тарих янги

11. Буюк ипак йўли: шаклланиш ва ривожланиш босқичлари.
Buyuk Ipak yo'li: shakllanishi, rivojlanish bosqichlari. Buyuk Ipak yo'li Sharqu G`arbni bog'lab turgan, siyosiy-iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan ulkan voqelikdir.
O'zbekiston Prezidenti I.Karimov 1998 yil 8 sentabr kuni Ozarbayjon poytaxtida ish boshlagan Buyuk Ipak yo'lini tiklashga bag'ishlangan Xalqaro konferentsiyada ishtirok etdi. Mazkur anjumanda jahonnning 32 mamlakati hamda BMT, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Jahon banki kabi o'ndan oshiq nufo’zli xalqaro tashkilotlardan vakillar ishtirok etdi. Uzoq o'tmishdan buyon Sharq bilan g'arbni bog'lab turgan qit'alararo karvon yo'li hozir "Ipak yo'li" deb atalgan savdo yo'li faqat savdo-sotiqni ta'minlabgina qolmay, xalqlar mintaqalar o'rtasida ishlab chiqarish dehqonchilik, uy-joy qurilishi, oilaviy hayot, oziq-ovqat, ilm-fan, adabiyot, san'at umuman moddiy va ma'naviy hayotning bir mintaqadagi yutuqlarini boshqa mintaqalarga tarqatganlar.
Ipak yo'lidan foydalanuvchilar mintaqadan faqat yo'l sifatida foydalanmay, bu erda savdo va madaniy aloqalar o'rnatganlar. Savdo yo'lining Markazida joylashgan Movarounnahr uning hamma yutuqlaridan to'liq bahramand bo'lgan har tomonlama savdo va madaniy aloqalarning o'rnatilishi yurtimizning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy ravnaqini ta'minlagan.
Buyuk Ipak yo'li milloddan avvalgi II asrda vujudga keldi. Ipak yo'li degan termin 1877 yilda nemis tarixchisi K. Rixtgofen tomonidan "Xitoy tarixi" nomli klassik asarida ilk marotaba ilmiy taomilga kiritilgan. Ungacha bu yo’l "G`arbiy meridional yo’l" deb atalgan. Buyuk ipak yo'l orqali o'tadigan buyumlarning asosini ipak matolar tashkil etgan. Buyuk Ipak yo'ligacha ham Markaziy Osiyo va Qadimgi Sharq hududida savdo madaniy ayriboshlash uchun yo'llar mavjud bo'lgan. Eng qadimgi yo'llardan biri "La'l yo'li" deyilgan. U Pomir tog'laridan boshlanib, Eron va Old Osiyo, Misr orqali o'tgan. Badaxshondan qazib olinadigan la'l toshi (lojuvard) qadimgi Sharq zargarlari tomonidan yuksak baholanib, Misr fir'avnlari maqbaralaridan ham topilgan.
Ikkinchisi Eron ahmoniylari sulolasining yo'li bo'lib, "shoh yo'l" deb atalgan. U milloddan avvalgi VI-IV asrlarda Kichik Osiyo shaharlarini, O'rta Er dengizi bo'yidagi Zfes, Sardi shaharlarini Eron poytaxtlaridan biri - So’za bilan bog'langan.
Yana bir yo'l Eron, Baqtriya orqali So'g'diyona, Toshkent vohasi va Qozog'iston hududidan o'tgan va Oltoygacha borgan.
Buyuk ipak yo'li orqali Sharq va g'arb mamlakatlari savdo va elchilik aloqalarini olib borganlar. Jumladan, Xitoy hukmdorlarini o'z elchilarini katta sovg'a-salomlar bilan Markaziy Osiyo, Eron, Messopotamiya va Kichik Osiyo davlatlariga yuborganlar.
III asrdan boshlab Eron bilan Markaziy Osiyo o'rtasida "Ipak yo'li" uchun tortishuvlar boshlandi. Eron va Parfiya o'rtasida keskin jang bo'lib o'tdi.
Buyuk Ipak yo'li 12 ming chaqirimcha o’zunlikda bo'lgan. U Sariq dengiz sohilidan boshlanib, Sharqiy Turkiston, Markaziy Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali O'rta dengizi sohillarigacha borgan. Buyuk ipak yo’lining boshlang'ich nuqtasi Shensi viloyatining Sian shahri uisoblangan. Ikkkinchi yo'nalish Markaziy Osiyo orqali Hindistonga olib borgan. Bu yo'lda Sian, Dunxuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv kabi qator qadimiy shaharlar joylashgan edi. Baqtriyadan tuyalar, Farg'onadan nasldor otlar, Badaxshondan la'l, Hindistondan Xitoyga kumush va fil suyagidan ishlangan buyumlar, ziravorlar va boshqa mahsulotlar olib borilgan.
Ipak yo'li faqat iqtisodiy jihatdangina ahamiyatli bo'lib qolmasdan, balki diniy, madaniy meros yutuqlarini tarqatishda ham, mamlakatlararo diplomatik aloqalarni ta'minlovchi yo'l ham edi. Budda dini hududi mana shu yo'l orqali Xitoyga Markaziy Osiyo orqali kirib keldi. Ipaklar Xitoydan arzon narxlarda Markaziy Osiyoga so'g'd savdogarlari tomonidan olib kelingan.


12. Ҳозирги даврда Буюк Ипак йўли анъаналарини тиклаш ва ривожлантириш борасидаги халқаро ҳамкорлик ва унда Ўзбекистоннинг иштироки.
Bugungi kunda qadimiy avlod-ajdodlarimiz ruhlarini shod etib "Buyuk ipak" yo'li an'analarini tiklash va unga yangicha mazmun baxt etishda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
1991 yil 18 parelda BMT "Buyuk ipak yo’li-muloqot yo’li" shiori ostida ekspeditsiya tashkil etdi. Bu ekspeditsiyaga jauonning 60 olimi jalb etildi. Ular Astraxandan Xorketgacha (Eron) 13 ming km lik yo’lni bosib o’tdilar. Ekspeditsiya yakunlari 1991 yil 16 iyo’lda Olma-otadagi anjumanda kurib chiqildi. Anjumanda "Buyuk ipak yo’li"ni tiklash, uning tarixini o’rganish va jamoatchilikni xabardor qilish haqida qarorlar qabul qilindi. Samarqand shahrida "Buyuk ipak yo’li"ni o’rganish buyicha Xalqaro tashkilotni tashkil etishga kelishildi.
1993 yilning may oyida esa, Bryusselda Evropa komissiyasi Markaziy Osiyo, Kavkaz va Evropa Ittifoqi davlatlari vakillarining uchrashuvida "Evropa-Kavkaz-Osiyo" transport yo’lini barpo etish haqida Deklaratsiya qabul qilindi.
Shuningdek, 1994 yilning oktabr oyida Toshkent va Samarqandda butun jahon turistik tashkilotining "Ipak yo'li" loyihasini ishlab chiqarish bo'yicha xalqaro yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda "Buyuk ipak yo’li"ni tiklashda jonbozlik ko’rsatayotgan O'zbekiston mazkur qadimiy yo'nalish markazi deb belgilandi.
1995 yil 2 iyo’lda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti "Buyuk Ipak yo'lini qayta tiklashda O'zbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va Respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish sohasidagi chora-tadbirlar to'g'risida" farmon qabul qildi. Shu farmonga muvofiq "Buyuk ipak yo'li"ni qayta tiklash, xorijiy sayyohlarni keng jalb qilish, shuningdek, respublikada zamonaviy turizm sanoatini vujudga keltirish maqsadida "Buyuk ipak yo'li"dagi shaharlar Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkentda xalqaro turizm bo'yicha maxsus ochiq iqtisodiy mintaqalar tashkil qilish vazifasi qo'yildi, va bu borada muhim tadbirlar belgilandi. "O'zbekturizm" milliy kompaniyasi tomonidan "Ipak yo'li" utgan tarixiy manzillar bo'ylab yo'nalishlar ishlab chiqildi. Unga ko'ra bu erlarda ilgari o'rganilmagan me'morchilik va arxeologik yodgorliklar aniqlanmoqda. "Buyuk ipak yo'li" mustaqillikka erishganimiz munosabati bilan yana o'z tarixiy vazifasini bajarishga kirishayotgan ekan O'zbekiston Sharq darvozasi bo'lib, dunyo xalqlariga xizmat qiladi. Dunyodagi ko'p elatlar, millatlarni bir-biriga yaqinlashtiradi va yurtimiz dovrug'ini jahonga taratadi.
O’zbekiston-Turkiya-Eron o’rtasida o’zaro iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik bobida qator tadbirlar belgilanib, shartnomalar imzolandi. Mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (MIUT) a'zolari tomonidan 1996 yil dekabrda 295 km lik Tajan-Saraxs-Mashuad temir yo’li ishga tushdi.
Hozirgi kunda Londonda faoliyat olib borayotgan jahon bozorida O'zbekiston savdo ko'rgazmalarining alohida o'rni bor. Ipak yo'li an'analarini tiklash va davom ztirishda O'zbekiston o'zining tashabbuskorligi bilan alohida ko'ega tashlanmoqda.
Qadim zamonlardayoq hayotning o'zi odamlarning o'zaro hamkorlik uchun qisqa va qulay yo'llarni qidirishga majbur qilgan, dedi Islom Karimov. Bunga faqatgina savdo-sotiq zhtiyoji emas, balki mustahkam iqtisodiy, madaniy va ma'naviy aloqalarni o'rnatish zaruriyati ham sabab bo'lgan.


13. Ўлкамиз ҳудудларида дастлабки шаҳарсозлик маданияти.
Movarounnahr shaharlarining geografik jihatdan Buyuk Ipak yo'lining tutash nuqtalarida joylashganligi ishlab chiqarilgan, etishtirilgan ziroatchilik, chorvachilik, hunarmandchilik mahsulotlari, zargarlik mollarini ayirboshlash ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti yuksalishiga olib keldi. Jumladan, birgina Xorazm vohasida X asr boshlarida 10 ga yaqin shaharlar mavjud bo'lgan bo'lsa, XI asr o'rtalariga kelib bunday shaharlar soni 40 taga etdi.
Somoniylar hukmronlik qilgan IX-XI asrlarda ishlab chiqarish tarmoqlari kengayib borgan. Ko'plab irrigatsiya inshootlari, sug'orish kanallari qurildi. Somoniylar poytaxti Buxoroga har tomondan olimu-donishmandlar, sayyohu-savdogarlar, me'moru-hunarmandlar oqib kela boshladi.
Mahalliy hukmdorlar amri, farmoni bilan shaharda ko'plab noyob tarixiy obidalar, ilmiy-madaniy maskanlar, kutubxonalar, madrasayu masjidlar, xonaqayu maqbaralar barpo etildi.
IX-XII asrlarda Movarounnahrda moddiy madaniyat o'ziga xos uslub va shakllarda to'xtovsiz rivoj topib bordi. Xalq ichidan chiqqan mahalliy ustalar, me'morlar, naqqoshlar, kulollar, zargarlar, misgarlar tomonidan ajoyib me'morchilik obidalari bunyod etildi. Bular jumlasiga Buxoroda qad rostlagan mashhur Ismoil Somoniy maqbarasi (X asr), Samarqand yaqinidagi tim qishlog'idagi Arab ota maqbarasi (977-978 y.), XI asrda Marvda barpo etilgan Sulton Sanjar maqbarasi, O'eganddagi Qoraxoniylar maqbarasi, G’azna yaqinidagi marmar koshinlardan tiklangan G’aznaviylarning mahobatli yozgi saroyi (1112 y.), Buxorodagi Minorai Kalon maqbarasi (1127 y.) singari noyob ma'moriy inshootlarni aytish mumkin. O'sha davrda xalqaro karvon yo'li o'tadigan cho'lli, sahroli hududlarda mahalliy hukmdorlar farmoyishi sa'yi-harakatlari bilan bunyod etish muhim qulayliklarga ega bo'lgan rabotlar, sardobalar, karvonsaroylar va shu singari maskanlar ajdodlarimiz bunyodkorligini o'zida mujassam etadi.
Somoniylar, g'aznaviylar, saljuqiylar, xorazmshohlar sulolalarining ma'rifatparvar hukmdorlarining ilm-fan va madaniyatiga doimiy rag'bat berishlari ko'plab iste'dodli sohiblarning ijodi o'sib bordi.


14. Аҳамонийлар даврида (милоддан аввалги VI-IV асрларда) Ўрта Осиё.
Tariximiz to’g’risidagi yozma manbalar juda xilma-xildir. O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi davri haqidagi dastlabki yozma manbalar bizgacha Eron ahmoniylarining toshga bitilgan mixxatlari orqali bizgacha yetib kelgan.ahmoniylar podshosi Doro I o’z hukmronligini abadiylashtirish maqsadida Kirmonshohdan Hamadonga ketadigan yo’l yuzasidagi Bixistun qoyasiga xat bittiradi. Ana shunday xatlar ahmoniylar poytaxti Persopol saroyining bosh devorlariga, Doro qabri ustiga qo’yilgan toshga bitilgan. Ular asosan uch tilda – qadimgi fors, elam va vavilon tillarida yozilgan bo’lib, ulardan ahmoniylarga tobe bo’lgan xalqlar va ularning mamlakatlari eslatiladi. Masalan: Bixistun qoyalari yozuvlarida Marg’iyona, Baqtriya, Xorazm va Sak qabilalari to’g’risida yozilgan.
Milodgacha 545- 540 yillarda Eron ahmoniylari shohi Kir II harbiy qismlari Markaziy Osiyoga kirib keladi. Natijada Xorazm, Parfiya, Baqtriya, Marg’iyona va Sug’diyona xalqlari 200 yildan ko’prok Ahmoniylar imperiyasi tarkibida mustamlakachilik zulmini o’z boshidan o’tkazdi.
Bu davrda Markaziy Osiyo uchta satrapliklarga bo’lindi, ularning boshliqlari (satraplari) etib fors amaldorlari tayinlandi. Satraplar harbiy-ma’muriy viloyatlarning hukmdorlari sifatida o’z hududida qo’shinlar lashkarboshisi bo’lgan, mahalliy aholini turli soliqlar to’lashga majbur etganlar. Soliqlar sifatida qimmatbaho toshlar, chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlari berib turilgan. Lekin, ular bosib olingan hududlarda mahalliy xalqning urf-odatlarini, dini, qonun-qoidalari, og’irlik va uzunlik o’lchovlari, yozuvi va tilini saqlab qolganlar. Eron ahamoniylarining zulmiga qarshi O’rta Osiyoda juda ko’plab qo’zg’olonlar ko’tarilgan. Masalan Kir II ning bosqinchilik siyostiga qarshi massagetlar malikasi To’maris va uning o’g’li Sparangiz kurash olib borgan bo’lsa, Doro I ga qarshi sak cho’pon yigiti Shiroq va mil.avv. 522 yilda Marg’iyonada Frada boshchiligida qo’zg’olonlar ko’tarildi. Ular shavqatsizlik bilan bostirildi.
Bu davrda ko’plab yangi shaharlar qurilganligini, hunarmandchilikning kengayishini,"shoh yo’li" nomi bilan xalqaro aloqa yo’li barpo etilganligini, savdo-sotiq, san’at va musiqa ishlarining ancha jonlantirilganligini, Markaziy Osiyo xalqlarining birinchi marta zarb etilgan tanga pullar bilan muomala qilinganliklarini ham qayd etish o’rinlidir. Umuman ahmoniylar davri madaniyati va san’atini tahlil qilar ekanmiz, unda Yunoniston, Ossuriya, Misr va boshqa chet el xalqlari o’zaro ta’sirini sezish qiyin emas. Bu o’zgarishlar, shubhasiz, mavjud davlatchilikka ta’sir o’tkazmasdan qolmasdi.
Milodgacha IV asrga kelib ahmoniylarning markaziy hokimiyati o’zining ilgarigi mavqyeini yo’qota boshlagach ayrim o’lkalar o’z mustaqilligini qo’lga kirita boshladilar. Jumladan, Xorazm milodgacha IV asrdayoq ahmoniylar tassarrufidan chiqqan edi. Baqtriya satrapligi boshqaruvi ham mahalliy aristrokratiya vakillari qo’liga berilgandi. Lekin, bu yerda ahmoniylarga tobelik yunon - makedoniyalik bosqinchilar kirib kelguncha saqlanib qolgandi.
Milodgacha 329 yilning bahoridan boshlangan Yunon-Makedon istilochilari zulmidan qutulish uchun Sug’diyona xalqlariga 150 yil, Baqtriya xalqlariga esa 180 yil kerak bo’ldi. Iskandarning Markaziy Osiyoni boshqaruv siyosati haqida yunon olimlari Gerodot, Kvint Kursiy Ruf, Arrian, Plutarx, Diodor, Strabon kabilar ko’plab ma’lumot berganlar. Ularning ko’rsatishicha, Iskandar mamlakatni boshqarishda ahmoniylar joriy qilgan satrapliklar tizimini qoldirsada, ularning pul zarb etish va o’z ixtiyorlarida yollanma qo’shin saqlash huquqini bekor qildi. Satrapliklarda makedoniyaliklar nazorati episkoplar roli kuchaytirildi. Satrapliklar devonidagi episkop ayni vaqtda lashkarboshi ham hisoblanardi. Moliya boshqaruvi uchun esa alohida lavozim tayin qilindi. Eroniy satraplar o’rniga makedoniyaliklar quyildi. Ko’rinadiki, mamlakatni boshqarishda Iskandar deyarli katta o’zgarishlar kiritmadi.

15. Искандар Зулкарнайн бошчилигида юнон-македон қўшинларининг Ўрта Осиёга юриши. Спитамен қўзғолони.


Miloddan avvalgi IV asrda qadimgi dunyo tarixida bir qancha siyosiy o'egarishlar ro'y berdi. Gretsiyaning shimolida joylashgan Makedoniya viloyati kuchayib, 360 yilda taxtga Fillip II o'tirdi. U Makedoniyani birlashtirib, birin-ketin yunon shaharlarini o'z davlati tarkibiga qo'shib ola boshladi. Tez orada Makedoniya Bolqon yarim orolidagi kuchli davlatga aylandi. Mil. avv. 337 yilda Filipp II o'zini Yunoniston podshosi deb e’lon qildi.Dunyoga hukmron bo'lish maqsadida Ahamoniylar davlatiga qarshi kurash boshladi. Ammo o'sha yili Filippning o'ldirilishi tufayli bu urush to'xtab qoladi. 336 yilda taxtga o'g'li 20 yoshli Iskandar o'tiradi. U otasi ishini davom ettirib ahamoniylarga qarshi jang qilib 334 yilning may oyida Granik daryosi yonida, mil. avv. 333 yilning noyabrida Issa shahri (Suriya chegarasida) yonida, 331 yilning oktabrida esa Gavgamela yonida (Shimoliy-Sharqiy Mesopotamiyada) navbatdagi jangda ham yunon- makedon qo'shinlari forslar ustidan g'alaba qilib, ahmoniylar sulolasi to'la mag'lubiyatga uchraydi. Bu orada Iskandar qo'shinlari shiddatli janglar olib borib Suriya, Falastin, Finikiya, Misr kabi davlatlarni bosib oldi.
Lekin keyingi yurishlar Iskandar uchun og'ir kechadi. So'g'd ahli bir tan bir jon bo'lib bosqinchilarga qarshi chiqdi. Og'ir jang ko'rinishlaridan biri Ustrushonaning (Samarqand va Jizzax oralig'idagi erlar) tog'li hududlarda bo'lib o'tdi.
Ustrushonadan so'ng o'sha davrda dasht ko'chmanchilari (saklar) va o'troq aholisi (so'g'diylar) o'rtasida chegara hisoblangan Yaksart (Sirdaryo) tomon harakat qila boshladilar. Bu davrda daryoning o'ng qirg'og'ida saklar yashar, chap qirg'og'ida esa bir nechta kichik shaharlar bor edi. Iskandar daryo bo'yida to'xtab yunon-makedon qo'shinlaridan shaharlarga garnizonlar joylashtirdi. Ko'p o'tmay bu shaharlar aholisi bosqinchilarga qarshi qo'zg'olon ko'tardi. Daryoning o'ng qirg'og'idagi ko'chmanchi saklar esa so'g'diylarga yordam berish maqsadida o'z kuchlarini bir erga to'play boshladilar. Xuddi shu paytda Baqtriya va So'g'diyonning boshqa joylarida ham Iskandarga qarshi qo'zg'olonlar ko'tarildi. Bu esa Iskandarni qiyin ahvolga soldi. Arrianning yozishicha, yunonlar ikki kunda Yaksart bo'yida joylashgan beshta shahardagi qo'zg'olonni shafqatsizlarcha bostirdi. Iskandarning buyrug'i bilan "barcha erkaklar qirib tashlandi, xotinlar, bolalar va boshqa o'ljalar askarlarga berildi."
Yunonlar qo'zg'olonning markazi bo'lgan Kiropol shahrini qamal qildilar. Unga hujum qilishda Iskandarning shaxsan o'zi ham ishtirok etdi. Shahar ko'chalarida olib borilgan shiddatli janglar natijasida sakkiz mingga yaqin mahalliy aholi halok bo'ldi. Yunonlardan ham o'lganlar ko'p edi. Iskandarning o'zi ham yarador bo'ldi. qo'zg'olon markazi shu tariqa bostirildi. Ana shu paytda mil. avv. 329 yilning ko’zida So'g'diyonada mahalliy sarkardalardan bo'lgan Spitamen boshchiligida bosqinchilarga qarshi qo'zg'olon ko'tariladi va u 328 yilning oxirigacha, Spitamenning o'limiga qadar davom etdi.
Shunday qilib, So'g'diylarning yunon-makedon bosqinchilariga qarshi uch yil davomida olib borgan kurashi tugadi.
Yunon-mikedon bosqinchilariga qarshi kurash olib borar ekan, O'rta Osiyo xalqlari mislsiz jasorat namunalarini ko'rsatdilar. Ular yunonlar o'ylaganidek "varvarlar" va madaniyatdan orqada qolgan emas, o'z davrining yuksak harbiy san'ati va madaniyatiga ega ekanliklarini namoyish etdilar. Iskandar qo'shinlari butun Sharq davlatlarini o'zlariga bo'ysundirganlarida So'g'diyona va Baqtriyadagi kabi qattiq qarshilikka uchramagan edilar.
16. Салавкийлар, Парфия ва Юнон-Бактрия давлатлари.
Yevtidemning o’g’li Demetriy davrida (milodgacha 199-167 y.) Yunon-Baqtriya davlati Hindistonning bir qismni bosib olish hisobiga kengayadi, hukmdor nomi bilan tanga pullar zarb qilinadi, davlatni boshqa
Lekin, milodgacha 174 yildan Yunon-Baqtriyada separatistik harakatlar kuchayadi. Bundan foydalangan Parfiya hukmdori Mitradat I Margiyonani bosib oladi. Sug’diyona ham Yunon-Baqtriya tarkibidan chiqadi. Ana shunday og’ir damlarda Yunon-Baqtriya davlati uchun shimoli-sharqiy tomondan ko’chmanchilar xavfi ham kuchaydi. U paytda shak qavmlarining bir qismi bo’lgan yuechjilar sharqiy Turkistonda yashaganlar. Ular o’zlarining shimoli-sharqdagi qo’shnisi bo’lgan xunnlar siquvida O’rta Osiyoga quvilishga majbur bo’lgan edilar. Ular dastlab Farg’ona vodiysidagi shak qavmlarini mag’lubiyatga uchratdilar, keyinchalik milodgacha 140-130 yillar orasida Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladilar. U yerda yashagan toxar qabilalari Yunon-Baqtriya davlati tugatilgandan keyin Tohariston deb atashgan. Unga Amudaryo chap kirg’og’idagi yerlardan Hisor tog’ tizmalarigacha bo’lgan joylar, ya’ni hozirgi Surxondaryo viloyati va Janubiy Tojikiston kirgan. Toharlar qisman ko’chmanchi bo’lib, yagona davlatga ega bo’lishmaganlar, har bir shahar o’z hukmdoriga ega bo’lishgan.
Yunon-Baqtriya davlati 120 yil yashagan. U markazlashgan davlat bo’lib, hokimiyatni podsho boshqargan. Davlat bir necha viloyatlarga bo’lingan bo’lib, viloyat hokimlari podshoga bo’ysinishgan. Bu davrda Markaziy Osiyoda qishloq xo’jaligi, madaniy hayot, hunarmandchilik va shaharlar rivojlanishini ko’rish mumkin. Bu davrga oid mis tangalar tovar-pul munosabatlari mavjudligidan dalolat beradi. Dalila daryosi bo’yi – Salavkiyadan Baqtriyagacha karvon yo’lining ishga tushirilishi bilan xalqaro savdo va madaniy aloqa jonlandi. Baqtriya orqali Xitoydan Hindistonga boradigan karvon yo’li va Buyuk Ipak yo’li tarmoqlarga bo’lingan.
Xorazm salavkiylar davrida ham o'z mustaqilligini saqlab qoldi va yuksalib bordi. Mil.av.II asrda So'g'diyona va Shosh (Toshkent) Xorazm tasarrufiga olinadi. Bu davrda Xorazm davlati tarixiga, rivojlanish jarayoniga oid bo'lgan eng ko'p ma'lumotlar Xitoy manbalarida uchraydi. Xitoy manbalarida Xorazm Qang'a davlati degan nom bilan tilga olinadi. Aftidan, Xitoyning Xan sulolasi hukmdorlari O'rta Osiyo xalqlari hayotiga va hududning muhim jo'g'rofiy mavqei, tabiiy boyliklariga alohida qiziqish bildirib, o'z elchilarini yuborganlar hamda ular bilan yaqindan bog'lanishga harakat qilganlar. Bugina emas, hatto mil.av II asr boshlarida bu hududni qo'lga kiritish maqsadida katta qo'shin tortib bostirib kelganlar ham.
Salavka I va Antiox I hukmronligi davrida Baqtriya hayotida dastlabki tangalar-oltin, kumush, mis dirham va tetra-dirhamlar (pul birligi) zarb qilina boshlandi. Tangalar hukmdor tasviri bilan zarb etilgan. Salavkiylar davriga oid mis tangalar Termiz, Taxti-Sangin, Denov, Kampirtepa, Afrosiyob qazishmalaridan topilgan.
"O'rta Osiyoning Salavkiylar davlati tarkibiga kirgan davri, yunon-makedon yurishlari paytida vayron bo'lgan ishlab chiqaruvchi kuchlarning tiklanishi hamda baqtriyaliklar, so'g'diylar, parfiyaliklarning bosqinchilarga qarshi birlashuv davri bo'lib qoldi."


17. Кушон подшолигида ижтимоий-иқтисодий ва маданий ҳаёт.
Mil.avv. I asrga kelib "Katta Yuechji" uyushmasidagi beshta hokimlikda Guyshuan (Kushon) hokimligi ancha kuchayib, hududi esa kengayib boradi. Xitoy ma'lumotlariga kura, "Guyshuan hokimi Kiotszyukyu (Kudzula Kadfiz) qolgan 4 ta hokimlikni birlashtirib, o’zini Guyshuan hokimi deb e’lon qiladi". Kudzula Kadfiz qo'shni hududlarga yurish uyushtirib, So'g'diyona, Marg'iyona, Hindistonning shimoli-g'arbiy qismini zabt etadi. Kudzula Kadfiz keyinchalik Amudaryo bo'ylari, Qobuliston va Qandauor hududlarini ham egallaydi. Milodiy I asr boshlariga kelib Kushon davlati-antik davr Xitoydagi Xan davlati, Parfiya podsholigi, Rim saltanati bilan raqobatlasha oladigan qudratga ega edi. Kushon hukmdorlari to'g'risida fikr yuritadigan bo'lsak, bunda davlatga asos solgan Kudzula Kadfiz (milodning 1 asri boshlari), uning o'g'li Vima Kadfiz (mil. 1 asri o'rtalari), Kanishka (78-123 yy.) va ularning avlodlari - Vasishka, Xuvishka, Kanishka II , Vasudeva, Kanishka III, Vasudeva II nomlarini tilga olib o'tish joiz bo'ladi.
Kushon podsholari ichida eng mashuuri Kanishka bo’lib, uning hukmronligi davrida Panjob, Kashmir viloyatlari mamlakatga qo’shib olinadi. Poytaxt Dalvarzintepadan (Surxondaryo viloyati) Peshovarga (Afg'onistonga) kuchiriladi. Podsholik o’zining eng rivojlangan cho’qqisiga kutariladi.
Kushon podsholigining hududi Shimoliy Hindiston, Afg'oniston, Markaziy Osiyodagi kupgina viloyatlar, Sharqiy Turkistondan iborat edi. Kushonlar davrida butun Markaziy Osiyo bo'ylab o'tgan "Buyuk ipak yo'li" Sharq va G`arbni bog'lovchi muhim yo'l bo'lib qoldi. Kushonlar imperiyasi milodiy I-IV asrlarda dunyoga eng yirik saltanatlardan biri bo'lib, Xitoy va Rim imperiyalari bilan yonma-yon turdi. Kushonlar davrida Hindiston bilan madaniy aloqalar rivojlandi va budda dini kirib keldi. Kanishka davrida zarb etilgan tangalarda Budda xudosi, zardushtiylar xudolari Veretragna, Anauita, Mitra va boshqalarni uchratish mumkin. Kanishka davrida buddiylik dini juda ham rivojlandi, chunki, uning o’zi ham shu dinga e’tiqod qilar edi. Uind manbalarining ma'lumotlariga kura Kanishkadan so’ng, Kushon davlati taxtiga Vasishka o’tiradi. Vasishka va Vasudeva podsholigi davrida kushonlar saltanati inqirozga uchraydi. Kushon podsholigi davrida Termiz yirik shaharlardan biribo’lgan. U shahar Hindiston bilan g'arb, shimol, sharq mamlakatlarini bog'laydigan savdo yo’li vazifasini bajargan. Termiz hududidan Qoratepa, Fayoztepa kabi Budda ibodatxonalari qazib ochilgan. Ibodatxona faqat ibodat qilish joyi bulmay, balki ajnabiy savdogarlar uchun savdo-sotiq markazi vazifasini bajargan. Shu bilan birga topilgan topilmalar ibodatxonalar qoshida hunarmandchilik ustaxonalari hambo’lganligidan dalolat beradi. Sug'diyona, Farg'ona va Chochdan ham Kushon davri madaniyatiga oid topilmalar topilgan. Xorazmda ham Tuproqqal'a kuuna shahridan shu davrga oid podsho saroyi ochilgan. Kushon davri Markaziy Osiyo xalqlarining moddiy va ma'naviy madaniyatida jiddiy uegarishlarbo’lganligi bilan izoulanadi. Ma'lumki, Markaziy Osiyoda miloddan avvalgi IV-II asrlarda oromiy yozuvi asosida Xorazm, Parfiya va sug'd yozuvlari paydo bo’ladi. Kushon davriga kelib ular safiga yana bir yozuv kushon-baqtriya yozuvi qushiladi. 22 uarfdan iborat va kupgina tangalarda uchraydigan bu yozuv olimlar fikricha, Kanishka davrida paydo bo’ladi. Kushon yozuvi namunalari Ayritom va kuuna Termizdan 30-yillarda topilgan. Bu davrda aholining asosiy mashg'uloti sug'orma dehqonchilik va chorvachilikbo’lgan. Samarqanddagi Talibarzu yodgorligidan Kushon davriga oid, qishloq xujalgining yaxshi rivojlanganligidan dalolat beruvchi er haydaydigan omochning temir uchi topilgan.

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish